54
o‘rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy
ishlar olib borish lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib keldi.
Test sinovlarining asosiy maqsadi ham o‘tilgan darslarni o‘zlashtirish
darajasi to‘g‘risida, hamda navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan dars
hajmi to‘g‘risida o‘quvchiga axborot berish; o‘qituvchiga o‘qitish
metodini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan.
O‘quvchilarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib,
testlarni guruhlarga ajratishga o‘rganib ko‘rilgan. CH.Grin (1926)
o‘zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test)
nomli
monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning
afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni bergan:
- test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va
uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;
- mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba
yo‘li bilan aniqlash;
- o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha
tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test
sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;
- test sinovlaridagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va
mantiqan muvofiqligini tekshirish;
- topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri
va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l
qo‘ymaslik.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda muhim vositalardan bo‘lgan
test nazoratining ijobiy jihatlari:
1. Savodli tuzilgan test obektiv pedagogik o‘lchash vositasi bo‘lib,
uning natijasi imtihon oluvchi o‘qituvchiga bog‘liq emas.
2. Pedagogik test o‘quv materialining dasturiy mazmunini to‘liq
qamrab olishi mumkin.
3.Test nazoratida texnikani qo‘llash oson, bu ma’lum bir materialni
yoki
butun bir fanni, nisbatan oz vaqt, kam kuch sarflab, ommaviy
nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Bu uning muhim ustunliklaridan
biridir.
Test usuli ham ayrim nuqsonlardan xoli emas. Masalan, test
o‘quvchining mustaqil fikrlash
qobiliyatini qoliplaydi, ya’ni
cheklaydi; o‘quvchi o‘zining ruhiy kechinmalarini namoyon qila
olmaydi; o‘quvchining boshqa shaxsiy sifatlarini baholab bo‘lmaydi.
55
Shunga qaramay, pedagogik testlarning ijobiy imkoniyatlari juda
katta. Testdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ta’lim tizimining barcha
bo‘g‘inlarida o‘qish va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi,
o‘quvchining bilish faolligini oshiradi.
Test topshiriqlariga
qo‘yiladigan didaktik talablar mavjud. Tuzilgan test topshiriqlarini
hammasini ham birdek ishonchli deb bo‘lmaydi. Test savollari
mukammal bo‘lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya
qilishi zarur.
Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o‘quv
materialining maqsadga muvofiqlari;
material ahamiyatliligi; ilmiy
aniqlik; izchillik; to‘kislik va uyg‘unlik; o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra
tabaqalashtirish; samaradorlik; til ravonligi va aniqligi; bir ma’nolilik;
qat’iy belgilangan vaqt; ixchamlik; murakkablik meyori; to‘g‘ri
javobda qo‘shimcha
belgilarining mavjud emasligi; shaklan va
mazmunan o‘zaro bog‘liqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: