Tayanch tushuncha va iboralar:
Zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qо‘yiladigan talablar,
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning metodologik
asoslari, mafkuraviy tarbiya izchilligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar,
yoshlarda axborot xavfsizligini ta’minlovchi omillar, о‘qitish jarayoni.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar deganda nimani tushunasiz?
2. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qanday talablar qo‘yilgan?
3. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning metodologik
asoslari nimalardan iborat?
4. Mafkuraviy tarbiya izchilligini siz qanday izohlaysiz?
5. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida tushuncha bering...
6. Yoshlarda axborot xavfsizligini ta’minlovchi omillar nimalardan
iborat?
7. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ta’limida qo‘llaniladigan
qanday zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bilasiz?
8. О‘qitish jarayonini siz qanday izohlaysiz?
8-
MAVZU
: M
ILLIY G`OYA VA MA`NAVIYAT
ASOSLARI FANLARINI O`QITISHDA TURLI
VOSITALARDAN FOYDALANISH.
Reja:
1. Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o‘qitishda
qo‘llaniladigan vositalar tasnifi.
2. Birinchi Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” asarida shaxs ma’naviyatini shakllantirish
omillari va vositalari tahlili.
3. O‘quv adabiyotlarining ta`limda foydalaniladigan asosiy
vositalardan biri ekanligi, adabiyot turlari: darsliklar, ilmiy asarlar,
ilmiy- ommabop asarlar.
Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o‘qitishda
qo‘llaniladigan vositalar tasnifi.
O‘qitish vositalari bu moddiy olam, tevarak-atrof va tabiiy
ob`yektlar, shuningdek, inson tomonidan o‘quv – tarbiyaviy jarayonda
65
axborot olish, pedagog va o‘qituvchilar faoliyatida o‘z oldiga qo‘ygan
va o‘qitish, tarbiyalash va rivojlanish uchun qo‘llaniladigan qurol
sifatida yaratilgan sun’iy ob`yektlar hisoblanadi.
O‘qitish vositalari, shu bilan birga, ularning mazmun, uslub va
tashkiliy shakllari loyihalashtirilgan o‘quv – tarbiyaviy jarayonning
tarkibiy bo‘limlaridan biridir. Mazkur holat har bir o‘quv – tarbiya
muassasasining eng muhim tarkibiy xususiyatidir. Milliy g‘oya ta’limi
jarayonida qo‘llaniladigan turli – xil moddiy o‘qitish vositalari hozirgi
paytda joriy qilingan tizimlarning harakatlanishi, qayta qurilishi va
bir-biri bilan bog‘liqligini nazarda tutgan holda boshqa tarkibiy
qismlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, yangi axborot
texnologiya vositalarining yetarli darajada keng qo‘llanilishi malum
jarayonni loyihalashtiradi, tadqiqot olib borishda an’anaviy dars bilan
chegaralanib qolmasdan, ta’lim oluvchilarning turli mustaqil
faoliyatini (yakka tartibda yoki guruh bo‘lib) nazarda tutgan uslublarni
o‘qitish mazmuni va maqsadi u yoki bu o‘zgartirishlarni inobatga olib
kiritish samarali natijalar beradi. Aynan yangi vositalar va texnikaviy
yutuqlarning paydo bo‘lishi o‘quv dasturlariga ta’lim oluvchilar
ongiga oldin yetib borishi qiyin bo‘lgan mavzularni kiritish
imkoniyatini yaratadi. O‘qitish vositalarini quyidagicha tasniflash
mumkin:
1.Natural (tabiiy) ob`yektlar. Tabiiy ob`yektlar sirasiga jonli va
jonsiz tabiat ob`yektlari kiradi, ta’lim oluvchilar ular bilan
mashg‘ulotlarda tarqatma yoki nomoyish qilinadigan materiallar
shaklida tanishadilar. Ko‘rgazmalilik – tabiiy ob`yektlarni tanlab olish
yoki tabiiy ob`yektlarni o‘z ichiga tarkibiy qism qilib kiritgan turli
qo‘llanmalarni loyihalashga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri.
Shu maqsadda o‘rganilayotgan tushunchalarning mazmunini
ochib berish uchun kerak bo‘lgan ayrim tipik belgilarni aniq
ifodalashga yordam beradigan ob`yektlar ajratib olinadi. Natural
ob`yektlarning qo‘lyozmaligini kuchaytirish uchun turli kodlash
usullari qo‘llaniladi: rangli, raqamli, harfli. Tabiiy ob`yektlarni
o‘qitish jarayonida ular bilan ishlash uslublaridan asosiylari kuzatish
va tajriba o‘tkazish hisoblanadi. Ko‘rgazmali qo‘llanmalar sifatida
ishlatiladigan tabiiy ob`yektlar avvalo uning jihoz va moslamalariga
maxsus ishlov berish zarur: ularni kesish, ayrim belgilarga maxsus
rang berish qopqoqlarning qobig‘ida ko‘rish tuynuklarini ochish, ichki
bo‘shliqlarni yoritish, lampa signal beruvchi o‘rnatish va xakazo.
66
2. O‘quv modellari, mulyajlar, maketlar. Modellar tabiiy
obektlarning sun’iy ko‘rinishi bo‘lib, ularning muhim sifatlari,
aloqalari va munosabatlarini qayta takrorlaydigan o‘quv ko‘rgazmali
qo‘llanmalar hisoblanadi. Orginal ob`yekt (mikro va makro obektlar)
xususiyatlarini ko‘rsatishda shartlilik (ramziylik)ka amal qilinadi,
razmerni kattalashtirish yoki kengaytirish orqali obekt qurilmasi
sxema tarzida aks ettiriladi. Modellarning eng keng tarqalgan tipik
turlari bu moddiy (predmet) modellardir. Modellar o‘z hajmiga ega
yoki tekis modellarga bo‘linadi. Ularning oralig‘ida relef jadvallar
joylashgan. hajmga ega modellar tarkibiy qismlarga bo‘linishi
mumkin (rezets, mufta va o‘zagi (atom yig‘indisi bilan)), qismlarga
bo‘linmaydigan, qimirlamaydigan, (belgilash komplekti) va
harakatlanuvchi (ichki yonish dvigateli, nasos) bo‘ladilar. hajmga ega
bo‘lgan modellar sirasiga mulyaj va maketlar kiradi. Ular ham
umuta’lim ham texnika fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi.
Mulyaj (maket)lar deya biz shunday obektlarni aytamizki, ular
moddiy obektlarga aynan o‘xshatib yaratilgan qo‘llanmalardir.
Mulyaj va maketlar atrof-muhit hodisalari predmetlarning tashqi
belgi
va
xususiyatlarini
o‘rganishda qo‘llaniladi. Modellar
o‘rganilayotgan obektlarning ichki qurilmasi va harakatlanish
tamoyili, mashina va mexanizmlarning kinematikasini o‘rganilayotgan
vaziyatlarda boshqa aloqalar va munosabatlar mazmunining ham
o‘rganilishiga imkoniyat beradi.
Ta’lim oluvchilarga taqdim etiladigan model va mulyaj
(maketlar)lar ham xuddi tabiiy ob`yektlar singari demokratsion va
tarqatma qo‘llanmalarga bo‘linadi.
3. Turli xil modellarni loyihalashtirishda bu turdagi o‘qitish
vositalarining funksiya va didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqqan
holda umumiy pedagogik talablarni ilgari surish mumkin, ya’ni,
axborotlashgan, o‘quv jadvalini faoliyatning aniq usullariga
adekvantlik (o‘rganish, qabul qilish plakat, sxema, diagramma, grafik
va boshqalar) aniq bir tushuncha, ko‘nikma va bilimlarni
shakllantirishda qo‘llaniladigan tekis moddiy o‘qitish vositasidir.
O‘quv jadvali aniq va ko‘rgazmali holda o‘rganilayotgan ob`yekt
haqida ilmiy axborot beradi.
1.
Jadvallar turli xil bo‘ladi. Kompozitsion – rasm va fotosuratlar;
Grafikli: (chizma, diagramma, sxema va boshqalar);
67
Belgili – ramziy formula, harf va so‘zlar bilan ifodalanuvchi.
So‘nggi paytda elektrlashgan jadvallar keng qo‘llanilmoqda, ya’ni,
stendlar, xavfsizlik oid texnikalar.
O‘qitish vositalari orasida oxirgi paytda eng ko‘p qo‘llanilayotgan
vositalar – bu plakatlardir. Plakatlar - quyidagi talablarga javob berishi
shart.
−
plakatning mazmuni o‘rganilayotgan mavzuga oid bo‘lishi;
−
plakatda ifoda etilgan chizma yetarli darajada katta va uzoqdan
ham ko‘ra olish imkonini berishi kerak;
−
plakatdagi ob`yektlar tabiiy holatlarida ko‘rsatishi shart;
−
plakatda tasvirlangan chizmalarning qismlari masshtab
mutanosibligi asosida berilishi kerak;
−
eng e’tiborga loyiq qismlar alohida (boshqa) rang bilan ajratib
ko‘rsatilishi lozim.
5. Ekran va ekran – tovushlik o‘qitish vositalari. Hozirgi zamonda
juda keng tarqalgan o‘qitish vositalaridandir. Bu o‘qitish vositalariga
qo‘yilgan talablar eng avvalo ularning mavzuga oid, ikkinchidan,
sifatli bo‘lishidir.
Diopozitiv (slayd) – bu harakatlanmaydigan o‘qitish ekran
vositasi. Diopozitiv aks etgan chizma va rasmlar odatda plakatdagidan
yaxshi qabul qilinadi.
Diopozitiv – bu juda qulay o‘qitish vositasi, chunki o‘qituvchi
yordamida materialning qismini, yoki bir kadrni alohida ko‘rsatish
mumkin. Har bir kadr to‘liq bir informatsiyaga ega. Diofilm ham
harakatlanmaydigan ekran vositasidir. Bu qo‘llanmalarning uslubiy
g‘oyasi mualliflarning kadrlar ketma-ketligini taminlanishiga e’tibor
berishlaridir. Kadrlarning ketma-ketligi o‘zgarsa informatsiyaning
qabul qilinishida mazmun buzilishi ro‘y beradi. Diafilmlarni
qo‘llashdagi qiyinchilik – ulardagi axborotning ko‘pligi va ularning
qabul qilib olish uchun vaqtning yetmasligidir.
Bu qiyinchilik darsda diofilmlarning ayrim fragmentlarini
(bo‘laklarini) ko‘rsatish orqali yengillashtiriladi.
6. Transporantlar – bu ham harakatlanmaydigan ekran
qo‘llanmasi. Transporantlarning grafproyektor yordamida ko‘rsatilishi
va xonani qorong‘ilatish shart emasligi bu o‘qitish vositasining muhim
jihatidir. Transporantlar xonadagi doskani ham o‘rnini bosadigan
vositadir.
O‘qituvchi ta’lim oluvchilarga yuzlangan holda,
68
o‘tilayotgan mavzu yoki chizmalarni ekranga proeksiya qilish orqali
tushuntirishi mumkin. Bu orada o‘qituvchi chizmalar mazmuniga
kerakli o‘zgartirish yoki to‘ldirishlar kiritish mumkin. Bundan tashqari
transporantlarda informatsiyani taqdim etishda bir kadrning o‘rniga
ikkinchisiga qo‘yish juda qulaydir. Transparantlar odatda 6-8 kadrdan
iborat seriyalardan iborat bo‘lib, u o‘qituvchi tomonidan ham yasalishi
mumkin.
7. O‘quv kinofilmlari yaqindagina eng samarali o‘qitish vositasi
deb etirof etilgandi. Uning ko‘rgazmaliligi quyidagi juda boy didaktik
imkoniyatlaridan kelib chiqadi; katta hajmli informatsiyaning
ixchamlantirilishi, fan va texnika tarixiga sayohat qilish, jarayonni
tezlanish yoki sekinlashtirish, nihoyat, uni to‘xtatish, lirivintikatsiya
yoki modellashtirish, zavoddagi moslama va apparatlarining ichki
tuzilishini kuzatish. Yangi texnologiyani boshqarish bilan tanishtirish,
fan arboblari faoliyati haqida ma’lumot berish ilmiy – tekshirish
laboratoriyasiga «kirish», turli vazifalarni qo‘yish, ularni ijobiy hal
etish, hamda qiyoslash o‘quv filmlari yordamida amalga oshar edi.
So‘nggi yillarda o‘quv filmlari ishlab chiqarilmay qo‘ydi. Ularni
o‘rnini o‘quv video yozuvi, informatsiyani aks ettiruvchi ekran –
tovushli
vositalari
kino,
radio,
televideniya,
videofilm
va
diopozitivlarni egalladi.
Video yozuvni qancha lozim bo‘lsa, shuncha marta takrorlash
mumkin, vaqt ko‘rsatkichi asosida kerakli informatsiyani yozish
mumkin. Videokamera yordamida yozib olish juda katta imkoniyatni
ochib beradi. O‘quv materialini mustaqil o‘rganishda o‘quv yozuvlari
katta ahamiyatga ega.
O‘quv asboblari, moslamalari, laboratoriya asoslari tizimning o‘ta
ahamiyatli bo‘lgan qismini tashkil qiladi. Eng, avvalo, u yoki bu
asbob nima uchun xizmat qilishini aniqlaylik.
8. Trenajerlar – texnika vositalarining alohida guruhiga kiradi.
Trenajerlar
mehnat
ishlab
chiqarish
sharoitlarini
imitatsiya
(o‘xshatish) qiladi.
Trenajyorlar uch guruhga bo‘linadi:
−
Avtomobil va ximiyaviy ishlab chiqarish texnologiyasini
trenajerlari (modellashtirish yordamida o‘rganiladi).
69
−
Aniq bir intelektual faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan
trenajerlar. Masalan: trenajer imitatorlar, stanoklarni naladka qilish
imkonini beruvchi trenajerlar.
−
Biror bir xarakatlanish ko‘nikmasini hosil qilish uchun
trenajerlarning alohida turi qo‘llaniladi. Masalan: metalni arralash,
detallarning figurali qilib yasalishi uchun xizmat qiluvchi trenajerlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |