159
Konstruktlarning o‗zgarish xarakteri ularning o‗tkazuvchanligiga
bog‗liqdir. O‗tkazuvchan konstruktlar deb, ularga yangi elementlar joriy
etilishi mumkin bo‗lgan konstruktlar tushuniladi. O‗tkazmas konstruktlardan
o‗tgan voqealarni tushuntirishda foydalaniladi.
Repertuar panjaralar testi
Shaxs
konstruktlari
diagnostikasida
repertuar
panjaralar
testi
qo‗llaniladi
46
. Testning birinchi bosqichida
tadqiq etiluvchi qism tanlanib,
ob‘ektlar nabori (elementlar repertuari) beriladi. Elementlar tadqiqot
vazifasiga ko‗ra turlarga bo‗linadi. Bu konkret elementlar nabori (real
insonlar ismi, adabiy qahramonlar, predmetlar nomi, rasmlar), rollar ro‗yxati
(ota, ona, Men 10 yildan so‗ng, ijobiy baholanuvchi erkak va b.) yoki tadqiq
etilayotgan mavzuga oid boshqa ixtiyoriy elementlar sanab o‗tilishi mumkin.
Elementlar soni 8 tadan kam va 25 tadan ortiq bo‗lishi mumkin emas.
Tadqiqotning
ikkinchi
bosqichida
konstruktlar
aktualizatsiyasi
qo‗llaniladi. Bunga misol qilib, triad metodi yoki minimal kontekst metodini
aytish mumkin. Repertuar nabordan 3 ta element tanlanadi. Har bir
uchtalikda 2 ta o‗xshash ob‘ekt ajratiladi va ularning o‗xshashlik
belgisi
aytiladi. Keyin uchinchi ob‘ektning avvalgi ikkisidan farqli jihati topiladi.
Agar elementlar kam bo‗lsa, 30 ta uchtalikdan keyin kamdan-kam holatda
yangi konstruktlar chiqishi ehtimolligini hisoga olgan holda uchchalasini ham
olish mumkin. Elementlarning o‗xshash va farqli jihatlarini aniqlovchi
parametrlar konstruktlarning qutblari hisoblanadi.
Test natijalarini analiz qilishda konstruktlarning
mazmuniy tomoni,
ularning soni va bir-biri bilan aloqasi hisobga olinadi. Konstruktlar ierarxik
sistema bo‗lib shakllangan va ikki prinsipga ko‗ra o‗zaro bo‗ysunadi:
a) qismiy o‗zaro bo‗ysunish. Bunda bo‗ysunuvchi konstrukt qutbi
o‗zidan yuqori ierarxiyadagi konstrukt qutbining
bir elementi sifatida
namoyon bo‗ladi (―aqlli-axmoq‖ konstrukti o‗z qutblari bilan ―yaxshi-
yomon‖ konstrukti ichiga kiradi);
b) ko‗ndalang – bo‗ysunuvchi konstruktning ikkala qutbi o‗zidan yuqori
konstrukt qutblaridan birining tarkibiga kiradi (―aqlli-axmoq‖ konstruktining
ikkala qutbi ―baholovchi-tavsiflovchi‖ konstruktning ―baholovchi‖ qutbiga
kiradi).
Shaxsiy jarayonlar konstruktlar boshqaruvi orqali yo‗naladi va ular
hodisalarni oldindan ko‗ra bilishga xizmat qiladi.
Bu sistema harakatchan,
o‗zgaruvchan, lekin strukturalashgan hisoblanadi. Har bir konstrukt o‗zida
ikki yo‗nalishda harakat qila olish mumkin bo‗lgan bir ko‗cha singari
46
Boeree C. G. GeorgeKelly/Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. – Р.14-15
160
namoyon bo‗ladi. Yangi konstrukt yangi harakatni belgilab beradi. Stress
holatida inson yangisini qo‗llamay, eski
konstrukt yordamida boshqa
yo‗nalishda harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: