LABORATORIYA ISHI №1
Mavzu: Power Point 2016 dasturi yordamida annimatsiya oʻrnatish
Ishning maqsadi:
Power Point dasturi yordamida o’quv jarayoni uchun
o’rgatuvchi taqdimotlar yaratish va matnli topshiriqlar yaratishni o’rganish.
Kerakli jihoz va dasturlar:
O’quv metodik majmua, Kompyuter sinfi,
videoproektor
Nazariy qism
Power Point
prezentatsion (takdimot) grafikli dastur qatoriga kiradi. Bu dastur
o`zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz,
videokliplardan iborat bo`lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi. Slaydlar ketma-
ketligidan hosil bo`lgan prezentatsiyani komp`yuter ekranida, videomonitor va katta
ekranlarda namoyish qilish mumkin. Prezentatsiya tuzish degani bu slaydlar ketma-
ketligini ko`rish va bezagini berishdir. Power Point
grafik muxarririning menyusi
to`qqizta bo`limdan iborat. Ularning qisqacha tavsifi quyidagicha:
Fayl- bulimi yordamida fayllarni yaratish, diskdan o`qish, yozib qo`yish, boshqa
nom bilan yozish, taqdimotni chop qilish, chop etilishidan oldin prezentatsiyani
ko`zdan kechirish, dasturdan chiqib ketish mumkin.
Glavnaya- bo`limi slaydni olib tashlash, slaydlarning ajratilgan qismini xotiraga
olish va nusxasini qo`yish, o`chirish, belgi yoki so`zlarni qidirish, boshqasiga
almashtirish keyingi slaydni yaratish, maket tanlash, shriftlar bilan ishlash, matnni
qidirib topish, almashtirish kabi amallarni bajaradi.
Vstavka bo`limi yordamida ekranda jadval, rasm, kartina, diagramma,
SmartArt, tasvirlash rejimlarini o`rnatish asboblar panellarni o`rnatish, slaydning
ekrandagi ko`rinishini o`zgartirish mumkin avtofigura, ssыlka, matn, simvol,
mul`timedia o`rnatish mumkin.
Dizayn - bo`limi slaydlarga har xil fonlarni urnatish, bezak berish ishlarini
bajarishga yordam beradi.
Perexod - bo`limida slaydlarni ko`rish, kelgusi slaydlarni har xil shaklda o`tishini
tanlash, slaydlarning chiqish vaqtini o`rnatish amallarini bajarish mumkin
Animatsiya- bo`limi slayddagi ob`ektlarning chiqishining animatsiyasini,
animatsiyaning o`lchamini, ko`rsatilish vaqtini o`rnatish uchun mo`ljallangan.
Pokaz slaydov - bo`limi prezentatsiyani namoyish qilish uchun, prezentatsiyani
sozlash, prezentatsiya vaqtini sozlash, xarakat boshlanishni o`rnatish, slaydlar
almashuvini o`rnatish, slaydni yashirish kabi amallarni bajarish mumkin
Retsenzirovanie-bo`limi slaydlarning tug`ri yozilishi, yozuv tili tarjimlsi,
belgilashni tuzish, uchirish, taqqoslash, qabul qilish, bekor qilishishlarini bajarishga
yordam beradi.
Vid- bo`limi prezentatsiyani ko`rish rejimi, namuna rejmi, masshtab, rang va fon,
oynalarning joylashishini, makrostы tug`rilashga yordam beradi.