O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


 Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/167
Sana19.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#930261
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   167
Bog'liq
25111 (1)

2. Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi
Djordj Kelli (1905-1966 yy.) - amerikalik psixolog, Ogayo universiteti 
professori. 1955 yilda nashr etilgan, o‗zining asosiy ishi bo‗lgan ―Shaxs 
konstruktlari psixologiyasi‖ ustida Kelli 20 yil ishlagan. Uning nazariy 
konsepsiyasi E.Erikson, A.Maslou va boshqalar psixologlarniki singari boy 
amaliy va psixoterapevtik tajribaga tayanadi. Eng asosiysi, ularni bir fikr 
birlashtiradi. Unga ko‗ra, shaxsga alohida elementlarga bo‗lib bo‗lmaydigan, 
bir butun sistema sifatida qarash kerak. Shunga qaramasdan, Kellining 
nazariyasi psixoanaliz va gumanistik psixologiya doirasida ishlab chiqilgan 
klassik ishlardan ajralib qoldi
44
.
Har bir shaxs nazariyasi o‗zining konkret tushuntirish prinsipiga 
asoslangan markaziy nuqtasiga ega. Misol uchun, psixoanalizda markaziy 
tushuncha – bu ―ongsizlik ta‘siri‖ hisoblanib, shaxs modeli ikki asosga ko‗ra 
quriladi. Bular ongsizlik holati va jamiyatda qabul qilingan qonun-
qoidalardir. Z.Freyd instinktiv kuchlar (ong osti, ong oldi va ong) shakllanish 
darajasiga e‘tibor qaratib, shaxs podsistemasini uchga bo‗ladi (Id, Ego, 
Super-Ego). Shaxs dinamikasi ong osti faoliyat natijasi hisoblanadi. 
K.Rodjers nazariyasining asosini shaxs o‗zi haqida tasavvurga ega bo‗lishi va 
o‗z-o‗ziga baho berishi tashkil etsa, K.Levinda esa maydon tushunchasi 
yetakchi o‗rinda turadi. Ko‗pchilik zamonaviy psixologlar uchun shaxs 
tahlilining asosiy ob‘ekti – shaxsning motivatsion sohasi, uning 
yo‗nalganligi, prinsipi esa psixik determinatsiya hisoblanadi.
Ba‘zi bir ishlarda shaxsning individual xususiyati sifatida barqaror 
kognitiv strukturalari qabul qilingan. Bu – shaxs bilish jarayonining tarkibiy 
eleenti hisoblanadi.
44
Boeree C.G. George Kelly/Personality Theories. Psychology Department Shippensburg University. 
1997. – Р.3 


155
Odatda, an‘anaviy shaxs kotsepsiyalarida kognitiv (ong oldi) 
xarakteristika boshqa tushunchalar yordamida ifodalangan. Bir necha o‗n 
yillar avval Amerika, shuning bilan birga jahon psixologiyasining bir qismini 
bixeviorizm maktabiga tegishli deb hisoblashgan. XX asrning 50-yillaridan 
chet el psixologiyasida psixika tuzilishining asosi ong deb qaralgan. Shu 
bilan birga, G‗arbda eksperimental psixologiya sohasida yangi yo‗nalish – 
kognitiv psixologiya vujudga kelishi bilan bog‗liq o‗ziga xos revolyusiya 
sodir. Bilish jarayonlari – idrok, tafakkur, diqqat va xotira bilan bog‗liq 
tadqiqot ishlari soni ko‗paydi.
Psixologiyaning predmet va metodlari yangicha talqin etila boshladi. 
Kognitivistlarning fikricha, shaxsning xulq-atvorini uning bilimlari 
boshqarardi. Bilimlar rolini ajratish tadqiqotchilarning umumiy yo‗nalishini 
belgilab berdi. Endi tashqi shart-sharoitlar va stimullarni tasniflash birdan bir 
maqsad bo‗lmay, bilimlar tizimini, ya‘ni ob‘ektlar, holatlar va boshqa 
insonlarning ichki reprezentativlari(tasavvurlari)ni namoyon qiluvchi vosita 
sifatida chiqdi.
Shunday qilib, kognitiv psixologiya, zamonaviy psixologiyaning 
yetakchi yo‗nalishlaridan biriga aylanib, bixevioristlar tomonidan psixologik 
jarayonlar shakllanishining ichki strukturasini rad etilishi va psixoanaliz 
tomonidan shaxs faoliyatida bilimning rolini pasaytirilishiga qarshi reaksiya 
sifatida vujudga keldi.
Kognitiv psixologiya psixik jarayonlar kechishidagi va shaxs 
xulqatvoridagi bilimlar, kognitiv strukturalar va sxemalarning hal qiluvchi 
roliga asoslangan holda shakllanadi. Kognitiv psixologiya rivojlanishining 
birinchi bosqichi D.Brodbent, U.Naysser, R.Atkinson va boshqa olimlar 
tadqiqotlari bilan bog‗liqdir. Dj.Bruner, S.Shexterlar emotsiyaning kognitiv 
nazariyasi asoschilari hisoblanadi. M.Ayzenk esa individual farqlarning 
kognitiv nazariyasini taklif etgan bo‗lsa, Dj.Kelli, M.Makoni va Tomslar 
shaxs muammolari bilan shug‗ullanishgan.
Biz faqat Dj.Kellining shaxs kognitiv nazariyasiga to‗xtalib o‗tamiz. U 
yerda shaxs konstruktlar sistemasi sifatida talqin etiladi.
―Ong‖ kategoriyasi ichidagi xulq-atvor ko‗rsatkichlari sifatida yo 
bizning tasavvurlarimiz tarkibi (o‗z-o‗zini baholash, sotsial tarkib), yoki 
bo‗lmasam ongning formal xarakteristikasi (kognitiv maydon strukturasi, 
kognitiv balansning mavjudligi yoki dissonans) qabul qilinadi. Ongning 
formal xarakteristikasi (masalan, kognitiv dissonans, konsonans) bilan Leon 
Festinger shug‗ullangan. U ishlab chiqqan maxsus nazariyaga ko‗ra, 
individning ongida biron-bir ob‘ekt yoki hodisa haqida qarama-qarshi 
ma‘lumotlarga duch kelinsa, unda noqulaylik hissi vujudga keladi. Sub‘ekt 
bu noqulaylikdan qutilish uchun ushbu ob‘ekt haqidagi bilimlarini qaytadan 


156
yangilashga, yoki bo‗lmasam o‗zining sotsial ustanovkalarini o‗zgartirishga 
intiladi. Qarama-qarshilikdan qutilish konsonans holatiga olib keladi.
Kellining konsepsiyasi kognitiv deb nomlanishiga, unda insonning unga 
ta‘sir qiluvchi stimullarni idrok etishi, ushbu stimullarni o‗z xulq-atvorida 
talqin qilish va o‗zgartirish yo‗llari e‘tiborga olinishi sabab bo‗lgan. 
L.Festingerdan farqli o‗laroq, Dj.Kelli ongning nafaqat formal, balki 
mazmuniy xarakteristikasini tadqiq qilishga harakat qilgan
45
.
U o‗zining tadqiqot metodi va nazariyasini ishlab chiqishga 20 yildan 
ko‗proq vaqt sarflagan. 1955 yilda uning ―Shaxs konstruktlari psixologiyasi‖ 
nomli kitobi nashrdan chiqqanida unchalik muvaffaqiyatga erisholmagan. 
Chunki, o‗sha paytda faqat kamdan-kam nazariyalardagina psixika analizi 
birligi sifatida ―kategoriya‖ tushunchasi ishlatilgan (ularning ichida I.Tolmen 
va Dj.Brunerlar bo‗lgan). Hozir esa shaxs konstruktlari nazariyasi 
psixologiyadagi asosiy fundamental nazariyalardan biri hisoblanadi.
Kellining fikricha, insonning bilish bilan bog‗liq faoliyati real 
faktlarning klassifikatsiyasi hamda interpretatsiyasi bilan boshlanadi. oxirgisi 
o‗z holicha emas, balki faoliyat sub‘ektiga bo‗lgan munosabatidagi reallik 
sifatida 
o‗rganiladi. 
Interpretatsiya 
tushunchasining 
o‗rniga, 

―konstruktlash‖ so‗zini ishlatadi. Inson faktlar ma‘noga ega bo‗lgan 
konstruktlar sistemasidan foydalangan holda reallikni konstruktlaydi (uni 
tushuntiradi, talqin qiladi). Allaqachon qurib bo‗lingan konstruktlar 
sistemasiga asoslanib, inson voqea va hodisalarni prognoz qilishga harakat 
qiladi. Shaxs psixikasining asosiy funksiyasi – kelajakni prognoz qilish 
hamda xulq-atvorni boshqarish maqsadida realikni tadqiq etishdir. Dj.Kelli 
nazariyasining asosiy postulati ham aynan shunda.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish