2
O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. Toshkent. Adolat. 2020.
12
Umuman, Oila kodeksi mamlakatimizda bunyod etilayotgan chinakam
huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati, inson manfaatlari yo’lida xizmat
qilmog'i lozim. Oila huquqining predmeti bo'lib, oila a'zolari o'rtasidagi shaxsiy va
mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Shaxsiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi,
bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg'ulot turi, kasb va turar-
joy tanlash huquqlari kiradi. Mulkiy munosabatlarga esa, er va xotinning nikoh
davomida orttirgan umumiy mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar,
bo'lajak er-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar
qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko'rsatilmagan bo'lsa, ularning
birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq
va majburiyatlari, oila a'zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari
kiradi.
Huquqiy-demokratik davlat, erkin adolatli fuqarolik jamiyatida mulkiy
bo'lmagan nomulkiy shaxsiy munosabatlar asosiy belgilovchi, mulkiy munosabatlar
esa bo'ysunuvchi hosila Harakterga ega. Oilaviy munosabatlar yig'indisida mulkiy
bo'lmagan shaxsiy munosabatlarni ustun bo'lishligining sababi, avvalo naslni davom
ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog'liqdir. Shunday qilib, oila huquqi, nikoh
tuzish tartibi va shartlari, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada
er va xotin o'rtasida, ota-ona bilan bolalar o'rtasida, oilaning boshqa a'zolari o'rtasida
kelib chiqadigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va
homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlarni,
fuqarolik holati dalolat-nomalarini qayd etish tartiblarini belgilaydigan huquqiy
normalar yig'indisidan iborat.
Oila huquqi mohiyatini ochib berishda faqat uning tushunchasi, predmetini
o'ziga xos xususiyati va shu bilan birga uning eng muhim tamoyillarini ham inobatga
olish lozim, chunki uning tamoyillari bu huquq sohasining o'ziga xos xususiyatlarini
aks ettiradi. Oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1) Oilani
jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqi. Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega (O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 63-modda). A) Oila – davlat himoyasida. Oila – davlat
himoyasida deyilganda, avvalo, vujudga kelgan oilalarni saqlab qolish va ularni
mustahkamlashga qaratilgan davlat tomonidan ko'rilgan tadbir choralar tushuniladi.
Davlatning oila xususidagi g'amxo'rligi avvalambor hukumat yuritayotgan kuchli
ijtimoiy siyosatda namoyon bo'lmoqda
1
.
Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va
ma'naviy islohiy chora-tadbirlarning bosh maqsadi inson va oila manfaatlarini
qanoatlantirishdan iborat. Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz
Prezidentining farmonlarida o'z ifodasini topmoqda. B) Oila – jamiyat
muhofazasida. Jamiyat tomonidan oila muhofaza qilinadi deyilganda, mamlakatda
1
N.M Akayeva – Oila huquqi. Kasb-Hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent.: 2016. 82-83-betlar
13
mavjud bo'lgan jamiyatlar va jamg'armalar tomonidan nodavlat notijorat
tashkilotlarning oilaga ham moddiy, ham ma'naviy yordam berishlari tushuniladi.
Bu qoida mustaqil Respublikaning Konstitutsiyasida belgilangan yangi qoidadir.
Mamlakatimiz jamoat tashkilotlari har xil jamg'armalar hisobidan oilani
mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli moddiy va ma'naviy
yordam ko'rsatib kelmoqda.
Jamoat tashkilotlari o'z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda respublikada
o'tkazilayotgan keng ko'lamli islohotlarga munosib hissa qo'shib, oilalarni
mustahkamlashga ko'maqlashmoqda. Masalan, ekologiya va salomatlik sohasida
«Ekosan», ehtiyojmand kishilarga va nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatishda
«Navro'z» jamg'armalari, nogironlar jamiyatlari, onalik va bolalikni muhofaza
qilish, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda Xotin-qizlar
qo'mitalari, mehnatkashlarning kasbiy va boshqa qonuniy manfaatlarini ifoda
etishda kasaba uyushmalari, iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlashda «Ulug'bek,
«Iste'dod» jamg'armalari faoliyatini alohida ta'kidlab o'tish mumkin. 2) Barcha
fuqarolar – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va
ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar qonun oldida tengligi.
Oila huquqida barcha fuqarolar millati, irqidan qat'iy nazar teng ekanligi
ifodalangan «barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi,
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy
nazar, qonun oldida tengdirlar» (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 18-
modda). Bu xalqlar do'stligidan kelib chiqadigan o'zgarmas qoida bo'lib oila
huquqida o'z ifodasini topib, odamlarni har xil millatga tegishli ekanligi yoki irqiga
mansubligi oilaviy munosabatlarda hech qanday ahamiyatga ega emasligini
anglatadi. Nikoh tuzish uchun fuqarolarning har xil millatga, dinga e'tiqod etishi
to'siq bo'lolmaydi. 3) Hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng
huquqlidirlar. Amaldagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-
moddasiga binoan, xotin-qizlar va erkaqlar teng huquqlidirlar. Bu tamoyil
konstitusion qoidaga aylandi. Jamiyatda ayol bilan erkakning teng huquqliligi
mamlakatimizda erishilgan jinsidan qat'iy nazar fuqarolarni siyosiy tengligiga
asoslanadi. 4) Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma'naviy va moddiy
qo'llab-quvvatlash hamda ularning o'zaro bir-biriga g'amxo'rlik qilishi. Bu tamoyil
oilaviy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib, ular moddiy hisob-kitoblardan
xoli bo'lgan bir-biriga muhabbat, hurmat kabi hissiyotlarga asoslanadi. 5) Davlat
tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har
taraflama himoya qilish.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi 2-qismi va Oila
kodeksining 4-moddasi 1-qismiga binoan oila, onalik, otalik va bolalik davlat
himoyasidadir. Insonning dunyoga kelishi juda katta baxtdir. U muomala layoqatiga
ega bo'lib mustaqil ravishda o'z xohishi bilan nikoh munosabatiga kirib oilasida
bolalar tug'ilsa unga berilgan eng ulug' nom, unvon bu – onalik, otalik va bolalikdir.
14
6) Ixtiyoriy va erkin nikoh. Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo'lajak
er-xotin o'z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Nikoh tuzishga
majbur qilish taqiqlanadi (Oila kodeksining 14-moddasi). 7) Faqat yakka
nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish. Ochiq adolatli
huquqiy jamiyatda fuqaro faqat bir nikohda bo'lishi mumkin.
Yakka nikohlilik tamoyili bizning mamlakatda mavjud bo'lgan yuksak istiqlol
mafkurasi me'yorlaridan kelib chiqadi. Bunday qoida jamiyat taraqqiyotining
hozirgi bosqichidagi oila munosabatlarining talablariga to'la javob beradi. Amaldagi
qonunda belgilangan yakka nikohlilik hayotda mavjud bo'lgan haqiqat bilan
muvofiq bo'lib odamlar xulq-atvoridagi qoidalarga mos keladi. Bu qoidaning
buzilishi faqat nikohni haqiqiy emas, deb hisoblashdan tashqari qonunni buzgan
shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga ham asos bo'ladi. 8) Davlat tartibi asosida
nikohdan erkin ajralish. Davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish (Oila
kodeksining 37- moddasi). 9) Bolalarni mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi
g'oyasi asosida tarbiyalash. Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamma
zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog'lom,
ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o'z maqsadlariga erishishi uchun ma'naviy-
ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo'lib kelgan.
"Oila" kodeksining II bobi oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya
qilish masalalariga bag’ishlanadi. Oila kodeksining 10-moddasiga ko’ra, fuqarolar
oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o’z xoxishlariga ko’ra
tasarruf etadilar. Oila a’zolarining o’z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o’z
majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o’zga shaxslarning
huыuыlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart. Oilaviy
huquqlarni himoya qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalari
bo’yicha, Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa, vasiylik va homiylik
organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi
1
.
Oila a’zolarining o’z huquqlarini amalga oshirishlarida suiste’molchilikka
yo’l qo’yilmaslik nazarda tutiladi. Oilaning boshqa a’zolari va o’zga shaxslarning
huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarni buzmaslik talab qilinadi. Ushbu talab
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 20-moddasiga asoslanadi. Unga ko’ra
"fuqarolar o’z huquq va erinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat
va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur
yetkazmasliklari shart". Oilaviy huquqlarni amalga oshrishning eng muhim
xususiyatlaridan biri bu oila kodeksi normalarining dispozitiv harakterga ega
ekanligidir, ya’ni bu normalarni taraflarning o’zaro kelishuvi bilan o’zgartilishi
mumkin.
Bunday normalar ko’proq, oila a’zolarining mulkiy masalalarini tartibga
1
“Huquqshunoslik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish” fanidan o’quv uslubiy qo’llanma.,
Andijon.: 2013. 76-bet
15
solishda uchraydi. Ammo oila a’zosining o’z huquqi boshqa oila a’zolari va o’zga
shaxslarning huquqlari bilan bog’langan, ya’ni chegaralangandir. Bundan xulosa
shuki, o’z huquqlarini amalga oshirish bilan boshqa shaxslarning huquqlari va
erkinliklariga putur yetkazish mumkin emas. Bunday putur yetkzish bilan amalga
oshirilgan huquq himoya kilinish imkoniyatidan maxrum bo’ladi. Masalan: nikoh
bekor qilingandan keyin urtadagi bolaning onasi otasiga yoki otasi onasiga bola
bilan uchrashishiga yul qo’ymasligi ham otaning, ham onaning shuningdek bolaning
ham huquqlarini buzganlik hisoblanadi. Ota yoki onaning bola bilan uchrashishga
qarshilik qilgan harakatlari ulardan birining huquqlariga putur yetkazilgan deb
baxolanadi va bunday harakatlar himoya qilinmaydi.
Fuqarolarning o’z oilaviy huquqlarini o’z xoxishlariga ko’ra tasarruf etishlari
ko’pincha qonun bilan cheklangan bo’lishi mumkin. Shunga e’tibor berish kerakki,
oila a’zolarining ko’pincha huquqlari ularning majburiyati sifatida ham nomoyon
bo’ladi. Bu ko’proq ota-ona bilan bolalarning shaxsiy huquqlariga tegishli. ota-
onaning bolani tarbiyalashga bo’lgan huquqlari ularning asosiy majburiyatlaridan
iborat deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 64-moddasiga
muvofiq «Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlaricha tarbiyalashga
majburdirlar». Shunday ekan bunday huquqni amalga oshirishni ota-onaning
xoxishiga quyib bo’lmaydi, bu soxada ular zimmasiga majburiyat yuklatiladi.
Fuqarolarning o’z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu
huquqlarning bekor bo’lishiga olib kelmaydi. Masalan: aliment olishdan voz kechish
fakat navbatda olinadigan alimentga tegishli bo’lishi mumkin, lekin alimentni
olmagan shaxs aliment olish huquqidan maxrum bo’lmaydi. Boshqa shaxslarning
huquq va erkinliklarini qasddan buzish javobgarlik uchun asos bo’ladi. Qasddan
qilingan bO’zishlar sud tomonidan himoya qilinadi. Oila kodeksining 11-moddasiga
ko’ra «Oilaviy huquqlarni himoya qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini
yuritish qoidalari bo’yicha, ushbu kodeksda nazarda tutilgan xollarda esa, vasiylik
va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi».
Oilaviy nizolarni hal qilish umumiy sud vakolatiga taaluqlidir. O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan va 1998
yil 1 yanvardan amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolik –
prosessual kodeksi fuqarolarning oilaviy huquqlarini imtiyozlarni nazarda tutadi.
Masalan: aliment undirish bo’yicha da’vogarlar sud harajatini to’lashdan ozod
qilinadi. Bunday ishlar qisqartirilgan muddatlarda kurib chikiladi. Alimentlarni
to’g’risidagi sud ajrimi darhol ijro etiladi. (F. P. K – 263 modda). Oilaviy huquqlar
ma’muriy tartibda, ya’ni davlat organi yoki mansabdor shaxsga murojaat qilish yo’li
bilan ham himoya qilinishi mumkin. Bunday tartib ota-ona homiyligidan mahrum
bo’lgan bolalarga ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida o’rnatiladi. Oilaviy
munosabatlarda buzilgan huquqlarni tiklashda ularni himoya qilish usullari
turlichadir. Ya’ni, birinchidan, shaxsning o’zi tomonidan o’z huquqining himoya
qilinishi. Ikkinchidan, sud tomondan himoya qilinishi va uchinchidan, ma’muriy
16
tartibda himoiya qilinishi.
Oila huquqlarini himoya qilishda vasiylik va homiylik organlari muhim
ahamiyatga ega bo’lib, ularning huquqiy maqomi Fuqarolik Kodeksining 32 –
moddasida, Oila Kodeksining 173-193 moddalarida nazarda tutiladi. O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining 44-moddasiga ko’ra har bir shaxsning huquq va
erkinligini sud tartibida himoya qilish davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalarining g’ayriqonuniy hatti-harakati ustidan sudga shikoyat qilish huquqi
kafolatlanadi. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilishda bolalarning
nasl-nasabini belgilash, er-xotin, bolalar, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun
ularning umumiy mol-mulkdagi ulushini tan olish va belgilash, o’gay ota, o’gay ona,
o’gay o’g’il, o’gay qizdan aliment undirish kabi masalalar faqat oilaviy
munosabatlarda uchraydi. Demak, oilaviy munosabatlarda oila a’zolarining huquq
va manfaatlarini himoya qilishda bO’zilgan huquqlarni tiklashda qator usullardan
foydalanish mumkin. Oilaviy munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni hal etishda
da’vo muddatlari qo’llanilmaydi. (12-modda). Da’vo muddati bO’zilgan huquqni
sud tomonidan himoya qilish uchun qonun bilan belgilangan muddatdir. Da’vo
muddati jamiyat a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek sud
amaliyotida barqarorlikni o’rnatish uchun xizmat qiladi.
Vaqtning o’tishi bilan nizoli masalarni hal etish uchun tegishli va zarur dalillar
bo’lishi yoki bo’lmay qolishi mumkin. Agar nizoni hal qilish uchun ma’lum bir vaqt
belgilanmagan bo’lmasa aybi bo’lmagan shaxs asossiz talablar natijasida aybli
hisoblanib zarar ko’rishi mumkin. Shuning uchun ham da’vo muddati fuqarolarning
bO’zilgan huquqlarini tiklash uchun o’z vaqtida sudga murojaat qilishni talab qiladi
va jamiyat a’zolari o’rtasida tartib-intizomni o’rnatish va ta’minlashga yordam
beradi. Oilani iqtisodiy,ijtimoiy muhofaza qilish, oila farovonligini va ayellarning
ijtimoiy va moddiy axvolini yaxshilashning, bolalarning farovonligini ta’minlash
uchun shart-sharoitlar yaratish O’zbekiston Respublikasi davlat siyesatining ustuvor
yunalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari, Hukumat Qarorlari, davlat va homiylik mablag’lari hisobidan
moliyalashtirilgan Davlat dasturlari ushbu siyosatning amalga oshirish shakllaridir.
2012 yil — Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi, deb
e’tirof etilgan yilning birinchi Prezidentimiz tomonidan „Mustahkam oila yili" deb
e’lon qilinishi zamirida, hech shubhasiz, juda katta ma’no-mazmun mujassam. Bu
boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarish „Oila sog’lom ekan — jamiyat
mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqarordir", degan ezgu
tamoyilning hayotiy ifodasini to’liq ro’yobga chiqarishga zamin yaratdi. Haqiqatan
ham, oila — jamiyat asosi, poydevori.
Poydevor mustahkam bo’lsa, yurt mustahkam bo’ladi. Mustahkam yurtda esa
taraqqiyotga zamin yaratiladi. Biz esa — katta yo’lga chiqib olgan, ertasi bugunidan-
da yorug’roq, to’kinroq bo’lishini istayotgan va bunga guvoh bo’lib kelayotgan
17
avlod — mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar, ularning ko’lami va
natijalarini ko’rib turibmiz. Ma’lumki, xalqimiz azal-azaldan oila institutiga katta
ahamiyat berib keladi. Har birimiz, eng avvalo, oilaga daxldormiz. Eng yaxshi
kunimiz ham, quvonchimiz, baxtimiz ham oiladan boshlanadi. Ota-onamiz salomat-
ligi, farzandlarimiz baxti har birimizni o’ylantiradi. Bu holatga davlatning ham
befarq emasligini bu borada mustaqillik yil-larida amalga oshirilayotgan ishlar,
jumla-dan, 2012 yilning nomlanishida ham ko’rish mumkin. Binobarin,
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda „Biz kirib kelayotgan yangi — 2012 yilga
mamlakatimizda „Mustahkam oila yili" deb nom berganimiz bejiz emas, albatta.
Buning negizida yurtimizda oila institutini, avvalo, yosh oilalarni har tomon-lama
qo’llab-quvvatlash, oila tayanchi bo’lgan ayollarimizning og’irini yengil qilish,
mahalla tizimining bu boradagi rolini kuchaytirish, muxtasar aytganda, oila farovon-
ligini va shu asosda butun xalqimiz farovonligini yanada oshirish kabi maqsadlar
mujassam ekanini, o’ylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz"
1
.
Istiqlol yillarida oila xalqimiz uchun muhim hayotiy qadriyat va barkamol
avlod-ni voyaga yetkazishda asosiy omil hisoblanishi yana bir bor o’z tasdig’ini
topdi. Bu o’tgan davrda oilalarning farovonligi va turmush tarzi yanada yaxshilanib,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlari mustahkamlanib borayotganidan ham ko’zga
tashlanadi. Oila institutiga e’tibor butun dunyoda katta ekani sir emas. Xususan,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi
yalpi yig’ilishida 1994 yildan boshlab 15 may „Xalqaro oila kuni" deb e’lon qilinib,
uning keng nishonlanishiga kelishilgani ham fikrimiz isbotidir. Bundan ko’zlangan
maqsad basha-riyatning diqqat-e’tiborini inson o’z orzu-umidlari, baxti-saodati
hamda tinchligini bog’laydigan maskan — oilaning mustahkam bo’lishiga
qaratishdir. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat g’amxo’rligi oilalarning
mustahkamligiga asos bo’lgan. Mustaqillik qo’lga kiritilganidan so’ng o’tgan qisqa
vaqt ichida jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash uchun sog’lom oila
va oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirish davlat siyosatida muhim o’rin egallay
boshladi.
Shu sababli mamlakatimizda demokratik huquqiy davlatni barpo etish va
fuqarolik jamiyatini shaqllantirish jarayonida alohida muhim funksiyalarni
bajaradigan omil — oilaga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Vatanimiz
mustaqilligining ilk davridan boshlab mamlakatimizda oilaga alohida e’tibor
qaratish va oila institutini rivojlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor
yo’nalishlaridan biriga aylandi. Mana, 31 yildirki, davlatimiz rahbari boshchiligida
sog’lom oila, sog’lom jamiyat barqarorligini ta’minlash bo’yicha dunyoda boshqa
hyech bir mamlakatda uchramaydigan yondashuv asosida keng qamrovli ishlar
amalga oshirib kelinmokda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi Qarori 2012 yil O’zbekiston Respublikasida
1
O.I.Oqyulov – Oila huquqi., Toshkent.: 2016. 78-bet
18
“Mustahkam oila yili” deb e’lon kilinganligi munosabati bilan chikarilib, yukoridagi
maqsadlarni amaliyotga yanada kengroq tadbiq etish, amalga oshirishda muxim
ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 fevraldagi „Mustahkam
oila yili" Davlat dasturi to’g’risidagi qaroridan kelib chiqib qabul qilingan Davlat
dasturida 8 ta ustuvor yo’nalishning belgilab berilgani va uning 23 ta bandi bevosita
oliy ta’lim tizimiga daxldor ekanini alohida e’tirof etish lozim. Qarorda O’zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil 13 dekabrdagi farmoyishi bilan
tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar,
Korakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaHar
xokimliklari, jamoat hamda noxukumat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-o’zi
boshkarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ―Mustahkam oila yili‖ Davlat
dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlanishi kursatilgan va “Oila sog’lom ekan – jamiyat
mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror” degan insonparvar
tamoyildan kelib chiqqan holda, quyidagilar “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini
amalga oshirishning eng muhim yo’nalishlari etib belgilandi: qonunchilik va
normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlariga oila
institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan zarur o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, yosh
oilalarga ye’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya
qilishni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo’llab-quvvatlash, shu
jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta’minlash, zarur imtiyoz va afzalliklar
berish, jamiyat va kundalik hayotda mahalla institutining rolini kuchaytirish va
maqomini oshirish.
Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq yetishda mahalla
va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qo’llab-
quvvatlash hamda shaqllantirishda ularning ta’sirini kuchaytirish, yosh oilalarga
zarur ko’mak va yordam berish, oila, birinchi navbatda, yehtiyojmand oilalarning
muammolarini hal yetishda davlat va jamiyat tomonidan g’amxo’rlikni yanada
kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko’rsatish va farzandlarni tarbiyalashda
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda
oilani mustahkamlashda asosiy yukni o’z yelkasiga olgan ayollarga alohida ye’tibor
qaratish “Sog’lom ona – sog’lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini,
onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatning ma’naviy
negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va
mustahkamlash, jamiyatda yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy
mentalitetga mutlaqo yot bo’lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga
qarshi turishda oilaning o’rni va ahamiyatini oshirish. jismonan sog’lom, ma’naviy
yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini
kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining ta’lim hamda tarbiya muassasalari
bilan o’zaro amaliy hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali
19
hamkorligini ta’minlash.
Davlat dasturining dastlabki bo’limi bugungi kun talablarini hisobga olgan
holda, oila institutini rivojlantirish va tako-millashtirishga qaratilgan normativ-
huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu masalaga jamiyatimiz e’tiborini yanada
kuchaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidan izchil rivojlanib bormoqda. Bu buyuk
maqsadga erishishda jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lgan oila muhim o’rin tutadi.
Mamlakatimizda oila institutining rivojlanishi va jamiyatimizda oilaning kamol
topishi yo’lida asos bo’ladigan mustahkam qonunchilik tizimi yaratilgan.
Xususan, O’zbekiston Respublikasining Konstitu-siyasida ayni shu masalaga
bag’ishlangan maxsus bob mavjud. Bu — O’zbekiston Konstitusiyasining XIV bobi
bo’lib, u „Oila" deb nomlanadi va 63—66-moddalarni o’z ichiga oladi.
Unda „Oila — jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat davlat
muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza
qilinadi" degan qoida va prinsiplar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |