§ 1.3. Dasturiy ta’minotni konstruktsiyalash bosqichlari
Boshlang’ich bosqichlarda bu jarayonni ko’p jihatdan hamda ishlanma sifati
va mehnat sarfini aniqlovchi prinsipial yechimlar qabul qilinishi mumkin:
➢
dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash;
➢
foydalanish interfeysi tipi va hujjatalr bilan ishlash texnologiyasini tanlash;
12
➢
ishlanmaga yondashuvni (tuzilmani yoki obyektni) tanlash;
➢
dasturlash tili va muhitini tanlash
Bu yechimlar nima loyihalashini qanday xarakteristikalarga ega, qanday
vositalar bilan bajarilishini aniqlaydi. Dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash.
Dasturiy ta’minot arxitekturasi deb uni tuzishning bazaviy konsepsiyalari
jamlanmasiga aytiladi. Dasturiy ta’minot arxitekturasi yechilayotgan masalalar
murakkabligi, ishlanayotgan dasturiy ta’minot universallik darajasi va uning birorta
nusxasi bilan bir vaqtda ishlanayotgan foydalanuvchilar soni bilan aniqlanadi.
−
bir foydalanuvchili arxitektura dasturiy ta’minot personal kompyuterda
ishlayotgan bitta foydalanuvchiga mo’ljallangan;
−
ko’p foydalanuvchili arxitektura lokal yoki global tarmoqda ishlashga
mo’ljallangan.
Bundan tashqari bir foydalanuvchi arxitektura doirasida:
−
dasturlar;
−
dastur paketlari;
−
dasturiy komplekslar;
−
dasturiy sistemalar.
Ko’p foydalanuvchili arxitektura «mijoz-server» prinsipi bo’yicha tuzilgan
sistemalarni amalga oshiradi. Dastur deb kompyuterga jo’natilgan konkret masalani
yechish uchun bajarish zarur bo’lgan amallar ketma-ketligini aniq tavsiflovchi
ko’rsatmalar majmuasiga aytiladi.
Tuzilishli yondashuvda qo’yilgan masalani yechish jarayonida bir-birini
chaqiruvchi ichki dasturlar iyerarxiyasidan obyektli yondashuvda – bajarish uchun
maxsus sinflar ishlab chiqilgan bir-biri bilan xabar almashinuvchi obyektlar
jamlanmasi. Dastur bu holda qism dasturlar standart kutubxonalari foydalanadigan
alohida kompilisiyalanuvchi dasturiy birlikdan iborat bo’lib, odatda o’zining
kutubxonalarini tashkil etmaydi. Bu arxitekturaning unchalik katta bo’lmagan
masalalarni yechishda foydalaniladigan eng sodda turi.
Dasturlar paketlari biror amaliy soha masalalarni yechadigan dasturlar
jamlanmasi. Masalan, grafik dasturlar paketi, matematik dasturlar paketi. Bunday
13
paket dasturlar o’zaro ma’lum amaliy sohaga tegishliligi bilan bog’langan. Dasturlar
paketlari har biri o’zi zarur ma’lumotlar va natijalarni chiqaradigan alohida dasturlar
jamlanmasini amalga oshiradi. Ular – dasturlar kutubxonasi.
Dasturiy komplekslar bitta amaliy soha murakkab masalalarni biror sinfini
yechishni birgalikda ta’minlovchi dasturlar jamlanmasidan iborat. Bunday
masalalarni yechish uchun kompleksning dasturlarini chaqirib bir nechta qism-
masalalarni yechish zarurati paydo bo’ladi. Dasturlar va dasturiy kompleksni tanlash
maxsus dastur – murakkab bo’lmagan interfeysini ta’minlovchi va biror ma’lumotli
axborotni berishi mumkin bo’lgan dispetcher bajaradi.
Dasturlar paketidan dasturiy komplekslar bilan farq qiladigan bir nechta
dastur ketma-ket yoki siklik ravishda bitta masalani yechish uchun chaqirilishi
mumkin, demak, bitta foydalanuvchi loyihasi doirasida berilgan ma’lumotlar va
chaqiruvlar natijalarini saqlash maqsadga muvofiq. Bu holda dasturlar alohida yoki
birgalikda kompilinerlanuvchi dasturiy birliklar kabi amalga oshiriladi, berilgan
ma’lumotlar esa operativ xotirada yoki fayllarda saqlanadi.
Dasturiy komplekslardan farqli dasturiy sistemaga kiruvchi dasturlar umumiy
ma’lumotlar orqali o’zaro ta’sirda bo’ladi. Dasturiy sistemalar odatda rivojlangan va
ichki interfeyslarga ega, bu esa ularni puxta loyihalashni talab etadi. Ko’p
foydalanuvchili dasturiy sistemalar odatdagi dasturiy sistemalardan farqli dasturiy
ta’minot alohida komponentlar o’zaro ta’sirini tashkil etishi lozim, bu esa uni ishlab
chiqishni yanada qiyinlashtiradi. Bunday dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun
maxsus texnologiyalar yoki platformalar, masalan, CORBA, COM, Java va h.k.
texnologiyalar ishlatiladi.
Foydalanuvchi interfeys tipini tanlash. To’rtta foydalanish interfeyslar tiplari
farqlanadi:
−
primitiv – ishning yagona ssenariysini, masalan, ma’lumotlarni kiritish –
qayta ishlash – natijalarni chiqarishni amalga oshiradi;
−
menyu – amallari iyerarxik tuzilmalarga shakllangan ishning ssenariylari
to’plamini, masalan, «qo’yish», «faylni qo’yish», «simvolni qo’yish» va h.k.larni
bajaradi;
14
−
erkin novigasiyali – iyerarxiya darajalariga bog’lanmagan va ishning konkret
qadamida mumkin bo’lgan amallar to’plamini aniqlashni ko’zda tutadigan
ssenariylar to’plamini amalga oshiradi, bu shaklning interfeyslari asosan Windows
ilovalardan foydalanadi;
−
to’g’ridan-to’g’ri manipulasiyalash – obyektlar ustidagi amallarda taqdim
etilgan ssenariylar to’plamini bajaradi, asosiy amallar sichqoncha bilan obyektlar
piktogrammalarini siljitish bilan amalga oshiriladi, bu shaklli erkin novigasiyali
interfeysga muqobil bo’lib Windows operasion tizimi o’zining interfeysida amalga
oshirilgan.
Foydalanuvchi interfeys tipi ishlanmaning murakkabligi va mehnat sarfini
belgilaydi. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning obyektli – yo’naltirilgan vizual
muhitlari dasturlashga hodisaviy yondashuvdan foydalanadi va erkin novigasiyali
interfeyslarni yaratishga mo’ljallangan bo’lib, bunday interfeyslarni ishlab chiqish
mehnat sarfini jiddiy kamaytirdi va to’g’ridan-to’g’ri monipulyasiyalash
interfeyslarni amalga oshirishni soddalashtirdi.
Interfeys tipini tanlash hujjatlar bilan ishlash texnologiyalarini tanlashni o’z
ichiga oladi. Ikkita texnologiya mavjud:
−
bir hujjatli, u bir hujjat interfeys (SDI – Single Document Interface) ni ko’zda
tutadi;
−
ko’p hujjatli, u ko’p hujjat interfeys (MDI – Multiple Document Interface) ni
ko’zda tutadi.
Ko’p hujjatli texnologiya dasturiy ta’minot bir nechta hujjatlar bilan bir
vaqtda ishlaganda, masalan, bir nechta matn yoki bir nechta tasvirlar bilan
ishlaganda foydalaniladi. Bir hujjatli – agar bir nechta hujjatlar bilan bir vaqtda
ishlash zarurati bo’lmasa, hozirgi kutubxonalardan foydalanib ko’p hujjatli
interfeyslarni ishlatish mehnat sarfi birinchisiga qaraganda 3...5% yuqori.
Ishlanmaga yondashuvni tanlash. Agar erkin novigasiyali yoki to’g’ridan-
to’g’ri manipulyasiyali interfeys tanlangan bo’lsa, u holda hodisaviy dasturlash va
obyektli yondashuvdan foydalaniladi, chunki zamonaviy vizual dasturlash muhitlari
Visual C++, Delphi, Builder C++ va ularga o’xshashlar kutubxona sinflari
15
obyektlari ko’rinishida interfeys komponentlarni taqdim etadi. Bunda predmet soha
murakkabligiga bog’liq holda dasturiy ta’minot obyektlardan foydalanish orqali
yoki sof prosedurali ravishda amalga oshirilishi mumkin, faqat bundan boshqa
prinsipda tuzilgan Perl kabi internet-ilovalarni ishlab chiqishni maxsus tillardan
foydalanish hollari mustasno. Primitiv interfeys va menyu tipidagi interfeys
tuzilmali obyektli yondashuvlar bilan muvofiqlashadi. Shuning uchun yondashuvni
tanlash qo’shimcha axborotdan foydalanish bilan amalga oshadi. Obyektli
yondashuv juda katta dasturiy sistemalar (universal dasturlash tilida 100000 dan
ko’p bo’lgan operatorlar mavjud) ini va predmet soha obyekt tuzilishi aniq
ifodalangan hollarda samarali. Shuningdek u dasturiy ta’minot samaradorligiga
qattiq cheklashlarda ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |