1-bob. Dasturiy ta’minotni konstruksiyalashga kirish §


§ 1.2. Dasturlash konstruktorlik ishi sifatida



Download 258,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.04.2023
Hajmi258,58 Kb.
#927574
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-bob. Dasturiy ta’minotni konstruksiyalashga kirish §

§ 1.2. Dasturlash konstruktorlik ishi sifatida 
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning asosi 
hisoblangan 
dasturiy 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarish 
milliy 
iqtisodiyot 
rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Hayotimizning har jabhasida faol qo‘llanilayotgan axborot almashinuv 
texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o‘ziga 
xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. 
Dasturlash bu kompyuterga buyruqlar berishdir. Masalan, biror web-sayt 
tayyorlanmoqda va bu holatda uni tayyorlash uchun kompyuterga buyruqlarni 
yozish kerak. Faqat kompyuter o’zbek tilini yoki boshqa bir horijiy tilni 
tushunmaydi. Shuning uchun unga o’zi tushunadigan tilda ya’ni dasturlash tilida 
yozish kerak. Mana shu holat esa dasturlash deyiladi. Dasturchi bunday kodlarni 
yozib har-xil qurilamalar uchun ilovalar, web-saytlar, tizimlar va boshqa dasturlar 
tayyorlashi mumkin. Dasturchi ishlab chiqarayotgan mahsulotlardan sezish 
mumkinki, dasturchilarga hozirgi kunda ehtiyoj juda yuqori. Chunki dasturchilar 
tomonidan tayyorlanadigan mahsulotlar hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir. 
Dasturiy ta’minotni loyihalash va konstruksiyalash – dasturiy mahsulotni 
yaratishning eng ma’suliyatli bosqichlaridan biri. Bu bosqichda ishlab chiqilayotgan 
dasturiy ta’minotga asosiy talablar bayon etiladi. Funksiyalar va foydalanishning 
talablari qanchalik to’liq aniqlanishidan konstruksiyalash jarayonini aniqlovchi 


10 
asosiy qarorlar qanchalik to’g’ri qabul qilinishida ishlanma bahosi va uning sifatiga 
bog’liq bo’ladi.
Funksional belgiga ko’ra dasturiy mahsulotlarni sinflash. Har bir dasturiy 
mahsulot ma’lum funksiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan vazifasiga ko’ra 
barcha dasturiy mahsulotlarni uchta guruhga ajratish mumkin: tizimli, amaliy va 
gibrid. Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli kompyuterlar 
uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash 
yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga 
oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur 
tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Dasturlash – bu: 
1)
kompyuterlarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat 
turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; 
2)
algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; 
3)
insonning kompyuter bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan 
biri kompyuterlar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va 
takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi dasturlashda 
„kompyuter tili“ga oʻtkaziladi.
Dasturlash bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita 
Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va 
mashi-naga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik 
dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan 
simvolik kurinishda yozadi, profamma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni 
esa kompyuterning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi. 
Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; 
masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida 
dasturlash; masalani kompyuter tilida dasturlash. 
Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret 
kompyuter komandalari tizimsiga boglits boʻlmasligi va iboralar struktu-rasi 
jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab 
ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-


11 
biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nukali vergul bilan ajratiladi. Operator 
tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi 
operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) 
operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl ope-ratorlariga boʻlinadi. 
Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror 
xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional 
belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb 
yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda 
foydalanish mumkin. 
Juda koʻp dasturlash tillari (algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy 
masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik 
modellar uchun si mula, tako-millashgan algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri 
uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab kompyuter programmasini 
avtomatik tarzda qaytatuzuvchi translyatorlar mavjud. Taxminiy kompyuter tili 
ikkilik tizimdan koʻra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan kompyuter 
komandalari terminlaridagi programmalar boʻlib, bunda koʻpincha, yuqori 
darajadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi. 
Dasturlashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi 
“tekshirish” (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. 
Programmalar kodlanadi va kompyuterga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. 
Amaliyotda Dasturlashning yangi va tezkor usullari bor (2004); 2) matematik 
dasturlash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda — biron-bir 
funksiya fo(x) ning ekstremumini topish masalasi tushuniladi.

Download 258,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish