1 – MA’RUZA:
Binolarning barvaqt yemirilishi. Binolarning barvaqt yemirilishi va oldini
olish uchun ogohlantirish usullari. Konstruktsiyalarni himoya qatlamlari.
REJA:
1.Binolardan texnik foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari
2. Binoning optimal xizmat qilish muddati.
3. Binolarga texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy masalalari
Bino va inshootlar ma‟lum bir belgilanish va vazifalarga ega bo„lib, ularni
loyihalash va qurish jarayonida qo„llaniladigan konstruktiv sxemalari, qavatlar
soni,
hajmiy-rejaviy yechimlari, qurilish materiallari hamda boshqa turli omillar
e‟tiborga olinadi.
Binolarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish jarayonlari o„rtasida
uzviy bog„likliklar mavjud. Binolarga qo„yiladigan uzoq muddatga chidamlilik,
yuk ko„taruvchi konstruktsiyalar va muxandislik tuzilmalari hamda uskunalarining
mustahkamligi, foydalanishga yaroqliligi hamda
ishonchli ravishda ishlash
talablari, ularni loyihalash bosqichidan boshlab e‟tiborga olinadi. Foydalanish
uslublari, ta‟mirlash jarayonida ba‟zi bir element yoki konstruktsiyalarni ta‟mirlash
uchun ularga yondashishning texnologik jarayonlari ishlab chiqiladi. Bir so„z bilan
aytganda bino va inshootlarni loyihalash va qurish jarayonlari ularning
foydalanish sifatlarini oldindan belgilab beradi.
Aholining yashash joylariga bo„lgan ehtiyojlarining ortib borishi,
ishlab-
chiqarish texnologik jarayonlari va texnologiyalarining toboro takomillashib
borishi, atrof-muhitning insoniyat ta‟siridagi o„zgarib borishi bilan birgalikda
turar-joy, jamoat va sanoat binolaridan foydalanish uslublari ham o„zgarib
bormoqda. O„z-o„zidan ma‟lumki, bino va inshootlardan foydalanish davrida
ularni loyihalash va qurish davridagi kamchiliklar namoyon bo„lib
boradi hamda
buning asosida yangidan-yangi talablar vujudga kela boshlaydi, ya‟ni loyihalash,
qurish va foydalanish qrtasida teskari bog„liklik vujudga keladi.
Binoning sifati ko„p omillar asosida aniqlanadi (texnologik jarayonlarni
joylashishi va ularni tashkil etish va ularni tashkil etish, bino muxandislik tizimlari
va elementlarini normal faoliyat ko„rsatishi, va boshqalar).
Turar joy va jamoat
binolari insonlarni ko„p vaqt faolit ko„rsatish joylari bo„lganligi sababli
foydalanish jarayonlarini tashkil etish jarayoni insonlarning kayfiyatiga sezilarli
jarajada ta‟sir etadi.
Hozirgi vaqtda bino va inshootlarning qurilish xajmi ikkita omil asosida
aniqlanadi. Birinchidan insonlarning yashash darajasiga bo„lgan ehtiyojlarini oshib
borishi bo„lsa, ikkinchidan esa mustaqil Respublikamiz aholisining xamdo„stlik
mamlakatlari ichida aholisi sonining jadal suratlar bilan o„sib borishidir.
Ushbu
omillar yangi qurilayotgan bino va inshootlarni xajmini kengaytirishga va
mavjudalarini rekonstruktsiya qilishga asosiy sabalar bo„lib hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan omillar bilan birgalikda mavjud bino va inshootlarning
hamda ularning konstruktsiyalari va elementlarini vaqt o„tishi bilan yemirilib
borishi ham yangi qurilishlar xajmini jadal suratlar bilan o„stirishni taqazo etadi.
Mavjud bino va injootlarni joriy, kapital ta‟mirlash va rekonstruktsiya qilinishi uy
xo„jaliklari xududini obodonlashtirish ishlariga katta xajmdagi mablag„lar
sarflanayotganligi borasida ko„plab misollar keltirish mumkin. Shuning uchun
binolardan foydalanish uchun joylardagi
jamoat tashkilotlari, foydalanish
xizmatlari va maxalliy qo„mitalarni jalb etish borasidagi ishlar bugungi kunda
dolzarb masalalardan biri bo„lib hisoblanadi.