Reja: Binolardan texnik foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.03.2023
Hajmi0,56 Mb.
#920784
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Ma\'ruza



1 – MA’RUZA: 
 
Binolarning barvaqt yemirilishi. Binolarning barvaqt yemirilishi va oldini 
olish uchun ogohlantirish usullari. Konstruktsiyalarni himoya qatlamlari. 
 
REJA: 
1.Binolardan texnik foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari 
2. Binoning optimal xizmat qilish muddati. 
3. Binolarga texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy masalalari
 
Bino va inshootlar ma‟lum bir belgilanish va vazifalarga ega bo„lib, ularni 
loyihalash va qurish jarayonida qo„llaniladigan konstruktiv sxemalari, qavatlar 
soni, hajmiy-rejaviy yechimlari, qurilish materiallari hamda boshqa turli omillar 
e‟tiborga olinadi. 
Binolarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish jarayonlari o„rtasida 
uzviy bog„likliklar mavjud. Binolarga qo„yiladigan uzoq muddatga chidamlilik, 
yuk ko„taruvchi konstruktsiyalar va muxandislik tuzilmalari hamda uskunalarining 
mustahkamligi, foydalanishga yaroqliligi hamda ishonchli ravishda ishlash 
talablari, ularni loyihalash bosqichidan boshlab e‟tiborga olinadi. Foydalanish 
uslublari, ta‟mirlash jarayonida ba‟zi bir element yoki konstruktsiyalarni ta‟mirlash 
uchun ularga yondashishning texnologik jarayonlari ishlab chiqiladi. Bir so„z bilan 
aytganda bino va inshootlarni loyihalash va qurish jarayonlari ularning 
foydalanish sifatlarini oldindan belgilab beradi. 
Aholining yashash joylariga bo„lgan ehtiyojlarining ortib borishi, ishlab-
chiqarish texnologik jarayonlari va texnologiyalarining toboro takomillashib 
borishi, atrof-muhitning insoniyat ta‟siridagi o„zgarib borishi bilan birgalikda 
turar-joy, jamoat va sanoat binolaridan foydalanish uslublari ham o„zgarib 
bormoqda. O„z-o„zidan ma‟lumki, bino va inshootlardan foydalanish davrida 
ularni loyihalash va qurish davridagi kamchiliklar namoyon bo„lib boradi hamda 
buning asosida yangidan-yangi talablar vujudga kela boshlaydi, ya‟ni loyihalash, 
qurish va foydalanish qrtasida teskari bog„liklik vujudga keladi. 
Binoning sifati ko„p omillar asosida aniqlanadi (texnologik jarayonlarni 
joylashishi va ularni tashkil etish va ularni tashkil etish, bino muxandislik tizimlari 
va elementlarini normal faoliyat ko„rsatishi, va boshqalar). Turar joy va jamoat 
binolari insonlarni ko„p vaqt faolit ko„rsatish joylari bo„lganligi sababli 
foydalanish jarayonlarini tashkil etish jarayoni insonlarning kayfiyatiga sezilarli 
jarajada ta‟sir etadi. 
Hozirgi vaqtda bino va inshootlarning qurilish xajmi ikkita omil asosida 
aniqlanadi. Birinchidan insonlarning yashash darajasiga bo„lgan ehtiyojlarini oshib 


borishi bo„lsa, ikkinchidan esa mustaqil Respublikamiz aholisining xamdo„stlik 
mamlakatlari ichida aholisi sonining jadal suratlar bilan o„sib borishidir. Ushbu 
omillar yangi qurilayotgan bino va inshootlarni xajmini kengaytirishga va 
mavjudalarini rekonstruktsiya qilishga asosiy sabalar bo„lib hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan omillar bilan birgalikda mavjud bino va inshootlarning 
hamda ularning konstruktsiyalari va elementlarini vaqt o„tishi bilan yemirilib 
borishi ham yangi qurilishlar xajmini jadal suratlar bilan o„stirishni taqazo etadi. 
Mavjud bino va injootlarni joriy, kapital ta‟mirlash va rekonstruktsiya qilinishi uy 
xo„jaliklari xududini obodonlashtirish ishlariga katta xajmdagi mablag„lar 
sarflanayotganligi borasida ko„plab misollar keltirish mumkin. Shuning uchun 
binolardan foydalanish uchun joylardagi jamoat tashkilotlari, foydalanish 
xizmatlari va maxalliy qo„mitalarni jalb etish borasidagi ishlar bugungi kunda 
dolzarb masalalardan biri bo„lib hisoblanadi. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish