132
Ta’kidlaganimizdek, AQSH milliy mahsulotining
¾
dan ko`proq qismi
xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi. Bandlikni olsak, bunda ham shunday
darajani ko`ramiz, ya’ni 77 foiz ishlovchilar shu sohada banddir. Qishloq xo`jaligida
band bo`lganlarni chegirib tashlangandan keyin hisoblanadigan bo`lsa, bu ko`rsatkich
73 foiz ish joyini tashkil etadi. Agarda buni boshqa rivojlangan mamlakatlarga
taqqoslasak, aytaylik, Germaniya Federativ Respublikasida ish kuchining 41 foiz,
Italiyaning 35 foiziga to`g`ri keladi.
Buni Amerika fenomeni deb atashadi. Bu avvalo
aholi farovonligi bilan
bog`langan. Farovonlikning o`sib borishi xizmat ko`rsatishga talabni kuchaytiradi.
Chunki turmush yaxshilanib borishi bilan, moddiy ta’minotning o`sib borishi
iste’molni xizmat sohasiga qaratib boradi. Bu esa xizmat ko`rsatish turlarini
kengayishi, yangi-yangilarini paydo bo`lib borib, har tomonlama kengayib borishiga
olib keladi. Natijada daromadning ma’lum qismi xizmat sotib olishga qaratiladi va
xizmat turlariga bo`lgan xaridorlik xajmini ko`paytirib boradi. Iste’mol sohasidagi
xizmat ko`rsatish tovarlashib boradi va oldin iste’molchi bajaradigan ishlar pulga ijro
etadigan korxona, shaxslar
tomonidan bajarilishi kengayib, bundagi vaqt tejaladi va
mutaxassis tomonidan bajariladi.
Ikkinchidan, mehnat unumdorligining o`sishi bo`sh vaqtni ko`payishiga olib
keladi. Ortib boradigan bo`sh vaqt esa bundan unumli foydalanishni talab etadi. Eng
bundagi ma’qul keladigan narsa xizmatlardan foydalanishdir. Dam olish,
xursandchilik bilan bog`liq, sport bilan shug`ullanish kabilar bilan bog`langan xizmat
turlaridan foydalanishga talab ortadi.
Uchinchidan, texnik xizmat ko`rsatish zaruriyati ortib boradi. Ma’lumki, uy-
ro`zg`or buyumlari ichida texnik vositalar xilma-xilligi ortib bormoqda. Turli elektr
va elektron asboblar, texnik uskunalar hayotda ko`payganki, bularni iste’mol etish
xizmat ko`rasatishni talab etadi. Bundan tashqari tashqi dunyo bilan aloqada
bo`lishda, turizm kabilar ham o`ziga xos xizmatlar turini talab qiladi.
Ko`rinib
turibdiki, farovonlik bilan bir qatorda umuman taraqqiyot xizmat
ko`rsatish sohasini oldinga surib, uning tez rivojlanishini taqozo etadiki, bunda
133
Amerikada juda katta ishlar amalga oshirilgan va AQSHni jahonda xizmat
iqtisodiyoti bo`yicha birinchi o`rindagi mamlakatga aylantirgan.
Xizmat ko`rsatish shunchalik taraqqiy etganki,
u xaddan tashqari turli-
tumandir. Avvalo bunga davlat sektori o`zining sud tizimi, mehnat birjasi,
kasalxonlar, harbiy xizmat, kirim kassalari, militsiyalar, yong`inga qarshi xizmat,
pochta, maktablar, boshqarish va nazorat organlari kiradi. Shu bilan birga ajoyibxona,
sahovat
tashkilotlari, cherkov va machitlar, kollej-litseylar, kasalxona va
jamg`armalari bilan xususiy sektor kiradi.
Bundan tashqari xizmat ko`rsatish sohasiga xususiy tijoriy sektorga kiruvchi
aviakompaniyalar, banklar, kompyuter xizmati byurolari, mehmonxonalar, sug`urta
kompaniyalari,
sarmoya firmalari, shaxsiy shifokorlar, kinofirmalar, santexnika
jixozlarini ta’mirlash firmalari kabilar kiradi.
Bular ommaviy xizmat ko`rsatish sohasiga kirsa, to`xtovsiz yangi xizmatlar
paydo bo`lib bormoqda. Aytaylik, ma’lum pulga oila byudjetini balanslashtiruvchilar,
uy topishga yordam qiluvchilar,
ish topib beruvchi, xizmat joyiga olib boruvchi,
ijaraga bog`cha, traktor kabilarni topib beruvchilar va h.k.
Xizmat ko`rsatish bozor iqitisodiyoti sharoitidagi moddiy tovarlarga
o`xshagan talab, taklif, raqobat, bozor bahosi xususiyatlarida bo`lib, iste’molda juda
ahamiyatlidir va u ayniqcha Amerika hayotida to`xtovsiz turlanib, o`z o`rnini
kengaytirmoqda. U xattoki AQSHning tashqi savdosida o`z o`rnini kengaytirmoqda
va jahon xizmat ko`rsatish bozorlarida pishiq o`rinni egallaydi. O`tgan asrning 90 –
yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlarning 70 foizdan ortiq ma’lumot banklari
(jamg`arilishi) AQSHda jamlangan edi.
Amerika kompaniyalari EHMlarni resurslar bilan ta’minlash bo`yicha jahon
bozorining
¾
qismini o`z qo`llarida ushlab turadilar.
Chet mamlakatlar uchun
patentlarni ro`yxatga olish, avtorlik huquqlarini rasmiylashtirish, litsenziyalar
majburiyatini amalga oshirish, dizayn ishlab berish, korxona menejment boshqaruvi
tajribalarini ommalashtirish kabilar xizmat bozoriga kiradi.