124
Takrorlash uchun savollar
1.Milliy model nima va uning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi o`rni nimada?
2.O`zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi
va rivojlanishidagi
modelni atroflicha va misollar bilan boshqar mamlakatlar tajribalari bilan tushuntirib
bering.
3.O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish konsepsiyasi deganda nimani
tushunasiz?
4.O`zbekistondagi mavjud uch birlikdan iborat iqtisodiy voqelikning qanday
tushunasiz, uning mohiyati nimada?
5.O`zbekiston iqtisodiyotidagi barqarorlikni ta’minlash
va uning bozor
iqtisodiyotining shakllanishi bilan birgalikda amalga oshuvini tushuntiring.
6.Nima uchun iqtisodiyotni barqarorlashtirish va industrlashtirish jarayonlari
bozor iqtisodiyotining shakllanishi bilan bog`liq holda amalga oshishi kerak?
7. Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida umumiy qonun va
jarayonlar xaqida nimalarni bilasiz?
8. Mamlakat rivojida “o`zbek modeli” ning tutgan o`rni nimalardan iborat?
9. “O`zbek modeli”ning asosi qanday xususiyatlarga bog`liq?
10. Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash nima?
125
5-BOB. AQSH NING BOZOR IQTISODIYOTI TAJRIBASI
5.1. AQSHning jahon bozor iqtisodiyotidagi yetakchi o`rni va
buni belgilovchi asosiy ko`rsatkichlar
AQSH jahonda eng katta mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakat maydoni 9,7
mln km
2
ni tashkil etib, maydoni jixatdan dunyoda to`rtinchi o`rinni egallaydi. Xalqi
270 mln. kishini tashkil etadi. yetishtiriladigan mahsulot bo`yicha
bunga teng
keladigani yo`q. Yillik ichki mahsulot xajmi 8 trln. dollarni tashkil etib, eng bunga
yaqin mamlakatlardan bir necha marotaba ko`pdir.
Chunki jahon ichki mahsulot
xajmining 21 foizini tashkil etadi. Aholi jon boshiga hisoblaganda 30 ming dollardan
to`g`ri kelib, bu juda katta ko`rsatkichdir. Chunki hatto bozor iqtisodi rivojlangan
mamlakatlarga qaraganda ham ancha yuqoridir. Oddiy mamlakat yoki qoloq
mamlakatlar bilan taqqoslasak, aql bovar qilishi qiyin.
Yillik o`rtacha o`sish ham past bo`lmay, 2,2-2,5
foizni tashkil etib, bunda
ham boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunlikni ko`ramiz. AQSH tabiiy
resurslarga boy. 100 dan ortiq xil foydali qazilmalari mavjud.
Bularning ichida eng
muhimlari neft, gaz, toshko`mir, rangli va qimmatbaho metallar. Energoresurslar eng
salmog`li hisoblanib, qiymati
bo`yicha
qazilma boyliklarning
90
foizini
tashkil
etadi.
Foydalaniladigan
mineral
resurslarning 50 foizi import
hisobiga to`g`ri keladi. Shu bilan
birga
tabiiy
resurslarni
himoyalash va saqlash,
tijorat
yo`lida foydalanishni taqiqlash
siyosati qo`llanilib, AQSHda bir
necha o`n
yillardan beri qazilma
boyliklar manbaalari hisobiga ishlab chiqarish bir muncha qisqartirilib, vaqtincha
to`xtatilgan. Ayniqsa neft manbaalarining
ancha qismi qayta bekitilib, qazib olish
to`xtatilgan. Asosiy talab chet el xomashyolariga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: