10-Mavzu. Aholi daromadlari va turmush farovonligi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana30.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#90730
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-Mavzu. Aholi daromadlari va turmush farovonligi 47fd0cd870b543a37b3abc91dde30ecc



10-Mavzu.  Aholi daromadlari va turmush farovonligi 

 

10.1.  Aholi  daromadlari  va  uning  tarkibi.  Aholi  turmush  darajasi  va 

uning ko’rsatkichlari. 

10.2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash. 

10.3. O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari. 

 

Tayanch so’z va iboralar 

Aholi daromadlari,Nominal daromad,Ixtiyorida bo’lgan daromad, Real 

daromad,Lorens egri chizig’I, Ijtimoiy to’lovlar, Ijtimoiy siyosat.  

 

10.1.  Aholi  daromadlari  va  uning  tarkibi.  Aholi  turmush  darajasi  va 

uning ko’rsatkichlari 

Aholi  daromadlari    ularning  ma’lum  vaqt  davomida  (masalan,  bir 

yilda) pul va natural shaklda olgan barcha daromadlari miqdoridir. 

Aholi iste’mol darajasi to’g’ridan-to’g’ri ularning daromadlari darajasiga 

bog’liq bo’ladiki, u aholi turmush darajasini belgilab beradi. 

Aholi  pul  daromadlari  ish  haqi,  tadbirkorlik  faoliyatidan  olinadigan 

daromad,  nafaqa,  pensiya,  stipendiya  shaklidagi  barcha  pul  tushumlarini, 

mulkdan  foiz,  dividend,  renta  shaklda  olinadigan  daromadlarni,  qimmatli 

qog’ozlar,  ko’chmas  mulk,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari,  hunarmandchilik 

buyumlarini  sotishdan  va  har  xil  xizmatlar  ko’rsatishdan  olinadigan  pul 

mablag’lardan iborat bo’ladi. 

Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining 

o’z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlardan iborat bo’ladi. 

 Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar orasida 

ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan 

to’yinganlik darajasi kabilar muhim o’rin tutadi. 

Aholi  daromadlari  darajasiga  baho  berish  uchun  nominal,  ixtiyorida 

bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. 



Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt davomida pul shaklida 

olingan daromad hisoblanadi. 



Ixtiyorida  bo’lgan  daromad  –  shaxsiy  iste’mol  va  jamg’arma 

maqsadlarida  foydalanish  mumkin  bo’lgan  daromad.  Bu  daromad  nominal 

daromaddan soliqlar va majburiy to’lovlar miqdoriga kam bo’ladi. 

Real  daromad  –  narx  darajasi  o’zgarishini  hisobga  olib,  aholining 

ixtiyorida  bo’lgan  daromadga  sotib  olish  mumkin  bo’lgan  tovar  va  xizmatlar 

miqdorini ko’rsatadi. 

Aholining  nominal  pul  daromadlari  turli  manbalar  hisobiga  shakllanadi 

va ularni quyidagicha umumlashtirish mumkin: 

a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; 




b) davlat  yordam  dasturlari  bo’yicha  to’lov  va  imtiyozlar  shaklidagi  pul 

tushumlari; 

v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari. 

Respublikamizda mehnatni rag’batlantirish maqsadida ish haqini oshirish 

natijasida  aholi  daromadlari  muttasil  o’sib  bormoqda.  Jumladan,  2016  yilda 

aholi  umumiy  daromadlari  12foizga  o’sgan.  2000  yil  bilan  taqqoslaganda,  real 

daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar ko’paydi.

1

 



Aholining  yollanib  ishlovchi  qismi  oladigan  daromadlarning  asosiy  turi 

ish  haqi  istiqbolda  ham  pul  daromadlari  umumiy  hajmining  shakllanishida 

o’zining etakchi rolini saqlab qoladi. 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish