a).Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
b).Shaxsiy iste’mol uchun o’zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan
borayotgani alohida e’tiborga molikdir. 2016 yilda ushbu ko’rsatkich ulushi
ko’pi, birinchi navbatda, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan
O’zbekistonda yaqin istiqbolda ham aholining real daromadlarini
bosqichma-bosqich oshirib borish ko’zda tutiladi. Bu quyidagi yo’nalishlarda
amalga oshiriladi.
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish;
kam ta’minlangan oilalarni va aholining daromadlari bo’yicha
farqlanishi darajasini yanada qisqartirish;
byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va
ijtimoiy nafaqalarning hajmini inflyatsiya sur’atlariga nisbatan jadal miqdorda
bosqichma-bosqich oshirish.
Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo’yicha
to’lovlar sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti
amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to’lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali oladigan pul daromadlari
qo’yidagilardan iborat: sug’urta bo’yicha to’lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va
matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; qo’yilmalar bo’yicha foizlar;
aktsiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom
bo’yicha to’lovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish
natijasida tashkil topadigan vaqtincha bo’sh mablag’lar; har xil turdagi
kompensatsiya to’lovlar va h.k.
O’zbekistonda aholining pul daromadlari tarkibida ijtimoiy transfert
daromadlari 2016 yilda 20,3% ni tashkil qiladi. MDH mamlakatlaridan
ichida faqat Belorussiyada bu ko’rsatkich nisbatan yuqori (18,8%), boshqa
MDX davlatlarida esa u 8% dan oshmaydi.
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun
zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda
kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida
aniqlanadi.
Shu sababli, aholi turmush darajasi va sifatini baholashda aholi jon
boshiga to’g’ri keladigan daromad bilan bir qatorda, ular hayot darajasini
belgilaydigan bir qator muhim ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Bular quyidagilar:
yashash sharoitlari va standartlari;
qulay va zamonaviy uy – joylar bilan ta’minlanganligi;
kishilar yashash muhiti rivojlanganligi va obodonlashtirilganligi;
zaruriy infratuzilma mavjudligi va uning samarasi;
aholining sifatli iste’mol tovarlari, xususan mamlakatda ishlab
chiqarilgan tovarlar bilan ta’minlanganligi;
zamonaviy ta’lim hamda sog’liqni saqlash tizimidan bahramand bo’-
lishi.
Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining daromadlari
darajasiga bog’liq. Turmush darajasini mamlakat ko’lamida butun aholi uchun
va tabaqalashgan mikro darajada aholining alohida guruhi uchun qarab chiqish
mumkin. Birinchi yondashuvda turli mamlakatlarda aholining turmush darajasi
aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha
qiyosiy tahlil qilinadi.
Aholi guruhlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini
taqqoslash, iste’molchilik byudjeti asosida amalga oshiriladi. Qator
iste’molchilik byudjetlari mavjud bo’lib, ulardan o’rtacha oila uchun, yuqori
darajada mo’l-ko’l byudjet, minimal moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafa-
qaxo’rlar va aholining boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad «o’rtacha sinf» deb
ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday guruh
iste’molchilik savati to’plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy
jihozlar, sayr qilish va bolalarni o’qitish imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va
zebu-ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki “boy” qatlami
mavjud bo’lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovarlar xarid
qilishga layoqatli bo’lgan juda oz qatlami kiradi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi
turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo’yicha erishilgan yutuqlar yetakchi
xalqaro tashkilot hamda ekspertlar tomonidan xolisona baholangan. 2012 yilda
Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o’zining
farovonlik va rivojlanish indeksida O’zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida
64 o’ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir.
O’zbekiston ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko’rish davomiyligi,
oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darajasining pastligi, ijtimoiy
infratuzilmadan foydalanish darajasi bo’yicha ham jahon hamjamiyatida havas
qilarli o’rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: