317
13.3.Evropa Ittifoqi tuzilishi sabablari va tarkibi
Evropa Ittifoqining yuzaga kelishi iqtisodiy taraqqiyotda katta ahamiyat kasb
etadi. Bu bir qancha muhim global masalalarni xal qilish bilan yevropa
mamlakatlarining rivojlanishini tezlashtiradi. Chunki bir qancha yig`ilib qolgan
muammolar yechiladi va taraqqiyot uchun zarur imkoniyatlar yiriklashadi va
mamlakatlar birgalikda faoliyat ko`rsatish yevropa salohiyatini yangi yuqori darajaga
ko`taradi.
Ittifoqning yuzaga kelishi mavjud zamonaviy ishlab chiqarishning
baynalminallashuvi bilan milliy davlat chegaralari o`rtasidagi ziddiyatlar natijasi edi.
Bu ayniqsa Ikkinchi Jahon urushidan keyin yaqqol ko`zga tashlanar va kelajak
rivojlanishining zarur shartiga aylangan edi. Bunda birinchi va ikkinchi jahon
urushlarini boshlagan Germaniyaning ahamiyati katta bo`lib, uning taqdiri, qaysi
yo`nalishda tiklanishi, rivojlanish yo`nalishi G`arbiy yevropa uchun, ayniqsa bevosita
qo`shni davlatlar uchun deyarli taqdiriy masala edi.
Bundan tashqari yevropada ikki qarama-qarshi tizimlarning paydo
bo`lganligi, kelajakda yana vayronagarchilik urushlarning oldini olishlik sabablar
birgalikda ish tutishga yo`llar edi. Germaniyaning tiklanishi va bunda AQSHning faol
ishtirok etishi, yevropada o`zining ta’sirini saqlab qolish uchun harakat qilishi ham
birlashuv uchun kurashni kuchaytiradi.
Ikkinchi Jahon urushidan keyin Germaniya ustidan g`alaba qozonilganda
bundagi ikki yetakchi kuch hisoblangan SSSR va AQSH o`rtasida kelishuv bo`lmay,
sovuq urush xolati yuz beradki, yevropada siyosiy muammo kuchayib boradi va
bunda Germaniyani yana bo`lajak urush markaziga aylanish xavfi ham bor edi.
Chunki ikki tomon harbiy harakatni susaytirish o`rniga uni jonlantirishga urunishar
va xattoki bunda qadimgi german vermaxtidan foydalanish xafvi ham yo`q emas edi.
Demak, yeIning iqtisodiy sabablari bilan siyosiy sabablari ham mavjud edi.
Sobiq SSSR rahbariyati o`sha vaqtlarda axvolni yumshatish emas, balki uni
keskinlashtirish choralarini qo`llab, xuddi G`arbiy Germaniyada yuz berayotgan
jarayonlarga javoban harakat qilayotgandek bo`lar edi. 1948 – yilgi Praga talofati,
1949 – yildagi Berlin blokadasi kabilarni unga misol qilib keltirish mumkin.
318
Evropa yetakchi siyosiy va iqtisodiy arboblari uchun bunday xolat keskin
chora ko`rish, salbiy yo`nalishning oldini olish va birlashuvsiz kelajakni to`g`ri
belgilash mumkin emasligi aniq edi. Chunki yevropa o`z manfaatlarini ta’minlashi va
bu SSSR va na AQSH manfaatlaridan farq etishi tushunilayotgan edi.
AQSH va SSSRning yadro hukmronligidagi ulug` davlatlarga aylanishi,
jahonga real hukmronlik qilishi va vaziyatni to`la qo`lga olishlari ham yevropani
bezovlantirar va uni batamom ikkinchi darajali mamlakatlarga aylanib qolishi xavfi
aniq ko`zga tashlanar edi. Bu ikki buyuk davlatlarning global ravishda bir-biriga
qarama-qarshi turishi, dunyoni qayta taqsimlash uchun yirik kurashni boshlab
yuborilganligi va bunga yevropani to`la aralashishi aniq narsa ekanligi, na yevropaga
bunda joy ajratishi na uning jahon strategik manfaatlariga e’tibor berishi
imkoniyatlarining tugalla yo`q qilinayotganligi aniq edi.
Evropa birlashuvi avvalo Fransiya va Germaniya manfaatlariga taalluqli
bo`lgan. Chunki Fransiya tarixan bir necha marta Prussiya va Germaniya tomonidan
tajovuzga uchrab kelgan. 1945 – yildan keyingi AQSH va Angliyaning G`arbiy
Germaniya iqtisodiyotini tiklanishi va armiyasining jonlanishi Fransiyaning
xavotirlanishiga sabab bo`lar edi. Chunki Germaniyaning notinch harakatlari hamisha
iqtisodiy tiklanishdan keyin boshlanar edi.
Bevosita Fransiya uchun 1949 – yilda GFR statusi belgilanishi bilan axvol
ancha og`irlashadi va u ham AQSHga yonbosishi talab etilar edi. Chunki AQSHning
Germaniyani tiklanishi to`g`risidagi talablari Fransiyaning zonasiga taalluqli bo`lib,
ayniqsa bu Rur va Saarga bevosita bog`liq edi. Biroq bu o`zgarishlar G`arbiy
Germaniya tiklanishi, uning tomonidan kelajakda xavf tug`ilmasligi kafolatligi emas
edi.
“Marshall rejasini” G`arbiy yevropaning tiklanishiga olib kelgan tadbir deb
bo`lmaydi. Lekin uning urushdan keyingi dastlabki vazifalarini bajarishda katta
yordam bergan, u hayotiy zaruriy xo`jalik inshootlarini tiklash, aholini oziq-ovqat
bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Lekin urush yillari Germaniya
tomonidan birlashtirilgan yevropa mamlakatlari iqtisodi yana bo`linib, maydalanib
ketgan. Bo`linish eski an’anaviy tarzdagi mayda bir-biriga bog`lanmagan va ajralgan
319
xolda bo`lib, jahon mehnat taqsimoti tamoyillari bo`yicha juda bo`sh bog`langan
iqtisodiyot asosida yuz bergan. Albatta bunday iqtisodiyot samarali darajada
bo`lmagan. Uzoq vaqt tushkunlik xolatida bo`lishi mumkinligi, ishlab chiqarish
quvvatlarining juda past texnik xolatdaligi, eski tuzumiyligi va texnologik
innovatsiyani qabul etmasligi real xolatni belgilab berar edi. Bularni AQSH
korporatsiyalari o`zlariga qo`shib yuborishi xavfi ham mavjud edi. Umumiy xolat
barcha sohada yetishmovchilik bilan tavsiflanar edi.
Talab pasayib borar, narx-navo pasayishi tezlashar va xali sust xoldagi
sanoatga salbiy ta’sir etar edi. Biroz qisqargan ishsizlik yana o`sa boradi.
Chayqovchilik, yashirin iqtisod o`sishi xavfi kuchli bo`lgan. Bularning hammasi
bozor-raqobat munosabatlarini to`la bo`g`ib qo`yish xavfi mavjud bo`lib, aholi
asosan vahimaga tusha boshlagan vaqtni eslatar edi.
Bunday xolatdan chiqish, yevropaning rivoji uchun yangi yo`llanma talab
etilib, avvalo bu iqtisodiy jamlovdan iboratligi yevropa birlashmasini harakatga
keltiruvchi vosita bo`lishi talab etilar edi. Birlashuvga intilish Fransiyadan boshlanib,
Germaniya bilan yaqinlashuv va ular o`rtasida ishonch xosil qilish, mavjud
muammolarni xal qilishda avvalo tarmoqlar asosida, so`ngra sohalar asosida
birgalikda harakat qilishdan boshlanadi. Bunda albatta umumiy manfaatlar asos
bo`lishi talab etilar edi. Buning uchun siyosiy birlik, xavfsizlik choralari, ishonch
tug`diruvchi harakatlar birlashuv tarkibini tashkil etardi. So`ngra bularga boshqa
mamlakatlarning qo`shila borishi, ayniqsa bozor bo`yicha birlashuvning ahamiyati va
bundagi ketma-ket erishilgan muvaffaqiyatlar muhimdir.
Birlashuv faoliyatini sharoit tug`ilishi bilan kengaytirish juda muhim
ahamiyat kasb etardi. Shuning uchun ham ketma-ketlik, asta-sekinlik usuli oqilona
amalga oshirilib, yeI tarkibi kengayib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |