Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 yevro pulining kiritilishi va uning ijobiy tomonlari



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

13.5. yevro pulining kiritilishi va uning ijobiy tomonlari 
EIning eng katta yutuqlaridan biri bir xil pulning yuzaga kelishi va uning 
barcha a’zo mamlakatlar hududida yagona pul birligi sifatida harakatda bo`lishi edi. 
Albatta buning ahamiyati juda katta bo`lib, buning uchun uzoq yo`l bosib o`tilgan va 
ko`p vaqtlardan beri davom etib kelgan hamda katta tayyorgarlik ko`rishni talab 
etgan jarayon edi. Valyuta tizimi yevropa hamkorligi uchun eng muhim sohalardan 
biri bo`lib, birlashuv sohasidagi harakatlar albatta yagona yevropa pulining 
shakllanishiga olib kelishi kerak edi. 
Avvalo yevropa umumiy valyuta birligi bo`lgan ekyu kiritilib, so`ngra 
yevroga o`tiladi. ekyuni yuzaga kelishi uchun bir qancha iqtisodiy birlik tashkilotlari 
tuzilib, umumiy G`arbiy yevropa bozori shakllanishida muhim ishlar amalga oshib
valyuta tizimi uchun zaruriy tayyorgarliklar ko`rilishi bunga sharoit yaratgan edi. 
1974 – yili yevropa kengashi tuzilib, bu davlat boshliqlari darajasida bo`lgan. 1975 – 
yili mintaqaviy rivojlanish fondi tuziladi. 1977 – yildan boshlab G`arbiy yevropa 
sanoat tovarlari umumiy bozori shakllanadi. 1979 – yili yevropa valyuta tizimi 
harakatga kiradi. Bu ishtirokchi mamlakatlar pul birliklarining muntazam valyuta 


324
kursini ta’minlovchi mexanizm hisoblanar edi. Shu yili ekyu paydo bo`lib, u umumiy 
pul birligidan iborat edi.
Evro pulining muomalaga kiritilishi uchun eng boshlang`ich yirik tadbir VTE 
(valyuta tizimi evolyutsiyasi)ning ishlab chiqilishi bo`lgan. Chunki yevro uchun 
sharoitlar evolyusion usul bilan yaratilishi talab etilar edi. VTEga o`tish uchun 
yagona yevropa puli bo`lgan yevroni muomalaga kiritish va yevropa Markaziy 
Bankini tuzishdan iborat edi. Buning uchun avvalo 1989-1980 yillarda VTEning 
qurilish va rivojlanishi strategiyasi ishlab chiqilgan. 
VTEga qo`shiladigan har bir mamlakat quyidagi shartlarni bajarishi zarur 
bo`lgan: 
-VTEga 
kiruvchi 
mamlakatlardagi 
inflyatsiya 
darajasi 
boshqa 
mamlakatlardagi ko`rsatkichga nisbatan 1,5 foizdan yuqori bo`lmasligi;
-foiz birligi 2 foizdan yuqori bo`lmasligi; 
-davlat byudjeti yetishmovchiligi YAIMning 3 foizidan oshmasligi;
-yo`l qo`yiladigan davlat qarzi YAIMning 60 foizidan yuqori bo`lmasligi; 
-ikki yil davomida mamlakat milliy valyutasi devalvatsiya qilinmasligi va 
almashuv kursi valyuta tebranishi yo`l qo`yiladigan darajada bo`lishi. 
VTE qurilishida uch bosqich belgilanadi: 1) 1990 – yil 1 iyul, 1993 – yil 31 
dekabr – yevropa yagona bozori shakllanishini tamomlash va valyuta 
konvergentsiyasi chegaralarini ishlab chiqish; 2) 1994 – yil 1 yanvar, 1998 yil 31 
dekabr – valyuta ittifoqining institusional, ma’muriy va yuridik negizini yaratish; 3) 
1999 – yil 1 yavar, 2002 yil 30 iyul – yagona yevropa valyutasi yevroni bosqichma-
bosqich harakatga kiritish. 
Evroni kiritish ham uch fazadan iborat bo`ladi: 1998 – yili zarur tayyorgarlik 
ishlarini bajarish; 1999-2001 yillar muomalaga yevroni o`zisiz kiritish va jahon 
moliya bozorida yevro asosidagi harakatlarni amalga oshirish; 2002 – yili yevroni 
chop etish va milliy valyutalar qatorida muomalga kiritib, 2002 – yil 1-iyulgacha 
barcha milliy valyutalarni yevroga almashtirish.
Evropada yagona valyuta tizimining amalga oshuvi va yevroning pul birligi 
sifatida katta iqtisodiy hududda muomalaga kiritish yirik ustunliklarni tug`diradi. 


325
yevro yirik kuchli pulga aylanish va dollarning real raqobati bo`lishi kutiladi. U shu 
bilan birga valyuta xatarligini qisqartiradi va valyutalar almashuvi bilan bog`liq 
bo`lgan xarajatlarni kamaytiradi. Birinchi bosqichda yevro 11 ta mamlakatda 
muomalaga kiritiladi, so`ngra bularning soni ortib boradi. Iqtisodchilar yeIga 
qo`shilgan 11 mamlakatda pul almashtirishni sinovdan o`tkazib, boshlang`ichdagi 
1000 dollar provardida 500 dollar bo`lib qaytganini ta’kidlaydilar. yevro kiritilishi 
bilan bu xarajatlar minimumlashadi. 
Bundan tashqari yevro shu mamlakatlarni qudratli bozorga birlashtiradi va o`z 
iqtisodiy salohiyati bo`yicha AQSH bilan har tomonlama raqobatbardoshga 
aylantiradi. Raqobatbardoshlikda kompaniyalar, fuqarolar imkoniyatini ko`taradi. 
yevropada yirik xajmda qo`shilish, birlashish jarayoni davom etmoqda. Bular yevro 
vositasi bilan juda arzonga tushadi, chunki bu jarayonlarni moliyalashtirish 
soddalashtirilib yengillashtiriladi. Endi G`arbiy yevropaliklar uchun boshqa 
mamlakatlarga borsa valyuta konversiyalash va u yerlarda tovar sotib olishning 
zaruriyati bo`lmaydi.
Bundagi eng qiziq tomoni yevroning dollarga nisbatan yuzaga keladigan kurs 
darajasi qanday holatda bo`lishidir. Boshida yevro dollarning hokimiyatiga qanday 
ta’sir ko`rsatadi, kuchli valyuta aylana oladimi deb o`ylangan. Lekin 1999 – yilning 
yarmida aksincha uning dollar paritetigacha pasayishi yuz beradi. Bu yevro avvalo 
o`z ishonchini to`la oqlay olmagan bo`lsa, shu bilan birga yevroning pasayishi 
yevropa uchun foydali bo`ladi. yevroning silliq pasayishi AQSHga eksportni 
taqdirlaydi va yevropa eksporti foydasiga xizmat qiladi.
Evro integratsiya rivoji va yagona bozorning yuzaga kelishi bilan birga 
yevropada ilgari hech bo`lmagan darajada davlat tartiblashtiruvining keskin 
qisqarishi va iqtisodiyotning tuzumiy o`zgarishiga olib keladi. Bu albatta 
yevropaning AQSH kabi iqtisodiy salohiyat darajasiga yetkazishi bilan uning 
kapitalizm rivoji modeliga o`xshatadi. Bir qutbli global tizim ham o`zgarib, ikki 
qutblilikka aylanishi mumkin. 
VTE yevroning kiritilishi bilan birga bank tizimida ham katta o`zgarishlarga 
olib keladi. yevropada baholar muntazamligini ta’minlash, umumiy kredit-pul 


326
siyosatini qo`llash maqsadida yevropa Markaziy banki va milliy markaziy 
banklarning mustaqilligi to`g`risida kelishiladi. Shu bilan G`arbiy yevropada valyuta-
pul tizimi reallashadi. Yaponiyaning bir qancha iqtisodiy susayishi bilan yeI va 
AQSH, demak dollar va yevro o`rtasidagi munosabatlar kelajagi aktuallashadi.
Hozirgi vaqtga kelib yevro dollarga nisbatan qudratliroq bo`lmoqda va o`z 
kursini ko`tarib, obro`si va ta’sirini kuchaytirmoqda. yevro ham bir qancha 
muammolarga ega. Chukni uning qadrini saqlab qolish oson emas, u o`ziga xos 
xususiyatlarga ega. yevro mamlakatlararo valyuta bo`lgani uchun markaziy byudjetga 
ega emas va yeIda turli soliq tizimlari mavjud, byudjet xarajatlari turli xilda. Ish 
kuchi safarbarligi mamlakatlar o`rtasida faol darajada emas, nafaqalar tizimi ham 
turlicha va hk. Lekin aytish mumkinki, bu va bunga o`xshash muammo va masalalar 
o`z yechimini topishi kerak va albatta o`z hosilini beradi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish