Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Janubiy Koreyada bozor iqtisodiyoti rivoji



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

10.2. Janubiy Koreyada bozor iqtisodiyoti rivoji 
Yangi industrial mamlakatlar ichida eng baquvvati Janubiy Koreya 
Respublikasidir. YAIM bo`yicha dunyoda o`ninchi o`rinda turadi. Aholi jon boshiga 
YAIM 15 ming dollardan ko`proq to`g`ri keladi. Ilm sig`imli mahsulotlar yetishtirish 
bo`yicha dunyoda yetakchi o`rinlardan birini egallaydi, sun’iy yo`ldosh uchirgan 
mamlakatlardan biri bo`lib hisoblanadi. 1999-2003 yillar ichida ta’lim va 
texnologiya, ilm sig`imli sanoat markazlarini tashkil etish kabilarga 110 mlrd. doll. 
sarf qilingan . 
Rivojlanish strategiyasining muhim tomoni tuzumiy siyosatdir. Bunda turli 
tarmoqlar va ishlab chiqarishning rivojlanish maqsadiga muvofiqligi tuzumiy 
o`zgarishlarning ketma-ket ravishda amalga oshirilishi, xarajatlar va natijalarni 
nazorat 
qilish 
amalga 
oshirilgan. 
70 
– 
yillargacha 
tuzumiy 
siyosat 
makroiqtisodiyotning shakllanishiga qaratilgan edi. Agrar islohatlar va sanoat 
hissasini o`stirishga aloxida e’tibor berilgan. Iqtisodiyotning tuzumiy o`zgarib borishi 
tufayli sanoatda bir qancha siljishlar yuz beradi. Asosan bu industrial negizda amalga 
osha boshlaydi. Bundan oldin industriya ahamiyatli bo`lmay, xizmat ko`rsatish 
sohasi, nomoddiy ishlab chiqarish asos bo`lgan. 


254
Shunday qilib, iqtisodiyotdagi tuzumiy o`zgarishning asosiy bosqichi va 
uning o`z o`sishini ta’minlashga asoslanishi industrlashtirishdan iborat bo`ladi. 
Bunda faqat sanoat tarmoqlarida mashina texnikasiga o`tish bilan chegaralanmay, 
qishloq xo`jaligini qayta qurish, uni sifat jixatidan yangi rivojlanish bosqichiga o`tish 
hamda zamonaviy infratuzilmalarni paydo qilishdan iborat bo`lgan. 
Iqtisodiy tartiblashtirishda asosan Yaponiyadan o`rnak olingan va bunda 
Janubiy Koreya Respublikasi ayniqsa ajralib turgan. Bunda iqtisodiy siyosatni asosan 
sanoat va savdo, moliya, ta’lim, mudofaa, fan va texnika vazirliklari olib borgan. 
Bularning birgalikdagi faoliyatlarini ta’minlashni iqtisodiy rejalashtirish Kengashi 
boshqargan. Yaponiyada esa bunday tashkilot Iqtisodiy rivojlanish agentligi deb 
atalar edi. 
Biznes va davlatning o`zaro harakati indikativ rejalashtirish tamoyili asosida 
olib borilgan. Masalan, Koreyada to`rtinchi 
besh yillik rejani tuzishda asosan Koreya 
rivojlanish instituti olimlari ishtirok etgan. 
Oltinchi to`rt yillik rejalar asosan sanoat va 
infratuzilmalar 
ob’ektlarining 
loyixalarini 
tuzish bilan chegaralansa, keyingi yillarda 
ancha murakkablashgan yirik makroiqtisodiy 
modellar tuzila boshlagan. 
Dasturlarni 
tuzish 
va 
amalga 
oshirishning yuzaga kelgan tizimi davlat va 
biznesning o`zaro harakat tizimini tashkil etib, 
bunda sheriklar va qo`llaniladigan usullar 
ahamiyatlidir. Janubiy Koreya Respublikasida 
biznesga ta’sir ko`rsatuvchi o`z usulllari ishlab 
chiqilgan. 
Bunda 
davlat 
tartiblashtirish 
usullarining standartli yig`ini asos hisoblanadi, qaysiki soliq va kredit-pul, savdo va 
valyuta siyosati, shuningdek jamg`arilgan resurslarni joylashtirishga undash 
maqsadida biznesga ta’chir o`tkazish choralar tizimidan iborat. Sanoatni 
O`zb
е
kist
о

R
е
spublik
а
si 
Pr
е
zid
е
nti I.
А
.
Ка
rim
о
vning 1992 yil 
iyun, 1995 yil f
е
vr
а
l, shuningd
е
k, 1999 
yild
а
Ко
r
е
ya R
е
spublik
а
sig
а
t
а
shrif 
ch
о
g`id
а
1994 yilning iyunid
а
es
а
Ко
r
е
ya R
е
spublik
а
si Pr
е
zid
е
nti 
К
im 
Е

S
а
nning 
O`zb
е
kist
о
ng
а
r
а
smiy 
t
а
shrifl
а
ri 
ch
о
g`id
а
m
а
ml
а
k
а
tl
а

o`rt
а
sid
а
o`z
а
r
о
s
а
vd
о
- iqtis
о
diy
mun
о
s
а
b
а
tl
а
rini 
riv
о
jl
а
nishi 
uchun 
huquqiy 
а
s
о

qo`yildi 
v
а
h
а
mk
о
rlikning 
а
s
о
siy 
yo`n
а
lishl
а
ri 
b
е
lgil
а

о
lindi. O`zb
е
kist
о
n v
а
Ко
r
е
ya 
R
е
spublik
а
si 
o`rt
а
sid
а
“S
а
vd
о
to`g`risid
а
”, “Inv
е
stitsiyal
а
rni o`z
а
r
о
him
о
yal
а
sh v
а
k
е
ng
а
ytirish to`g`risid
а
” 
k
а
bi 
bir 
q
а
t
о

s
а
vd
о
-iqtis
о
diy, 
inv
е
stitsi
о
n v
а
ilmiy-t
ех
nik
а
viy bitiml
а

imz
о
l
а
ndi. H
о
zirgi kund
а
O`zb
е
kist
о

v
а
Ко
r
е
ya 
R
е
spublik
а
si 
o`rt
а
sid
а
х
uquqiy-sh
а
rtn
о
m
а
viy 
а
s
о
sg
а
eg
а
bo`lg
а
n 22 t
а
d
а

о
rtiq hukum
а
tl
а
r
а
r
о
sh
а
rtn
о
m
а
v
а
hujj
а
tl
а
r imz
о
l
а
ng
а
n.


255
rag`batlantirishning iqtisodiy siyosati importning o`rnini bosuvchi va eksportga 
mo`ljallangan industriallashtirish strategiyasiga asoslangan. Buning sababi xususiy 
kapitalga yordam qilish, chet firmalar raqobatidan himoyalash, to`lov balansidagi 
yetishmovchilikning oldini olish kabilardir. Avvalo bu iste’mol buyumlari ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlardan boshlangan. Industriallashtirish chuqurlashib borishi bilan 
importning o`rnini bosish, kimyo va neftni qayta ishlash, qora metallar, mashina va 
jixozlar komponentlari kabilarda ham qo`llanila boshlaydi. 
Importning o`rnini bosish siyosatini amalga oshirishda qayta taqsimlash 
jarayoni ishlatilgan. Bunda qishloq xo`jaligi va qazib olish sanoati, savdo 
sharoitlarini sanoat foydasiga o`zgartirish, chet kapitalini bunga qaratish usullari 
qo`llanilgan. Ikki xil nazorat ishlatilgan: savdo va valyuta usullari. Import qilinadigan 
tovarlarga nisbatan milliy valyuta kursining sun’iy ko`tarish yo`li bilan narxi 
oshirilgan.
Davlatning iqtisodiyotdagi aralashuvi ham o`ziga xosdir. Koreyada u 
faoliyatlidir. Bu tartiblashtirishda, tadbirkorlikni qo`llab-quuvatlashda o`z aksini 
topadi. 80-90 yillarda ishlab chiqarish quvvatlariga munosabat o`ziga e’tiborni 
tortadi. 80 – yillar oxiri va 90 – yillar boshida ba’zi tarmoqlarda ortiqcha ishlab 
chiqarish quvvatlari paydo bo`ladi va bularni ishdan to`xtatish ma’qul topiladi. Bular 
asosan elektronika sanoati, mineral o`g`itlar ishlab chiqarish va boshqalardan iborat 
edi. Buning uchun maxsus depressiv kartellar tuziladi. Kartellar hukumat qo`llashi 
tufayli mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish va korxonalarda eng samarali 
bo`limlarni saqlab qolish to`g`risida o`z xohishlari bo`yicha kelishadilar. Shu bilan 
birga ortiqcha quvvatlarni sotish yoki yo`nalishini o`zgartirish to`g`risida ham 
ihtiyoriylikka kelishilinadi. Depressiv kartellarning faoliyatini tijoriy banklar 
hukumat kafolatligi asosida moliyalashtiradi. Ortiqcha quvvatlarni yo`q qilishda 
yangi ish joylarining manbai bo`lib kichik biznes xizmat qiladi. 
Kichik biznes bozor iqtisodiyoti uchun tizimlashtiruvchi omil bo`lib 
hisoblanadi. Bu sektorga 100 nafargacha band bo`lgan mayda va o`rta korxonalar 
kiradi. Yirik korxonalarning o`zgarishi ham o`z xususiyatiga ega. Agar 1963 – yilda 
100 kishigacha band bo`lgan korxonalar Janubiy Koreada 1,9 foizni tashkil etgan 


256
bo`lsa, 1976 - yilga kelib ular, barcha korxonalar ichida 12 foizga yetdi. Yirik 
korxonalarning yetishtirgan mahsuloti xajmi esa shu yili 86 foizgacha ko`paygan. 
Bunday harakat keyingi yillarda ham davom etgan.
Iqtisodiyotda erkinlikka yo`l berish va davlat aralashuvini qisqartirish 
yo`nalishi asosan 80-yillarda boshlanadi. Bunda aksiyalarni ochiq sotish, davlat 
korxonalarini 
boshqarishning 
xususiylashtirish, 
ijara, 
oldindan 
belgilangan 
insestorlarga aksiyalarni sotish, korxonalarni maydalash, davlat korxonalariga 
xususiy investitsiyalarni kiritish, davlat mulkini auksion tarzda sotish, korxonalarni 
o`z boshqaruvchisi yoki boshqa xodimlari tomonidan sotib olishi keng ko`lam ola 
boshlaydi. 
Avvalo korxonalarni sotish qimmmatga tushib, byudjetga foydali bo`lmay 
kelgan. Ikkinchi tomondan xususiylashtirilgan korxonalar ichida monopollashuvni 
rag`batlantirgan. 
Janubiy Koreada qisman xususiylashtirish muvaffaqiyatli bo`lib, bunda 
assoan aksiyalar ko`pchilikka sotilgan. Shu bilan birga oldindan norentabelligi aniq 
bo`lgan korxonalar qurilishi to`xtatilgan. Xususiylashtirishda chet kapitalining 
qatnashuvida moslashuvchanlik usullarini ishlatish qo`l kelgan.
Tashqi savdoda rivojlangan mamlakatlar bozoriga chiqish ahamiyatlidir. Shu 
bilan birga bu mamlakatlarning Janubiy Korea bozorlariga mahsulot chiqarishni 
ko`paytirish ikki tomonlama foydalidir. Chunki rivojlangan mamlakatlarning Janubiy 
Korea kabi mamlakatlarga nisbatan proteksionizm siyosatini qo`llash umumiy 
rivojlanishga salbiy ta’sir etadi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish