Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


Tayvan va Gonkong bozor rivoji tajribasi



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

10.4.Tayvan va Gonkong bozor rivoji tajribasi 
Tayvan va Gonkong asli Xitoy yerlari. Tayvan Xitoy Xalq Respublikasi 
(XXR) yuzaga kelishi bilan Chankayshi boshliq oldingi Xitoy hukumati bu orolga 
joylashib, mustaqil davlatga aylangan. Gonkong esa Buyuk Britaniya mustamlakasi 
sifatida ajralib qolgan va hozir esa XXR yerida, biroq ma’lum vaqtgacha 
avtonomiyalik saqlanib qolgan, asta sekin to`la qo`shilishi ko`zda tutilgan.
Tayvan va Gonkong haqiqiy rivojlangan 
bozor iqtisodiyotiga ega. Bularning, ayniqsa 
Gonkongning 
jahon 
bilan 
Xitoyni 
iqtisodiy 
bog`lashda o`rni katta va katta xajmdagi Xitoy 
G
о
ngk
о
ng 
Та
shqi q
а
rz (yalpi ichki 
m
ах
sul
о
tg
а
nisb
а
t
а
n, %): 224,7% 
Yalpi t
а
shqi q
а
rz miqd
о
ri: 678,29 
mlrd. $ 
Yalpi ichki m
ах
sul
о
t (2009): 
301,8 mlrd. $ 
К
ishi b
о
shig
а
to`g`ri k
е
luvchi 
t
а
shqi q
а
rz miqd
о
ri: 96 142 $


258
tovarlari shular orqali jahon bozorlariga chiqadi. Bular yirik moliya markaziga 
aylangan. Tashqi iqtisodiy aloqalarda bularninng o`rni katta. 
Gonkong iqtisodiyotining ochiqlik darajasi juda yuqori va jahon uchun har 
tomonlama ochiq Xitoy xududi hisoblanadi. Chunki iqtisodiy faoliyat uchun dunyo 
mamlakatlariga to`siqlik yo`q va iqtisodiy harakatlar chegaralanmaydi, keng xajmda 
turli tarzdagi moliyaviy, savdo, investitsiyalarga to`la yo`l ochiq va erkinlik mavjud.
Xitoy Xalq Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalari uchun amaliy pog`ona 
bo`lib, katta xajmdagi iqtisodiy harakatlar Gonkong orqali amalga oshiriladi hamda 
yirik vositachilik vazifalarini bajaradi. XXR eksport va importlarida o`rni katta. 
YAIM asosan xizmat ko`rsatishdan iborat bo`lib, 81 foizni tashkil etsa, sanoat va 
qishloq xo`jaligi 19 foizdangina iborat. Orol bo`lganligi tufayli dengiz portlari rivoji 
uchun imkoniyat katta. Xalqaro darajadagi aeroportlarga ega. Tayvan juda tez 
rivojlanib, yirik iqtisodiy muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi va asosiy iqtisodiy 
ko`rsatkichlar bo`yicha rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olgan.
Gonkong aholisi 7 mln. kishidan iborat, umr ko`rishi o`rtacha 80 yosh (bu 
Shve
ц
ariya bilan teng), YAIM 174 mln. dollar, YAIM jon boshiga 25,6 ming 
dollarga to`g`ri keladi. Tayvan ham juda tez rivojlanib, yirik iqtisodiy 
muvaffaqiyatlarni egalladi. YAIM 90 mlrd. doll., aholi jon boshiga 15,0 ming dollar 
to`g`ri keladi. Juda yirik eksportyor mamlakatlardan hisoblanib dunyoda birinchi 
o`nliklar qatoridan o`rin egallaydi. Valyuta zaxirasi bo`yicha dunyoda Xitoy va 
Yaponiyadan keyingi uchinchi o`rinda turadi. Eksportning 90 foizi sanoat mollariga 
to`g`ri keladi, YAIM tarkibini olsak, qishloq xo`jalik mahsulotlari faqat 3,5 foiz 
bo`lsa, sanoat mahsulotlari 40 foizni tashkil etadi.
Tayvan sanoati eksportga mo`ljallangan bo`lib, asosan to`qimachilik, kiyim-
kechak, elektronika, kimyo buyumlari ishlab chiqariladi. Iqtisodiyotda davlat sektori 
ancha ta’sirli hisoblanib, sanoatni 1/6 qismini tashkil etadi, tovar aylanishning esa 50 
foizini tashkil etadi.
Tayvan bozor iqtisodiyoti rivojlanishda ochiqlik siyosati ijobiy o`rinni 
egallab, jarayonni tezlashtirgan. Ayniqsa, bunda AQSHning roli kattadir. Bu albatta 
AQSHning XXRga qarshi siyosati bilan bog`langan bo`lib, Tayvanning kuchli 


259
bo`lishida manfaatdor bo`lgan. Shuning uchun Tayvan rivojlanishi uchun AQSH har 
tomonlama qo`llab-quvvatlab, barcha chora-tadbirlarni ayamagan va tez vaqt ichida 
XXRga qarshi rivojlangan mamlakatga aylanishga erishgan. Tayvan o`z taraqqiyoti 
yillari avvalo iqtisodiy tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshirib, bunda murakkab 
texnologiyali tarmoqlarga asosiy ahamiyat qaratilgan. Bu esa birinchi navbatda ish 
kuchining yuqori malakali bo`lishini talab etgan. Yangi tarmoqlar ichida ilm sig`imli 
va katta kapital xarajatlari talab etadiganlari tezroq rivojlangan. 
Eksportga qaratilgan tarmoqlarga diqqat-e’tibor kuchliligi natijasida Tayvan 
Osiyoda birinchi bo`lib kapitalni netto-eksportyori darajasiga erishgan. Ayniqsa 
“inson kapitali” aloxida o`rin egallaydi. Bu esa Tayvanda ta’lim siyosatiga katta ta’sir 
ko`rsatadi. Ta’lim, fan, madaniyat rivoji uchun davlat xarajatlarining 15-20 foizi 
sarflanadi. Bu esa YAIMning 3-5 foizini tashkil etadi. Aholini boshlang`ich va o`rta 
ta’limga tortilishi bo`yicha Tayvan rivojlangan mamlakatlardan qolishmaydi. Oliy 
ta’lim darajasi bo`yicha liderlar qatoridadir. 
Import o`rnini bosish yo`nalishi iqtisodiy taraqqiyotda qolgan yangi industrial 
mamlakatlari qatori sinov bosqichi bo`lgan. Buning sababi xususiy sektorga yordam 
berish deb ataladi. Chunki tashqi firmalar raqobatiga qarshi tura olish zarurati tug`ilar 
edi. Bundan tashqari to`lov balanslaridagi yetishmovchilikning oldini olish talab 
etilar edi. Chunki xomashyoga narxning pasayishi, import qilinadigan tayyor 
buyumlarga narxning ko`tarilishi kabilar doimo shunday xolatlarga olib keladi. 
Avvalo bunday vaziyat oziq-ovqat, poyabzal, to`qimachilik kabi tarmoqlarda 
yuz bersa, so`ngra industriallashtirish kengayishi bilan ishlab chiqarishga atalgan 
tovarlar bilan bog`liq bo`lib boradi.
Valyuta kursini o`zgartirib turish ham keng qo`llanilib boriladi, xatto 
provardida bu milliy valyutaning devalvatsiya qilinishigacha olib keladi. Valyuta 
kursining tez-tez o`zgarib turishi va ularning turli xilligi chayqovchilikning avj olishi 
va chet iqtisodiy aloqalar ishtirokchilariga muammolar tug`diradi. Tayvanda o`z 
vaqtida hatto turli tovarlar uchun turli xil valyuta kurslari bo`lib, pullarning 
almashtirilishida turli kurslar bilan amalga oshirilgan. Aytaylik, davlat sektori import 
qiladigan tovarlarni olish uchun sarf etiladigan valyuta maxsus joriy past darajali 


260
valyuta kursi bo`yicha amalga oshirilar edi. Shuningdek jixozlar, muhim xomashyo 
materiallari va o`rtalik buyumlari ham shu tarzda yuz bergan. Boshqa tovarlar uchun 
esa ancha yuqori kurs bo`yicha amalga oshirilgan. Bunda importga qo`shimcha soliq 
qo`yish qo`llanilgan. Ko`rinib turibdiki, import o`rnini bosish siyosati valyuta 
nazorati asosida emas, balki yuqori samarali bo`lgan tashqi savdo harakatlarini 
tartiblashtirish, birinchi navbatda importni litsenziyalash, kvotalash va boj 
proteksionizmini qo`llash orqali amalga oshirilgan. 
Bu siyosatda shuningdek, xomashyolar va pul resurslarini taqsimlash tizimlari 
ham qo`llanilgan. Masalan, Tayvan to`qimachilik ishlab chiqarish Kengashi 
to`qimachilik sanoatini zarur xomashyo va boshqa resurslar bilan ta’minlash yo`li 
bilan qo`llab turilgan. Bu ayniqsa AQSH yordamidagi kanallardan foydalanishga 
taalluqli edi. 
Rivojlanish strategiyasini o`zgartirish eksport mo`ljalini kuchaytirish bilan 
to`g`ri keladi. Bunda boshqa shunga o`xshash mamlakatlar kabi ko`p mehnat sig`imli 
tarmoqlardan kapital xajmli va ilm sig`imli tarmoqlarga o`tish ham turtki bo`lgan. 
Aniqrog`i neft mahsulotlari narxlari ko`tarilishi tufayli ishlov berish sanoati 
tarmoqlarini rivojlantirish va bu bilan bog`liq bo`lgan jihozlarga talab o`sishi ro`y 
beradi. Ilm sig`imli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishini ko`paytirish 
ITIKI xarajatlarining o`sishi tufayli bu bilan bog`liq tashkilot, muassasalarning 
rivojiga olib keladi.
Tayvanda agrar islohatlar ham o`z xususiyatiga ega. Bu asosan 1949-1953 
yillardagi o`zgarishlardan iborat. Industriallashtirishning boshlang`ich yillarida 
sanoatga qishloq xo`jaligidan resurslarning tashlanishi davlatning agrar mahsulotlarni 
eksport qilish asosiy hisoblangan. “Yashirin guruch solig`i”, fermerlarning pul 
jamg`armalarini kredit-moliya tizimi sanoatga qaratish orqali amalga oshirilgan. Shu 
bilan birga yirik xususiy va davlat yer egaligidan ancha mahsuldor bo`lgan mayda 
oilaviy yer egaligi tizimiga o`tila boshladi. Bunda yirik yer egalariga to`lov miqdori 
2,5 yillik xosil qiymatidan oshmagan. Shu bilan birga to`lovning 70 foizi guruch 
bilan va 30 foizi davlat sanoat korxonalarining aksiyalari bilan qoplangan. 


261
Amalga oshirilgan agrar islohatlar ko`p masalalarni xal qilishga qaratilgan. 
Bularning ichida davlat byudjetini to`ldirish, yer egaligining mahsuldor shaklini 
tadbiq qilish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilishini maydalash, qishloq xo`jaligini 
diversifikatsiyalash, monoekinchilikning oldini olish, agrar ishsizlikning bir muncha 
yumshatish kabilar mavjud. 
Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi eng og`ir muammolardan biri 
dasturlarni resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir. Albatta tuzumiy o`zgarishlar va 
modernizatsiyani amalga oshirish davrida moliyalashtirish faqat ichki manbaalar 
bilan chegaralanmagan. Chet kapitalni iqtisodiy taraqqiyotga jalb etish zarur shart 
bo`lgan. Ichki jamg`armaning qanchalik katta bo`lishiga qaramay, ayniqsa 70-80 
yillari yangi tarmoqlarga chet investitsiyasi jalb etilib, bu hozirgacha davom etadi. 
Yangi investitsiya nomini olgan moliyalashtirish kengaya boradi. Bu aralash 
tadbirkorlik, moliyalashtirishning turli xillarini qo`llash, texnologiyalarni o`tkazish 
xizmatlari, boshqaruv va maslahat xizmatlari, qurilish va jixozlarni o`rnatish bilan 
bog`liq texnik xizmatlarni tashkil etish kabilardan iborat. Chet banklar kreditlaridan 
foydalaniladi.
80 – yillarnng ikkinchi yarmiga kelib Tayvan dunyodagi eng boy 
mamlakatlardan biri hisoblana boshladi. Hozirgi vaqtda uning oltin-pul zahirasi 100 
mlrd. dollardan ko`p hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida davlatning o`rni va sektori davr talabiga qarab 
o`zgarib turgan. Industriallashtirishning dastlabki yillari Tayvanda davlat sektori 
sanoatda 57 foizni tashkil etib, 50 – yillardan boshlab xususiy sektorga berila 
boshlaydi. Aytaylik, 
ц
ement, ko`mir qazish, qog`oz ishlab chiqarish korxonalari, 
o`rmon sanoati korxonalari qa qishloq xo`jalik korporatsiyalari shular jumlasidandir. 
Xususiy tadbirkorlarda kapital yetishmovchiligi va xususiylashtiriladigan korxonalar 
daromadi pastligi sababli davlat bularga xaridorlar topishda qiyinchiliklarga duch 
kelar edi. Davlat ihtiyorida temir yo`l, kemasozlik, temi rva po`lat ishlab chiqarish, 
kommunal sohalar saqlanib qoladi. Keyingi 20 yil ichida xususiy sektor juda tezlik 
bilan o`sib, davlat sektori 20 foizga tushib qoldi. So`ngra yangi po`lat quyish zavodi, 
eng yirik dengiz porti qurilishi bilan davlat mulki yana biroz o`sdi.


262
Tayvan orolidagi kichik biznesning rivojlanishi boshqa bunga o`xshash 
mamlakatlar uchun namuna bo`lishi mumkin. Tayvanning mayda va o`rta 
korxonalarga bo`lgan maxsus sharoitlariga hunar korxonalari va ishlov beruvchi 
hamda mahsulotni qayta ishlash korxonalarini qo`shish mumkin. Bundagi o`z xususiy 
kapitali 40 mln. va qo`shma aktiv 120 mln. tayvan dollaridan oshmasligi va tog` 
qazilma sanoatida 40 mln. tayvan dollaridan kam o`z kapitaliga egalik, shuningdek, 
eksport-import, transport hamda boshqa tijorat firmalarida yillik aylanish 40 mln. 
tayvan dollari xajmida bo`lgan xususiy korxonalar mavjud. Mayda biznes va bularni 
qo`llash uchun tuzilgan davlat organlari o`rtasidagi barcha munosabatlar ihtiyoriy 
ravishda amalga oshadi.
Mayda biznes rivojini rag`batlantirishga qaratilgan Tayvan davlat faol siyosati 
60 – yillarning o`rasidan boshlanadi. Bu bundan keyingi yillarda eksportni 
kuchaytirish bilan bog`liq xolda olib borilgan. 60-90 yillar ichida kichik va o`rta 
korxonalar soni xatto 98 foizgacha o`sgan va YAIM xajmining 99 foizigacha yetgan. 
Tayvan sanoat mahsulotlari eksportining 60 foizi kichik va o`rta korxonalarga to`g`ri 
kelib, o`z tushumlarining 70 foizigachasining hisobida bo`lgan. 
Eksportga mo`ljallangan Tayvan mayda va o`rta korxonalarining yuqori 
rentabelligining siri chaqqonlik bilan bozor siyosatini qo`llay bilishi, o`zgaruvchan 
bozor kon’yunkturasiga tez moslasha olishi, xalqaro savdo kompaniyalari va chet 
importchilar bilan birga ish tutishlari kabilardadir. 
Mayda va o`rta korxonalarning tashkiliy tuzumi juda oddiy bo`lib, xodimlar 
soni faqat boshliq va hisobchidan iborat bo`ladi. Maxsus organlar, murakkab 
boshqaruv tuzilmalari bo`lmaydi. Menejerlikda qisqa muataxassislikka emas, balki 
universalizmga asoslanadi. Mayda va o`rta korxonalardagi ijtimoiy himoyalash katta 
biznesdan farqlanmaydi va ish beruvchi bilan yollanuvchilar o`rtasidagi munosabatlar 
qonuniylik asosida olib boriladi. 
Yuzaga keladigan kichik biznesdagi qiyinchiliklarni xal qilish bilan maxsus 
tuzilgan mayda va o`rta biznes boshqarmasi shug`ullanadi. Bunda tez-tez maslahatlar 
berish, maslahatchilarni taklif etish, seminarlar o`tkazish, tajribalar almashish kabilar 
ham qo`llaniladi. Ayniqsa, yosh ish boshlovchi tadbirkorlarga yordam qilishi 


263
diqqatga sazovordir. Bular uchun aloxida yoshlar komissiyasi tuzilgan. Keng 
miqyosda bularga moliyaviy yordam uyushtirilgan. Bunga qaratilgan maxsus kichik 
biznes banki ta’sis etilgan. Xattoki mayda va o`rta biznesning kredit – kafolat fondi 
tashkil etilgan. 
Bundagi xususiyat yana shundan iboratki, ko`pchilik mayda biznesda 
oilaviylik hukmronlik qilib, bunday korxona boshida oila boshlig`i turadi va 
qarindoshchilik munosabatlari kuchga ega bo`ladi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish