Farmokognoziya oxiri p65


Mahsulotning tashqi ko‘rinishi



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet160/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot maydalab
qirqilgan meva va urug‘dan iborat. Urug‘ qiyshiq, buyraksimon,
qirrasida egri-bugri o‘simtalari bo‘lib, ustki tomoni mayda chu-
qurchali, xira, kulrang-qo‘ng‘ir yoki och sariq, uzunligi 4—
5 mm, eni 3,5—4 mm, qalinligi 1—1,5 mm. Urug‘i hidsiz,
sho‘rtang mazasi bor.
Maydalab qirqilgan meva shakli va ko‘rinishi har xil qo‘n-
g‘ir-yashil bo‘lakchalardan iborat. Urug‘ o‘rni oqish-sariq, ustki
tomoni g‘ovak, so‘rg‘ichlar bilan qoplangan. Meva po‘stida
o‘tkir uchli, ingichka, juda ko‘p tikanlar bo‘ladi. Kosachabar-
gining asos qismi hamda meva bandi sertuk. Mevasining o‘tkir
narkotik hidi bor.
Kimyoviy tarkibi.
O‘simlikning hamma qismida (bargida
0,23—0,39%, poyasida 0,15—0,24%, ildizida 0,21—0,46%, me-
vasida 0,76-0,83%, urug‘ida 0,83%) alkaloidlar bo‘ladi. Asosiy
alkaloidi skopolamin. Meva tarkibida 0,38—0,55% va urug‘ida
0,31—0,77% skopolamin bor.
Ishlatilishi.
Meva va urug‘dan skopolamin olinadi. Skopola-
min markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta’sirga ega (at-
ropindan farqi). Shuning uchun skopolamin gidrobromid ba’zan
xirurgik operatsiyadan oldin markaziy nerv sistemasini tinch-
lantirish uchun morfinga qo‘shib, teri ostiga yuboriladi.
Bundan tashqari, asab kasalliklarini davolashda, shu-
ningdek, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda tinchlanti-
ruvchi, qusishni to‘xtatuvchi vosita sifatida (aeron tarkibida)
qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari.
Skopolamin gidrobromid.


185
TARKIBIDA IZOXINOLIN HOSILASIGA KIRUVCHI
ALKALOIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR
QONCHO‘P YERUSTKI QISMI – HERBA CHELIDONII
O‘simlikning nomi.
Katta qoncho‘p — Chelidonium majus
L., ko‘knordoshlar — Papaveraceae oilasiga kiradi (40-rangli
rasm).
Ko‘p yillik, bo‘yi 30—100 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik.
Ildizpoyasi ko‘p boshli va kalta. Poyasi tik o‘suvchi, yuqori
qismi shoxlangan. Bargi oddiy, yupqa, mo‘rt, 3—5 bo‘lakka
chuqur patsimon qirqilgan, ildizoldi va poyaning pastki qis-
midagilari bandli, yuqori qismidagilari esa bandsiz, poyada
ketma-ket o‘rnashgan. Och sariq gullari poya va shoxlari uchida
4—8 tagacha bo‘lib, oddiy soyabonni tashkil etadi. Kosachabargi
ikkita, gullaganda tushib ketadi, tojbargi 4 ta. Mevasi — ko‘p
urug‘li, pishganda ochiladigan ikki xonali ko‘sakcha. Urug‘i
tuxumsimon, qora, eshkaksimon dumchali.
O‘simlikning hamma qismida to‘q sariq sut-shira bor.
Qoncho‘p may oyi oxiridan boshlab sentabrgacha gullaydi,
mevasi iyun oyidan pisha boshlaydi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish