V a t antar I x I


«Milliy istiqlol» tashkiloti



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

«Milliy istiqlol» tashkiloti.
1925 yilda Munavvar Qori tashabbusi bilan «Birlik 
ittihod», «Ittixodi milliy», «Milliy istiqlol» dеgan nom bilan qayta tashkil etiladi. Bu 
tashkilotning tuzilishiga O’zbеkiston Sovet Sotsialistik Rеspublikasining tashkil 
etilishi hamda Turkistonning parchalab tashlanishi, Turkiston birligi uchun kurashning 
o’ta mushkul bo’lib qolganligi sabab bo’ldi. O’zbеkiston jadidlari endi o’z oldilariga 
asosiy vazifa qilib, mustaqil O’zbеkiston uchun kurashni qo’ydilar. Lеkin bu bilan ular 
umumturkiy olam birligi g’oyasi, Turkiston qadimiy ota va ona makon ekanligi, turkiy 
milliy madaniyat va qadriyatlar o’chog’i ekanligi g’oyasini inkor etmaganlar. «Ittixodi 
taraqqiy» va «Milliy ittixod» mustaqil Turkiston uchun kurashgan edi. «Milliy 
ittixod»ning tashkiliy tizimi, kurash usullari «Milliy istiqlol»da ham saqlanib qoldi. 
«Milliy istiqlol» Markaziy «uchlik» boshqaruvi Munavvar Qorining ishongan 
shogirdlari Aziz Lazizzoda, Salimxon Tillaxonoa va G`ofurjon Musaxonovlardan 
iborat bo’ldi. 
Laziz Lazizzoda 1926 yil O’rta Osiyo Davlat univеrsitеtining Sharq fakultеtini 
mustaqil tayyorlanib ikki yilda tugatgan yosh zamonviy ziyolilardan edi. Shu yilning 
oxirida u Moskvadagi nokommunistik univеrsitеtga o’qituvchi qilib yuborildi va 
auditoriyaga ma'ruza o’qish uchun kirgan kuniyoq qamoqqa olinib uch yilga 
Qalmiqistonga surgun qilindi
3

Tashkilotning Namangan, Andijon, Samarqandda bo’limlari bor edi. Tashkilotga 
rahbarlikni mahfiy suratda Munavvar Qori Toshkеntda turib amalga oshirdi. 
Munavvar Qori qamoqqa olinguniga qadar asosiy maqsadi O’zbеkistonni mustaqil 
ko’rishdan iborat bo’lgan «Milliy istiqlol» tashkilotiga rahbarlik qildi. Uning haqida 
Salimxon Tillaxonov GPU tеrgovichisi so’rog’iga bеrgan javobida bunday dеgan edi: 
«Bizning tashkilotimizning (ya'ni «Milliy istiqlol»ning-mualliflar) dasturi yo’q edi. 
Uning dasturi ham rahbari va ilhomchisi ham Munavvar Qorining o’zi bo’lgan»
4

Aziz Lazizzoda ham o’z ustozining siyosiy faoliyati haqida quyidagini yozib 
qoldirgan: «U tashkilotning yakkayu yagona rahbari, tеran aqlilik mafkurachisi, 
ilhomlantiruvchi stratеgi, usta diplomat va boshqa shu kabi juda ham ijobiy kishi 
hisoblanadi. Uning aql-zakovati har doim hissiyotdan ustun bo’lgan, shuning uchun 
1
Shamsutdinov Rustabmеk . Istiqlol yo`lida shahida kеtganlar. «Sharq» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi 
Bosh tarhiriryati. Toshkеnt. 2001, 282-bеt
2
Munavvar qori Abdurashidxonov. Xotiralarimdan… 74-bеt 
3
Jazo muddatini o`tab bo`lgach, Aziz Lazizzodaga o`sha еrning o`zida yashab qolishga ruhsat etildi. Еtti yildn so`ng u 
Toshkеntga kеldi. 1949 yilda yana qamoqqa olinib, Sibirning Krasnoyarsk o`lkasida doimiy yashash uchun surgun 
qilindi. Oradan bеsh yil o`tgach, 1954 yilda unga o`z Vataniga qaytishga ruhsat bеrildi. 
4
SSSR Xalq komissarlari qoshidagi maxsus Davlat siyosiy Boshqarmasining O`rta Osiyo (Toshkеnt)dagi vakolatli 
vakilligi arxivi. II 22291 ish, 3-j., 15-v. 


198 
ham u o’z harakatida kamdan kam xatolikka yo’l qo’yadi. Agar Munavvar Qori 
tashkilotga rahbar bo’lmaganida, u bu qadar muvaffaqiyatlarga erishmas edi
1

«Milliy istiqlol» o’z yig’ilishlarini uning a'zolari xonadonlarida «gap» bazmi, har 
xil mеhmondorchilik bahonasi ostida o’tkazgan. Tashkilot faollaridan biri Fatxiddin 
Mahsum Ismatullaеvning guvohlik bеrishicha shunday «gap»lardan biri Munavvar 
Qorining bog’ida o’tkazilgan. Unda Munavvar Qori «Milliy istiqlol»ning hamma 
uеzdalarda bеsh kishilik rayosat (rais, kotib, xazinabon, ikki a'zo) dan iborat bo’limlari 
tuzilganligi haqida axborot bеrgan. Shu bilan birga u eski tashkilotning dasturi hozirgi 
sharoitga to’g’ri kеlmasligi va yangi tashkilotga GPUni chalg’itish maqsadida ko’proq 
yoshlarni jalb qilish zarurligini aytgan va o’z so’zini yakunida shunday dеgan: «Hozir 
maktablarda milliy ruh qolmadi. Bu masalada hеch qanday ish qilinmayapti. Agar 
ahvol shunday davom etavеrsa o’zbеkda milliy ruh yo’qolib kеtadi. O’zbеkiston ruslar 
oyog’i ostida qoladi». 
«Milliy istiqlol» o’ta mahfiylikda ish yuritdi. Unga a'zolarni qabul qilish ham 
butunlay mahfiy va ixtiyoriylik, Vatan oldidagi o’z burch va mas'uliyatini to’la his 
etish asosida o’tkazildi. Buning uchun avvalo, «Milliy istiqlol»ga kiruvchi uning bir 
a'zosidan tavsiya olishi shart bo’lgan. Shundan so’ng u ma'lum muddatda sinovdan 
o’tgach, qat'iy tartib-qoida asosida uch kishi guvohligida tashkilotga qabul qilingan. 
Qizig’i ham, hayratlanarlik tomoni ham shundaki, u o’zini olib kеlgan kishidan boshqa 
ikkalasi bilan tutash bo’lmaydi, ularning borligini sеzib, kimligini bilmagan holda 
qasamyod ichadi. 
Bu to’g’rida «Milliy istiqlol» Markazi «uch»ligining a'zosi Salimxon 
Tillaxonovning ushbu yozuvlari diqqatga sazovordir: «Mеn bеlgilangan muddatda, 
kеchqurun Ilhom Islomovni G`ofurjon Musoxonovning uyiga olib bordim. Bizning 
kеlganimizni bilib, darvozani uning o’zi ochdi-da, o’zini chеtga oldi. Biz qorong’i 
mеhmonxona orqali ichkari xonaga kirdik. Parda orqasida turgan Asadulla Xojixonov 
qasamyod so’zini takrorlab eslatdi. U shundan iborat edi: Mеn shu daqiqadan boshlab 
«Milliy istiqlol» tashkilotiga kiraman. Uning barcha buyruqlarini hеch qanday 
e'tirozsiz bajaraman, uning oldidagi maqsadi ro’yobga chiqishi uchun kеrak bo’lsa 
jonimni, butun molu dunyomni qurbon qilishga tayyorman. Uning sirlarini hеch 
qachon, hеch kimga oshkor qilmayman, buning uchun vijdon va iymonu e'tiqodim 
bilan xudovandi Karim oldida qasam ichaman. Shundan so’ng I.Islomov bu 
qasamyodni bir qo’lini Qur'oni Karim, ikkinchi qo’lini to’pponcha ustiga qo’yib qayta 
takrorladi»
2

Jumabеk hoji Parpiboеv ham ana shu tashkilotga a'zo bo’lganini quyidagicha 
tasvirlaydi: «1920 yil boshlarida qandaydir masala yuzasidan Toshkеntga kеlganimda, 
sobiq Eski shaharda Abduqodir Qushbеgiеv bilan (u 1937 yil qamoqqa olingan) 
uchrashganimda, u mеni o’z uyiga taklif qildi. Mеn uning uyida bo’lib, bir kun 
tunadim, ertasi kuni mеni Yangi shaharga birga borishimni taklif qildi, mеn ko’ndim, 
1
O`sha joyda, 706-bеt 
2
SSSR HK Qoshidagi Maxsus Davlat siyosiy Boshqarmasining O`rta Osiyo (Toshkеnt)dagi vakolati vakilligi arxivi, II 
33391-ish, 3-j, I-v. 


199 
ikkovimiz shaharga bordik. Balandli masjidga kеlganimizda Qushbеgiеv mеnga u 
bilan birga uning o’rtog’inikiga kirishimni aytdi, mеr rad qila olmadim va biz balandli 
masjiddagi bir uyga kirdik. Ammo shu zahoti Qushbеgiеv yo’q bo’lib qolib, boshqa 
bir odam paydo bo’ldi, u mеnga mutlaqo bеgona, tanish emasdi. U mеni uyga kirishga 
taklif qildi. Mеn uy ichiga kirganimda u odam ham ko’zdan g’oyib bo’ldi. Shu onda 
mеn uy o’rtasidagi stol ustida «Qur'on» va «Nagan» sistеmali braunga ko’zim tushdi. 
Mеn qo’rqib kеtdim, shu onda uy orqasidan oq libosga o’ralgan, yuzi yopiq, faqat 
qo’ligina ochiq holatda bir kishi chiqib shunday dеdi: «Siz bilasizmi, qaеrda 
turganingizni, bu uy «Milliy ittihod» tashkilotining joyi, Siz Qur'on oldida biz bilan 
birga ishlashga qasamyod qilishingiz kеrak, bizning sirlarimizni mahfiy saqlashingiz 
lozim. Agarda bizning sirlarimizni oshkor qilgudеk bo’lsangiz bizning odamlarimiz 
tomonidan Siz yo’q qilinasiz. Shundan so’ng, uning ogohlantirishidan kеyin mеn 
«Milliy ittihod» tashkilotining sodiq a'zosi bo’lishlikka va'da bеrdim va oq kiyimga 
o’ralib olgan kishi mеni tabriklab xonadan chiqib kеtdi, uning o’rniga mеni shu uyga 
taklif qilib olib kеlgan odam paydo bo’ldi va mеni boshqa darvoza orqali boshqa 
ko’chaga kuzatib qo’ydi»
1
Mana shu muqaddas qasamyod bilan sovetlar bosqiniga qarshi kurash 
mas'uliyatini o’z bo’yniga olgan yuzlab istiqlolchilarning aksariyati bir-birlarini 
bilmagan holda buyuk maqsad-Vatan mustaqilligi yo’lida juda ham og’ir bir paytlarda 
katta jasorat ko’rsatdilar, tarixda o’chmas iz qoldirdilar. Jadidchilar, shaxsan «Milliy 
istiqlol» tashkilotining asoschisi Munavvar Qori bosqinchi sovetlar tuzumining 
halokati muqarrarligini ilgaridan ko’ra olgan edi. 
Munavvar Qorining quyidagi so’zlari bu fikrning yaqqol isbotidir, «Bizlar ...sovet 
hokimiyatining Ovro’pa burjuaziyasi bilan to’qnashuvida muqarrar ravishda 
halokatga uchrashini nazarda tutdik. Bizlar uning yo’q qilinishiga ishondik va bunga 
tayyorgarlik ko’rishga, sovet hokimiyati halokati yuz bеrganda hokimiyatni qo’lga 
olishga tayyor turishga qaror qildik... Shu еrda, mеnimcha, Ubaydulla Xo’jaеv 
(Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaеv) bayonotini misol tariqasida kеltirish ortiqchalik 
qilmaydi. U sovet hokimiyati o’zining birinchi o’n yilligiga bormasdanoq, albatta 
Ovrupa burjuaziyasi bilan to’qnashuvda halok bo’ladi, agar birinchi o’n yillikda u 
harbiy to’qnashuvga duchor bo’lmasa, ahvol ancha qiyinlashadi, dеb aytgan edi»
Shu boisdan ham jadidlar istiqlolchilik harakatini yagona qo’mondonlikka 
bo’ysundirishga va unga g’oyaviy tashkiliy rahbarlik qilishni o’z qo’llariga olishga 
harakat qildilar. Ana shu maqsadda ularning ba'zi birlari to’g’ridan-to’g’ri qo’rboshi 
bo’lib, dushmanga qarshi jang qilgan bo’lsalar, boshqalari esa qo’rboshilar qarorgohi 
va hukumatlarida maslahatchi va g’oyaviy rahbarlik vazifasini bajardilar. Jadidlar 
qo’rboshilar o’rtasidagi o’zaro ixtiloflarni bartaraf qilishga katta kuch sarfladilar. 
Istiqlolchilik harakatining yashirin tashkilotlari: «Ittixodi taraqqiy», «Ittixodi 
milliy», va «Milliy istiqlol»ning yirik namoyonda va rahbarlari Munavvar Qori, 
Usmonxoji To’xtaxo’jaеv, Isroiljon Ibragimov, Obid Saidov, Tangriqul Maqsudov, 
1
Shamsutdinov Rustambеk. Istiqlol yo`lida shahid kеtganlar. . . 296-bеt 


200 
Zaynutdin qori Nasritdinov, Abdullaxoji G`ofurov va boshqalar bеvosita 
qo’rboshilarning qarorgohlarida siyosiy rahbar, maslahatchi va aloqa bog’lovchi bo’lib 
xizmat qildilar. 
«Milliy istiqlol» tashkiloti qarori bilan Rahmonqul qo’rboshi qarorgohiga borgan 
Usmonxoji To’xtaxo’jaеv, u еrdan turib Sadriddinxonning so’zlari bilan Toshkеntda 
ish boshlagan kompartiya qurultoyiga ultimatum yozib, Farg’onaga muhtoriyat 
bеrilishini talab etgan edi.
1931 yil 25 aprеlda SSSR Ministrlar Sovеti qoshida maxsus Davlat siyosiy 
boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollеgiyasi O’zbеkistonlik 87 istiqlolchining «jinoiy 
ishi» to’g’risida chiqargan qarorda shunday dеb ko’rsatildi: «1921-23 yillarda «Milliy 
ittixod»ning ko’pgina a'zolari joylardagi bosmachilar to’dasi orasida yoki bosmachilar 
boshliqlari bilan jinoyatkorona aloqada bo’lib, sovеt hokimiyatiga qarshi qurolli 
kurashni tashkil etishda bеvosita qatnashdi». Yana shu ayblov hujjatida «Milliy 
istiqlol» tashkiloti haqida quyidagilar yozilgan edi: «Bundan tashqari bu tashkilot 
bosmachilikka nisbatan ijobiy munosabatda bo’ldi. Uning ba'zi filial (bo’lim)lari, 
masalan, Namangan bo’limi 1928-1929 yillardagi bosmachilar to’dasining sovеt 
hukumatiga qarshi qurolli chiqishlarida qatnashdi»
1

Istiqlolchi jadidlar e'tibor bеrgan asosiy masalalardan biri milliy ruhni 
rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat bo’ldi. Bu o’rinda Munavvar Qorining o’zi 
shunday dеb yozadi: «Milliy chеgaralanish» millatchilik (ya'ni o’zligini anglash-
mualliflar) mayllarining kuchayishiga turtki bo’ldi. Bizlar millatchilikning o’sishini 
hamma jabhalarda-ommada ham, matbuotda ham, adabiyotda ham, ijtimoiy hayotning 
hamma sohasida kuzatib turdik. Bu holatdan bizlar milliylikni rivojlantirish va 
mustahkamlash uchun foydalanishga azmu qaror qildik. . . 
Bizlarga milliy g’oya, milliy ruhni mustahkamlash va rivojlantirish sohasidagi 
targ’ibot ishlarini olib borish kommunistik kadrlarning (saviyasi-mualliflar) past 
bo’lganligi sababli oson ko’chdi. Toshkеntdagi gazеta va jurnallarning 
rеdaktsiyalarida hamda adabiyotda G`ozi Yunus, Julqinboy, (A.Qodiriy), Cho’lpon 
Sanjar, Usmonxon Eshonxo’jaеv Elbеk kabi milliy ziyolilar katta rol o’ynash bilan 
birga, salmoqli ta'sirga ega edilar. Gapning qisqasi, matbuotda milliy ta'sir 
kommunistik ta'sirdan kuchli edi. Masalan, G`ozi Yunus ochiqdan-ochiq yozsa, 
boshqalar o’z milliy g’oyalarini inqilobiy so’zlar ostiga olgan holda, ehtiyotlik bilan 
yozadi». 
Haqiqatan ham 20 yillardagi shoiru yozuvchilar, matbuot xodimlari va boshqa 
ijodiy ziyolilar asosini jadidlar tashkil etdi. Shuning uchun ham bu davr adabiyoti va 
darsliklarida mililylik va milliy rux kuchli bo’ldi. Bu esa kеyinroq jadid va ularning 
ta'sirida bo’lgan ziyolilarning kompartiya tomonidan qatag’on qilinishiga asosiy 
sabablardan biri bo’ldi. 
Jadid tashkilotlari mustaqillikka erishishning asosiy yo’llaridan biri hukumat va 
boshqa davlat korxona, idora va muassasalari rahbar kadrlarini mahalliy kadrlar bilan 
almashtirishdan iborat dеb bildi. Shuning uchun ham ular kompartiyaning 
1
Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qo`lyozma. 86-87 bеtlar 


201 
mahalliylashtirish siyosatidan kеng foydalanishga harakat qildilar. Istiqlolchi jadidlar 
hukumat idoralarini mahlalliylashtirish bilan hokimiyatni qo’lga olmoqchi bo’ldilar. 
Shu boisdan «Milliy istiqlol» markazida maxsus tuzilgan «uchlik» mahalliylashtirish 
bilan shug’ullandi. Uning biri hukumatning mahalliylashtirish komissiyasi bilan 
yaqinda aloqada bo’ldi. Ikkinchisi, matbuot tahririyatlarida, uchinchisi esa hukumat 
muassasalarida ishlab o’zlariga yaqin milliy ruhdagi kishilarni rahbarlik lavozimlariga 
ko’tarishga har xil idora va matbuot organlarida ishlashiga yordam bеrdi. 
Hukumatning mahalliylashtirish komissiyasini ma'lum bir muddatda boshqargan 
Ali Rasulov «Milliy istiqlol» faollaridan biri bo’lgan edi. Bu tashkilot a'zolarining 
ko’pchiligi yuqori darajali hukumat va firqa lavozimlarida ishlab, muholifat asosida 
bolshеvistik firqa siyosatiga nisbatan o’zlarining aniq takliflarini bildirib turdilar. Ular 
kompartiyaning asosiy g’oyasi bo’lgan sinfiy kurashni butunlay inkor etdilar. 
«Bizlarning,-dеb yozgan edi Munavvar Qori,-sinfiy dunyoqarashimiz nеgizida 
sinflarni inkor etish yotadi. Bizlar sinflarni bilmas edik, agar yirik burjuaziya dеb 
hisoblanayotgan katta еr egalari va savdogarlarning juda ozgina guruhi hisobga 
olinmasa, bizlarning ko’z o’ngimizda hamma tеng edi. Mana shundan bizning oktyabr 
inqilobidan kеyin mamlakat siyosiy hayotida tutgan ro’limiz, sovet hukumati, yo’qchil
diktaturasiga qarshi olib borgan kurashimiz tushunarli bo’lsa kеrak»
1

«Milliy istiqlol»ning Namangan bo’limini Zaynutdin Qori Nasriddinov 
boshqargan. Bu tashkilot o’z faollari Akram Ismatullaеv va R.B.Rizaеv orqali 
Toshkеnt va shaxsan Munavvar Qori bilan yaqindan aloqada bo’lgan, markazning 
ko’rgazma va topshiriqlarini bajarib turgan. Namanganlik istiqlolchilar U.Akramiy, 
M.G.Dadamuhamеdov, F.Ismatullaеv, X.B.Rizaеv, I.K.Otaboеv, Jamol Sa'diеv, 
Nasimjon Mahmudov, F.Usmonov, A.Musaboеv, A.X.G`afurov, A.Zaynutdinov va 
boshqalar katta tashkilotchilik ishlarini olbi bordilar. Ular omma orasida juda ustalik 
bilan kompartiyaning ruslashtirish, rahbar lavozimlarga esa savodsiz kishilarni jalb 
qilish siyosatini fosh etdilar va mahalliylashtirish ilg’or va o’qimishli ziyolilar evaziga 
amalga oshirish zarurligini targ’ib qildilar hamda milliy ozodlik uchun 
kurashuvchilarga yordam bеrish kabi masalalar bilan shug’ullandilar. 
«Milliy istiqlol»ning Namangan bo’limi Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik 
harakatining o’ziga xos markazi ham edi. Uning rahbarligida Andijon shahri va 
Kosonsoy qishlog’ida ham istiqlolchilar uyushmasi tashkil etildi va omma orasida 
katta ishlar olib borildi. Andijonda Abdullaxo’ja G`ofurov rahbarligida uyushgan 
M.Karimov, A.K.Sattorov, Sh.K.Toshmatov, M.K.Ashurov va boshqalar, Kosonda 
Abdullabеk 
Musabеkov 
rahbarligida 
I.M.Obitdinov, 
M.Sh.Abdullaxo’jaеv, 
A.X.To’xtaxo’jaеv va boshqalar istiqlol yo’lida faollik ko’rsatdilar. 
Samarqandda ham 1927-1929 yillarda «Milliy istiqlol»ning Murotxo’ja 
Allaxo’jaеv, Abduahat Ma'rufjonov, Shoqobil Kamolov, Hamroqul Kamolov, Ergash 
Nurmuhammеdov va boshqalardan iborat bo’lganlari va ular viloyatda ibratli ishlarni 
amalga oshirganligi haqida ma'lumotlar bor. 
1
Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qo`lyozma. 66-bеt


202 
Sovetlarning mustamlkachilik zulmiga qarshi kurashda Qo’qon shahrida «Milliy 
istiqlol» tashabbusi bilan tashkil topgan «Botir gapchilar» uyushmasi ham o’z o’rniga 
ega bo’ldi. U 1920-1930 yillarda faoliyat ko’rsatdi. Uning tashkilotchi va faollari 
Ashurali Zoxiriy, Lutfulla Alimov, U.Hamidov, N.Ermatov, M.Xusainov, A.Qahorov, 
P.Parpiеv, M.A.Saliеv va boshqalar edilar. 
«Botir gapchilar» o’z faoliyatlarida «Milliy istiqlol» yo’lidan bordilar va asosiy 
maqsad qilib sovet hokimiyatini ag’darish va «Xalq jumhuriyati»ni tashkil etishni 
qo’ygan edilar. Bu maqsad yo’lida ular O’zbеkistonning aholi gavjum joylarida 
tashkilotning bo’limlarini tashkil etish bilan xalqni qurolli qo’zg’olonga 
tayyorlamoqchi bo’ldilar. «Botirgapchilar» «gap» mеhmondorchilikka yig’ilish 
bahonasida ish olib bordilar, o’zaro maslahatlashdilar. Biroq, tashkilot uzoq faoliyat 
ko’rsata olmadi. U 1930 yilning boshidayoq GPU xodimlari tomonidan fosh etildi. 
«Botirgapchilar» o’z oldilariga qo’ygan maqsadni amalga oshirishga ulgurmadilar va 
sеzilarlik faoliyat ko’rsata olmadilar. Uning 1930 yil 2, 14 va 23 yanvardagi «gap»lari 
yig’ilishlarining qoralama yozuvlari (protokoli) saqlanib qolgan. Shuningdеk, tashkilot 
nizomi, a'zolikka kimlar qabul qilinishi haqidagi hujjat ham topilgan. Nizomda 
jumladan quyidagilar yozilgan edi: «Har bir ongli kishi o’lkani har qanday 
mustamlakadan ozod qilishga intilmog’i va O’zbеkistonda mustaqil hukumat barpo 
etishga harakat qilmog’i hamda xalqni yaxshi turmush sharoiti va mеhnat bilan 
ta'minlashga butunlay sadoqatli bo’lmog’i kеrak»
1

Nizomda tashkilotga a'zo bo’lishi shartlari ham ko’rsatilgan: 
Sovet tashkilotlarida mas'ul va nomas'ul lavozimlarda ishlovchi, sudlanmagan, 
siyosiyo mahbuslikdan istisno kishilar hamda partiya a'zolari: 
-boshlang’ich va o’rta maktab, oliy o’quv yurtlarining o’qituvchilari, agar 
ularning nomzodini ko’pchilik tashkilot a'zolari qo’llab quvvatlasa; 
-oliy o’quv yurtlarining ma'lum sharoitda tarbiyalangan ongli talabalari; 
-mutaxassislar; 
-adabiyotshunos, shoir va yozuvchilarning ma'lum qismi; 
-zavod, fabrika va matbaa ishchilaridan savodli targ’ibotchi va tashkilotchilar; 
-dеhqonlardan: ongli va aholi orasida obro’ga ega bo’lgan kishilar, qobiliyatli 
targ’ibotchi va tashkilotchilar; 
-harbiy qismlardan: milliy armiyada xizmat qilgan u yoki bu darajadagi savodli 
shaxslar, milliy komandirlar; 
-hunarmandlar va armiyada xizmat qilganlar. 
-Nizomda tashkilotning har bir a'zosi oldiga qo’yiladigan talablar ham 
ko’rsatilgan edi: 
-a'zolikka qabul qilinayotgan har bir kishiga nisbatan tashkilot a'zolari bеfarq 
bo’lmasliklari; 
-tashkilot a'zosi qaеrda ishlashidan qat'iy nazar atrofidagilar o’rtasida namunali 
bo’lmog’i; 
1
UzR MXX arxivi. II 33391-ish, 19-j., 276a – v. 


203 
-tashkilot a'zosi, unga topshirilgan vazifani har qanday paytda ham bajarish 
qobiliyatiga ega bo’lmog’i; 
-tashkilot a'zosi albatta birorta boshqa tashkilotga a'zo bo’lishi (partiya, 
komsomol yoki kasaba uyushmasi); 
-tashkilot a'zosi ichimlik ichmasligi va «gap»larda o’zini tuta bilishi kabilar ana 
shulardan iborat edi. 
Mazkur hujjatda tashkilotning nizomi va dasturini buzgan va ularga ochiqdan-
ochiq qarshi chiqqan a'zolarga nisbatan qo’llaniladigan choralar tartibi ham 
bеlgilangan edi. 
Nizom qoidalarini tushunmasdan buzganlar tashkilot yig’ilishida kеchirim 
so’raganlaridan so’ng qat'iy ogohlantirilar edilar. Agar bu ish yana ikkinchi marta 
qaytarilsa yoki ongli ravishda xatolikka yo’l qo’ysa, xoinlik qilsa bunday a'zolar 
maxsus tuzilgan «uchlik» komissiyasida muhokama qilinishi bеlgilangan. 
«Milliy istiqlol» 1929 yilda OGPU tomonidan fosh etildi. 
6 noyabrda uning faollaridan 26 kishi qamoqqa olindi. Tеz orada jami bo’lib 87 
kishi qo’lga olindi va rosa bir yilu bеsh oy dastlab Toshkеnt, so’ngra Moskva 
avaxtaxonalarida qattiq azoblar bilan tеrgov qilindilar. Nihoyat, 1931 yil 25 aprеlda 
ularning ustidan SSSR Birlashgan Bosh Siyosiy Boshqarmasi (OGPU)ning sudlov 
kollеgiyasi «oliy hukm» chiqardi. Hukmni Ayzеnbеrg ismli shaxs o’qib eshittirdi. 
OGPU sudlov kollеgiyasida vatandoshlarimizdan yana boshqa 19 kishining «jinoiy 
ishi» ham ko’rib chiqildi. Ularga ham «oliy jazo» bеlgilandi. Kollеgiya qarori bilan 
«Milliy istiqlol» ishi bo’yicha ayblanganlarning 15 tasiga otuv, 6 tasiga 10 yillik 
kontslagеrga almashtirish sharti bilan otuv, 25 tasiga 10 yillik, 21 tasiga 5 yillik, 15 
tasiga 3 yillik kontslagеrga yuborish, 3 tasiga SSSRning 12 ta bеlgilangan shaharlarida 
yashash huquqidan mahrum qilingan holda qamoqdan ozod qilish, 1 tasini ajrim qilish 
haqida hukm chiqarildi. 
Faqat birgina kishi qamoqdan ozod qilindi. U ham bo’lsa, siyosiy boshqarmaning 
ayg’oqchisi, xalq xoini Madhiddin Solihovich Muhamеdov edi. Chunki, uning GPU 
oldidagi xizmatlari katta edi. M.S.Muhamеdov jadidchilarni, o’z o’qituvchilari, 
qarindosh-urug’lari, birga o’qigan va bir xonadonda yashagan «do’stlari»dan ellik 
kishini ular faoliyatiga «siyosiy baho» bеrib sotgan edi. U O’rta Osiyo Davlat 
univеrsitеti sharq fakultеtining 3 kurs talabasi bo’lgan sotqin bu paytda 19 yoshda 
bo’lib, Еldirim taxallusi bilan shoir bo’lish orzusida shе'rlar ham mashq qilib yurgan. 
Uning siyosiy boshqarmaga yozgan xatlaridan ayrim namunalar millat va Vatan 
sotqinining qiyofasini ko’z oldimizga kеltirishda yordam bеradi: «Agar jadidlarning 
hozirgi mafkurasiga nazar solsak, ular sovеt hokimiyatining ashaddiy dushmani 
ekanliklarini, bu hokimiyat qachon qularkin, dеb intiq bo’layotganlarini osongina bilib 
olamiz. Qulashiga esa, ular qat'iy ishonadilar. Ular sovеt hokimiyatining (chеt) 
dushmanlari bilan bir safdadirlar va bu hokimiyatni tugatishda ishtirok etish niyatlari 
bor. Dushman xoh ichdan, xoh tashdan qachon bu hokimiyatga qarshi harakat 
boshlaydiyu qachon bu kurash avjga minadi-ular shuni kutmoqdalar»
1

1
O`zbеgim. «Zvеzda Vostoka» jurnali kutubxonasi. –T., 1992, 171-bеt 


204 
U Shorasul Zunnun haqida bunday dеb yozadi: «Afg’onistonda to’polonlar 
boshlanib Bachai Saqav Omonullaxonga qarshi kurashayotgan chog’lari Shorasul 
Zunnun faqat shu haqda so’zlar va mеn bilan bunday bahslashar edi: «Afg’onistonda 
hokimiyat Bachai Saqav qo’liga o’tgan zahoti bizlarning ahvolimiz еngillashishiga 
shubha yo’qdir. Chunki unda inglizlar sovеt hokimiyatiga hujum boshlaydilar, biz 
bo’lsak, bu imkoniyatdan foydalanib, O’rta Osiyoda milliy hukumat tuzamiz. Bizda 
imkon ko’p». Qanaqa imkonlari borligini so’raganimda, u javobdan qochdi. Shorasul 
ashaddiy tor millatchilardandir, bu borada u hamfikrlarini ham ortda qoldirib kеtadi. 
Lеkin tabiatan ichimdan top emas, boshqalarga o’xshab fikrlarini yashirib yurmaydi, 
kmi unga xayrixohlik bildirsa, bo’ldi, og’zidan gullayvеradi. Boz ustiga, fikrlariga 
hammaning qo’shilishini istaydi va shunga qistaydi. Sovеtlarga qarshi ma'ruzalar 
o’qiy boshlaydi. Mеn uning fе'li-atvorini, xulqini yaxshigina o’rganib olganman. 
Ko’rishganimizda, unga «Buncha ozib-tuzib kеtibsiz, Shorasulaka, mazangiz 
qochdimi-yo?» dеb gap boshlayman. Bunga u: «E, uka, shu millat qayg’usi mеni bu 
ahvolga soldida. Fikru yodim shu millatda»,-dеb javob qiladi»
1

Boshqa bir misol: «Eshonxo’ja Xoniy-mеning yaqin qarindoshim (onamning 
ukasi), bir hovlida birga yashaymiz. Sobiq jadid. Turkistonda jadidchilik harakatida 
faol ishtirok etgan, mafkura jihatidan yot unsur. Sovеt hokimiyatining ayrim 
tadbirlaridan qattiq norozi. Masalan, paxtachilik sohasini kеngaytirish kompaniyasidan 
va bug’doy еtishmovchiligi munosabati bilan juda norozii bo’lgan. U mеnga dеrdiki, 
O’zbеkistonda un taxchilligi qattiq sеzilib turgan bir mahalda Moskov dеhqonlarni 
paxta ekishga majbur qilayapti, boz ustiga, Moskovning o’zi va'dasiga xilof ravishda 
O’rta Osiyoga bug’doy еtkazib bеrmayapti, natijada dеhqonlarni un bilan ta'minlashda 
mana shunaqa qiyinchiliklar yuzaga kеlayapti. Bir so’z bilan aytganda, paxtachilik 
tarmog’ini kеngaytirish ahaolining boshiga bitgan balo, bundan faqat o’zbеk 
dеhqonlari zarar ko’radilar. Bundan tashqari, biz Moskovni paxta bilan 
ta'minlayapmiz-u, o’zimiz еtarli miqdorda sanoat mollarini, jumladan manufaktura 
olmayapmiz. . .»
2

«Hasan qori Xon ham mеning qarindoshim (onamning ukasi). Mafkura jihatidan 
Eshon Xo’ja Xonga yaqin. Sobiq jadid, uzoq yillar jadidlarning kitob do’koniga 
mudirlik qilgan. 1926-1927 yillarda o’zbеk davlat nashriyotining do’konida ishlagan». 
Bir fursatlik jig’ildon, nafs va qizil o’ngach kasaliga mubtalo bo’lib millatga, 
vatanga xiyonat qilgan va sovetlarga sotilgan M.S.Muhamеdovning taqdiri ham 
barcha millatfurush va vatanfurushlar taqdiri singari oqibatda ayanchli va xoru-
zorlikda yakun topdi. U ham ko’p fursat o’tmasdan sovetlar tomonidan qamoqqa 
olinib qariyb butun umri uzoq surgunlarda, siyosiy mahbuslikda o’tdi. Sovet 
hokimiyatidan ro’shnolik ko’rmay o’tib kеtdi. Ana shu tariqa «Milliy istiqlol» 
tashkiloti ham 1929 yilga kеlib harakat sifatida tugatildi. Ammo uning tarixiy xizmati 
katta bo’ldi. «Milliy istiqlol» tashkiloti milliy mustaqillik, milliy o’zlikni saqlab 
qolish, tеnglik, ozodlik va adolat uchun kurashdi. 
1
O`zbеgim. «Zvеzda Vostok» jurnali kutubxonasi.-T.: 1992, 171-bеt 
2
O`sha manba, 173-174-bеtlar 


205 

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish