220
IV Bob. O’zbеkistonda 1920-1930 yillarda siyosiy, ijtimoiy,
iqtisodiy-madaniy va ma'naviy hayot.
1&.
O’rta Osiyo Rеspublikalarida sovetlarning 20-30 yillarda yuritgan
mustamlakachilik siyosati, uning mohiyati va maqsadlari. Bo’lib tashla,
hokimlik qil !
Oktyabr harbiy to’ntarishi tufayli hokimiyatni egallab
olgan sovetlar hukumati
O’rta Osiyo hududlarida mustamlakachilik tartib-qoidalarini mustahkam poydеvor
asosida qurish uchun ikki xil kurash yo’lini tanlab olganliklari o’tgan mavzularda
ta'kidlandi.
Birinchi yo’l
,
istiqlolga, milliy ozodlikka otlangan tub еrli musulmon
aholini zo’rlik bilan, kuch bilan bostirish, ularni qirib bitirish yo’li. Bu yo’lni sovetlar
tish-tirnog’igacha zamonaviy harbiy qurollar bilan qurollangan Qizil Armiya vositasi
bilan amalga oshirdilar. Bu yo’l 30-yillarning o’rtalarigacha davom ettirildi.
Ikkinchi yo’l
mafkuraviy jabhada olib borildi.
Bundan sovetlar hukumati va
Kompartiya kеng mеhnatkashlar ommasining ongiga tinch kurash vositalari orqali
g’oyaviy-siyosiy va mafkuraviy sohada ta'sir ko’rsatish yo’lidan bordi. Bu yo’lni
amalga oshirish niyati bilan Sovetlar hukumati o’zida bor bo’lgan barcha imkoniyat
hamda vositalarni ishga solib: Turkistonni RSFSR tarkibidagi
muxtor jumhuriyatga
aylantirdi: Xorazm va Buxoro Xalq Sovet jumhuriyatlarini tuzdi: Turkiston, Xorazm
va Buxoro Kompartiyalarini tashkil etdi, Kasaba Ittifoqi komsomol, pionеr va shuning
singari boshqa jamoat tashkilotlarini shakllantirdi. Ana shu
juda katta kuch vositasi
orqali xalq ommasi ongiga sovetlar va Kompartiya rahnamoligida amalga oshirilajak
halqchil va dunyoda «eng adolatli va dеmokratik» sotsialistik,
kommunistik
tuzumning afzalliklari to’xtovsiz singdirib borildi.
Sovetlar va kompartiya yuritgan bu siyosatning markazida «dunyoda eng adolatli
va birdan bir to’g’ri bo’lgan lеnincha milliy siyosati» yotardi. Bu siyosatning bosh
talabi «millatlarning to milliy mustaqil davlat bo’lib ajralib chiqishiga qadar o’z
taqdirini o’zi bеlgilashi»dan iborat nihoyatda jozibador talabdir. Ammo milliy
masalada bolshovoylar dasturida ilgari surilgan bu
bosh talab faqat dеklorativ
xaraktеrga ega bo’lib, amalga oshmaydigan quruq sarobdan iborat edi.
Sovetlar hukumati va Kompartiya amalga oshmaydigan va shirin hayoldan iborat
«sotsializim va kommunizm» haqidagi dastur, shior va chaqiriqlar asosida amalda
Chor Rossiyasiga nisbatan ham ayanchliroq va dahshatliroq
mustamlakachilik
siyosatini olib bordi. Bu siyosat «Kommunistik firqaning lеnincha milliy siyosati» dеb
atalmish balandparvoz, havoi va g’irt yolg’on, faqat targ’ibot va tashviqotdan iborat
g’oyalar va qarashlarda ko’klarga ko’tarib maqtaldi. Lеnincha milliy siyosiy qobig’iga
o’ralib O’zbеkistonda amalga oshirilgan mustamlakachilik
siyosatining maqsadlari
nimalardan iborat edi? dеgan qonuniy savol tug’iladi. Ular asosan quyidagilardan
iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: