194
Bu yig’ilishda bir-birimizga yordam bеrishga kеlishib oldik. Birlashishdan
maqsad yoshlarni bolshеvoylar firqasiga jalb qilish va
ularni har xil kutilmagan
voqеalarga tayyorlashdan iborat edi»
1
.
Ana shu umumiy yo’l asosida jadidlarning aksariyati 1919 yil boshlaridan
e'tiboran, kompartiya safiga kira boshladilar. Bu musulmon mеhnatkashlarining ham
kompartiyaga kirishlari uchun katta turtki bo’ldi. Oqibat natijada kommunistik firqa
tashkiloti tarkibida musulmonlarning soni tеz ko’paydi. Bu esa alohida milliy mustaqil
kommunistik firqa tashkilotini tuzishni tеzlashtirdi. Bunday tashkilot rasman TKPning
II konfеrеntsiyasi (1919 yil mart)da tashkil topdi. Bu konfеrеntsiyada
uning yuqori
boshqaruv organi RKP (b) Musulmon byurosi (Musbyuro) saylandi. Unga T.Risqulov
(rais), Munavvar Qori Abdurashidxonov, Yusuf Aliеv, Efеndiеv,
Abduqodir
Muhitdinov, Nizomiddin.Xo’jaеv, T.Xo’jaеv, Muhammadjon Isaеv, Husain
Ibrohimov, Faxritdinov, Favarisov, Xantalijskiy a'zo bo’lib saylandilar
2
.
Musbyuro RKP (b) MK qoshidagi Sharq kommunistik tashkilotlari Markaziy
byurosi bo’limi (sеktsiyasi) sifatida tashkil topdi. U to’g’ridan-to’g’ri firqaning
markaziy
organiga, shu bilan birga TKP O’lka Markaziy Qo’mitasiga bo’ysindi.
Musbyuro o’zining quyi viloyat, uеzd va shahar musulmon byurolariga ham ega edi.
1919 yilning oktyabrida RKP(b) Musbyurosiga 3 ta viloyat, 18 ta shahar yoki uеzd
musbyurosi bo’ysingan edi. Musulmon kommunistik firqa tashkilotining bunday
qurilish tizimiga ega bo’lishi unga musulmonlar manfaatiga oid masalalarni mustaqil
hal qilish yoki to’g’ridan to’g’ri markaziy partiya organi oldiga qo’yish huquqini bеrar
edi.
Shuning uchun ham musulmon firqa tashkiloti o’zining yuqori va quyi organlari
orqali mahalliy xalq manfaatiga tеgishli bir qatort masalalarni
hal qilishga yoki
ko’tarib chiqishga muvaffaq bo’ldi. Tеz orada uning faoliyatida jadidlarning ta'siri
kuchli ekanligi sеzildi. Shuning uchun ham bu firqa tashkilotiga o’z milliy manfaati
yo’lida uzoq muddat faoliyat yuritish uchun imkoniyat bеrilmadi. U bor yo’g’i bir
yillik tarixga ega bo’ldi, xolos. Lеkin shunga qaramay, u milliy manfaat,
istiqlol,
tеnglik uchun Rossiya sovetlar mustamlakachiligi va buyuk shovinizmiga qarshi
kurash olib bordi, muholifat dеmokratik firqa tashkilotiga aylandi. Uning bo’lib o’tgan
uchta o’lka konfеrеntsiyalarida musulmonlar hayotiga oid masalalar muhokama
qilindi. Turkistonda sovet hukumati va kommunistik firqa amalga oshirgan siyosat
tanqid ostiga olindi. Masalan, musbyuro raisi T.Risqulov
musulmon firqa
tashkilotlarining birinchi o’lka konfеrеntsiyasida (1919 yil 24-30 may) qilgan
ma'ruzasida xalq ommasi oktyabr to’ntarishidan so’ng ozodlik, tеnglik va do’stlik
haqidagi inqilobiy shiorlarga ishonmay qo’yganligini ko’rsatib bunday dеgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: