Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

N-xolinolitiklar
N- xolinoretseptorlarni to‘sib, nerv impulslari o‘tishini
to‘xtatib qo‘yadigan preparatlar N- xolinolitiklar deb ataladi.
Ularga tarkibi, kimyoviy tuzilishi, ta’sir etish joyi, mexanizmi
va ishlatilishi bo‘yicha turlicha bo‘lgan preparatlar kiradi.
Shularni e’tiborga olgan holda N-xolinolitiklar ikki guruhga
bo‘linadi: ganglioblokatorlar va miorelaksantlar.
Ganglioblokatorlar
Ularning farmakologik ta’siri, asosan, vegetativ nervlar
tuguni — gangliysidagi N-xolinoretseptorlarga qaratilgan bo‘lib,
ularni to‘sib parasimpatik va simpatik nervlardan qo‘zg‘alishni
— impuls o‘tishini to‘xtatadi. Shu sababli, asosan, quyidagi
farmakologik o‘zgarishlar kuzatiladi: ko‘pchilik qon tomirlari
kengayadi, qon bosimi pasayadi, me’da-ichak sekretsiyasi va
harakati susayadi.
Ganglioblokatorlar kimyoviy tuzilishi va ta’sir muddati
bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: to‘rtlamchi (benzogeksoniy,
pentamin, dimekolin, gigroniy) va uchlamchi ammoniy
birikmalar (pirilen, paxikardin, timexin). Òo‘rtlamchi ammoniy
birikmali preparatlar oshqozon-ichakdan yomon so‘riladi. Shu
sababli inyeksiya uchun mo‘ljallangan. Òa’sir muddati bo‘yicha:
uzoq (pirilen, benzogeksoniy, timexin, dimekolin) va qisqa
(gigroniy 10—15 daqiqa) muddat ta’sir qiladiganlarga bo‘linadi.
Shuni qayd qilish kerakki, ganglioblokatorlar ta’sirida qon
bosimi keskin tushadi. Bu hol qon bosimi yuqori darajaga
ko‘tarilgan paytlarda yaxshi ko‘rinadi. Qon bosimining keskin
pasayishi bosh miyaning qon bilan ta’minlanishining kama-
yishiga olib keladi. Shu sababli bemorlarda ortostatik kollaps
holati ro‘y berishi mumkin. Bunda bemor boshi aylanib
yiqilishi, vaqtincha hushini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun
ganglioblokatorlar bemor yotgan holatidagina yuboriladi.
Inyeksiyadan so‘ng 1,5—2 soat davomida yotish zarur.
Ganglioblokatorlar, asosan, giðotenziv preparatlar sifatida
giðertoniya kasalligida ishlatiladi. Ular qon bosimini keskin
pasaytirishi sababli ko‘pincha giðertonik kriz holatlarida (qon


95
bosimining haddan tashqari ko‘tarilib ketishi) bemor yotgan
holida inyeksiya qilinadi. Jarrohlik amaliyotida esa ganglio-
blokatorlar boshqariluvchi giðotoniya hosil qilish uchun yirik
qon tomirlarida va yurakda operatsiyalar bajarishda (kamroq qon
ketishi uchun) ishlatiladi. Qorason kasalligi (endarteriit),
me’da, o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, surunkali spastik
kolit kasalligida beriladi. Ayrim preparatlari (paxikarpin) tug‘ish
jarayonini tezlashtirishda qo‘llaniladi. Ganglioblokatorlar ayrim
hollarda o‘pka va miya to‘qimasi shishida ham beriladi. Bu guruh
preparatlar qon bosimi pasaygan hollarda, yurak faoliyati
yetishmasligida, miyaga qon quyilishida, jigar va buyrak kasal-
liklarida tavsiya etilmaydi.
Ganglioblokatorlar bilan zaharlanishda qon bosimini
ko‘taradigan dorilar — adrenalin yoki noradrenalin buyuriladi.
Noradrenalinni venaga tomchilatib yuborish yaxshi samara
beradi. Venaga yuborish uchun sharoit bo‘lmagan taqdirda
efedrin yoki mezaton inyeksiya qilinadi.
Benzogeksoniy. Qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini
tushiradi. Vena tomirlari ham kengaygani sababli ularda qon
to‘planadi va yurak faoliyati yengillashadi. Me’da-ichak
sekretsiyasi va harakati susayadi, akkomodatsiyani falajlaydi.
Preparatning ta’siri 4—6 soat davom etadi va qayta-qayta
yuborilganida ta’sir samarasi susayadi. Shuning uchun bu
hollarda preparat dozasini oshirishga to‘g‘ri keladi.
Benzogeksoniy, asosan, qorason kasalligida, giðertoniyada
(ko‘proq III davrida), me’da-ichak yara kasalligida, neyroxirur-
giyada ishlatiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish