Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

O‘tkir zaharlanish. Nikotin bilan zaharlanish ko‘pincha
birinchi tamaki chekishda ro‘y berishi mumkin. Bunda qattiq
yo‘tal tutishi, yurak urishining tezlashishi, bosh aylanishi,
qayt qilish hollari kuzatiladi. Katta doza bilan zaharlanishda
markaziy nerv tizimining faoliyati susayib, qon bosimi tushib
ketadi, yurak urishi zaiflashadi. Bunday holatlarda sun’iy nafas


92
oldiriladi, analeptiklar, ko‘pincha kofein, kordiamin va bosh-
qalar qo‘llaniladi.
Surunkali zaharlanish — nikotinizm tamaki chekuvchilarda
kuzatilib, organizmda har xil o‘zgarishlar bilan kechadi. Nikoti-
nizmning asosiy belgilaridan biri xumor bo‘lishdir. Chekuv-
chilarda bronxit, giðeratsid gastrit, me’da-ichak yarasi, qorason
(endarteriit) kasalligi, o‘pkaning rak kasalligi, giðertoniya,
ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi,  shu jumladan, yurak
infarkti ko‘proq bo‘lishi statistika bo‘yicha aniqlangan. Bu og‘ir
kasalliklar tamaki chekuvchilarda chekmovchilarga qaraganda 5—
6 marta ko‘p uchraydi. Qorason kasalligi (endarteriit), asosan,
chekuvchilarda uchraydi. Shuning uchun ham ushbu hayot
uchun xavfli xastaliklarning oldini olishda chekishga qarshi,
ayniqsa, yoshlar orasida tashviqot ishlari olib borish g‘oyat
ahamiyatlidir.
Nikotinizmga duchor bo‘lgan chekuvchilarni davolashda
psixoterapiyadan keng foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda dori
preparatlaridan tabeks, anabazin xlorid, lobelin va boshqalar
ishlatiladi. Lebolin („lobesil“ tabletkalar tarkibida), sitizin
(„tabeks“ tabletkalar tarkibida) kimyoviy tuzilishi nikotinga
yaqin bo‘lgani uchun chekishga xumorlikni kamaytiradi. Bu
preparatlar iste’mol qilib turilganda chekilsa, chekuvchilarda
yoqimsiz, nojo‘ya holatlarni keltirib chiqarib, chekishga intilish
bartaraf etiladi.
Òibbiyot amaliyotida N- xolinomimetiklardan sititon va
lobelin gidroxlorid ishlatiladi. Chunki ular karotid sinusidagi
N-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atib, refleks yo‘li bilan nafas
markazining jonlanishiga olib keladi, nafas tezlashadi.
Bunday ta’sir, asosan, nafas markazining  qo‘zg‘aluvchan-
ligi susaygan holatda samarali bo‘ladi. Masalan, is gazi bilan
zaharlanishda, ayniqsa, chaqaloqlar asfiksiyasida, bo‘g‘ilib
qolishda sititon va lobelin nafas analeptiklari sifatida kor qiladi.
Bu sharoitda sititon va lobelin to‘g‘ridan to‘g‘ri venaga yubo-
riladi. Shunda preparatlarning ta’siri tezroq va kuchliroq seziladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish