Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Yurak glikozidlari
Yurakning ayrim kasalliklarida yurak muskullarining fao-
liyati — uning qisqarish kuchi sekin-asta yoki birdan zaiflashib
qoladi. Natijada yurakning umumiy faoliyati izdan chiqib,
kelayotgan qonning hammasini katta va kichik qon aylanish
doirasiga to‘liq haydab bora olmaydi va yurak faoliyati
yetishmovchiligi namoyon bo‘ladi. Bunda tana to‘qimasida va
organlarda qon yig‘ilib qolib, shishlar paydo bo‘la boshlaydi,
kislorod yetishmasligi sababli organlarning faoliyati izdan


208
chiqishi mumkin. Yurak faoliyati yetishmasligi ikki ko‘rinishda
bo‘lishi mumkin: surunkali va o‘tkir yetishmovchilik. Yuqorida
keltirilgan holatlar yurak faoliyatining surunkali yetishmov-
chiligiga taalluqli. O‘tkir yetishmovchiligi esa yurak faoliyatining
zaiflashishi bilan birdaniga va keskin ravishda yuz beradi. Bu
holat ko‘pincha qon bosimining haddan tashqari ko‘tarilib
ketishida, yurak urishining haddan tashqari tezlashishida,
yurak infarkti va boshqa kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Bunda
tezda davo choralari ko‘riladi, aks holda yurak urishi to‘xtab
qolishi mumkin. Yurak glikozidlari yurak faoliyatining surunkali
va o‘tkir yetishmovchiligida samarali va ishonchli kor qiladigan
dori vositalaridan hisoblanadi.
Yurak glikozidlari o‘simliklardan olinadigan, kimyoviy
tuzilishi bo‘yicha murakkab organik moddalar bo‘lib, yurak
faoliyatiga tanlab rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va yurak
yetishmovchiligini davolashda kor qiladi. Kimyoviy tuzilishi
bo‘yicha yurak glikozidlari azot saqlovchi birikmalar bo‘lib,
qandli va qandsiz qismlardan iborat. Yurak glikozidlarining
biologik ta’siri qandsiz qismiga bog‘liq. Qandli qismi esa yurak
glikozidlarining so‘rilishini, pardalardan o‘tishini, to‘qimalarda
ushlanishini ta’minlaydi.
Keyingi vaqtlarda yurak glikozidlarini saqlovchi bir qator
o‘simliklar aniqlangan. Bunda respublikamizning olimlari,
ayniqsa, O‘simliklar kimyosi institutining xodimlari va far-
makologlarning hissalari kattadir. Bular orasida angishvo-
nagulning bir necha turi, marvaridgul, adonis, strofant, sam-
bitgul, chitrang‘i, chirmovuq gul, nashasimon kendir yurak
glikozidlari saqlovchi asosiy o‘simliklar hisoblanadi.
Ulardan olinadigan yurak glikozidlari o‘zining kimyoviy
tuzilishi bo‘yicha bir-biriga o‘xshaydi, lekin glikon va aglikon
xarakteri bo‘yicha farqlanadi. Bir o‘simlikda bir necha glikozid
bo‘lishi mumkin. Ularning farmakologik ta’sir mexanizmi
umuman olganda deyarli bir xil, lekin farmakokinetikasi va
farmakodinamikasi, ichak tizimidan so‘rilishi, ta’sir kuchi,
tanadan chiqib ketish muddatiga ko‘ra farqlanadi.
Yurak glikozidlarining asosiy farmakologik xossalaridan biri,
ular kasallangan yurakka tanlab ta’sir ko‘rsatib, uning susay-
gan faoliyatini jonlantiradi. Kasallik tufayli qisqarish qobiliyati
zaiflashib charchagan yurak faoliyatini sekin-asta tiklaydi.


209
Bunday ta’sir kardiotonik ta’sir deyiladi. Uning zaminida
yurak glikozidlarining ta’sirida yurak mushagi (miokard)
qisqarish kuchining oshishi  (sistolik ta’sir), uning bo‘shashishiga
ketgan vaqtning uzayishi (diastonik ta’sir), yurak o‘tkazuvchi
nerv sistemasidan mushakka kelayotgan impulslarning  sekin-
lashishi va yurak urushining sekinlashishi (bradikardiya) va
boshqa ijobiy o‘zgarishlar yotadi (27- rasm). Yurak glikozidlari-
ning bunday ta’sir mexanizmi ularning miokardda sodir
bo‘layotgan bioximik jarayonlarga, elektrolitlar balansiga bo‘lgan
samarasi bilan tushuntiriladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish