Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Orsiðrenalin sulfat bronxlarni kengaytirish ta’siri bo‘yicha
izadringa o‘xshaydi. Lekin 
2
-adrenoretseptorlarga ta’siri ko‘proq
va kor qilishi uzoqroq. Parenteral, enteral va ingalatsiya yo‘llari
bilan qabul qilinadi.
Salbutamol va fenoterol. Bularning qo‘zg‘atuvchi ta’siri
ko‘proq, ta’siri bronx silliq muskullaridagi 
2
- adrenore-
tseptorlarga qaratilgan. Shuning uchun 
1
- adrenoretseptorlari


206
mavjud a’zolarga ta’siri kamroq. Ular ingalatsiya yo‘li bilan
yuboriladi. Òabletkalari ichish uchun beriladi.
Adrenalin bir vaqtda ham -, ham - adrenoretseptorlarni
qo‘zg‘atadi. Shuning uchun bronxlarni kengaytiradi, yurak
urishini tezlashtiradi va boshqalar. Lekin uning bunday ta’siri
qisqa muddatli bo‘lgani uchun bronxial astma xurujining og‘ir
kechishida inyeksiya qilinadi.
Efedrin. Òa’siri bo‘yicha adrenalinga o‘xshab, -,  -
adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atib, bronxlarni kengaytiradi. Lekin
adrenalindan farqli o‘laroq ta’sir muddati uzoq va MNS ni
qo‘zg‘atadi. Shu sababli efedrinnig bronxial astma xurujida,
xurujning oldini olish maqsadida turli yo‘llar bilan yuboriladi.
Efedrinning atropin bilan aralashmasi (efaton) ingalatsiya yo‘li
bilan yuboriladi. Efedrin 0,025 tabletka, 5% — 2 ml chiqariladi.
Bronxolitiklarga M-xolinoblokatorlardan atropin, metatsin
va boshqa preparatlar kiradi.
Atropin bronx silliq muskullaridagi M-xolinoretseptorlarni
bloklab, parasimpatik nerv ta’sirini cheklaydi. Natijada mus-
kullar bo‘shashadi va bronxlar kengayadi. Shunga asosan, atro-
pin bronxial astma xurujida inyeksiya (0,1 % — 1 ml) qilinadi.
Lekin bu ta’sir -adrenomimetiklarnikiga nisbatan kuchsizroq.
Miotrop ta’sir ko‘rsatadigan bronxolitiklardan ko‘proq
eufillindan foydalaniladi. U tarkibida teofillin va etilendiamin
saqlaydi. Preparat boshqa ta’siridan tashqari bronx muskullariga
bevosita ta’sir etib, uni bo‘shashtiradi. Ichki rektal mushaklar
orasiga, venaga yuboriladi.
Yuqorida keltirilgan uch guruh preparatlaridan tashqari
bronxial astma kasalligida balg‘amni suyultiradigan glikozidlar,
antigistamin preparatlar ham qo‘llaniladi.
Preparatlar.
O r s i ð r e n a l i n   s u l f a t  (Orciðrenalini sulfas). Aerozol-
ingalator 400 ta o‘rtacha doza saqlaydi. 0,05% li eritmasi
ampulada 1 ml dan, tabletkasi 0,02 g dan ishlab chiqariladi.
Bronxial astma xurujini bartaraf etish va oldini olish uchun
ishlatiladi.
Izadrin, salbutamol, adrenalin gidroxlorid to‘g‘risidagi
ma’lumotlar Adrenomimetiklar guruhida; atropin sulfat
M- xolinoblokatorlar guruhida; Eufillin kofein guruhida
berilgan.


207
Aerozol efatin preparatining 10 ml da 0,05 g atropin sulfat,
0,04 g novokain, 10 ml gacha etil spirti bor. Bronxial astma
xurujida ishlatiladi.
Rp.: Sol. Orciðrenalini sulfatis 0,05%—1 ml
D.t.d.N. 10 in ampullis
S. 1 ml muskullar orasiga yuboriladi.
#
Rp.: Aerosoli „Ephatin“ N. 2
D.S. Bronxial astma xurujida hidlanadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish