212
D i g o k s i n (
Digoxinum). Angishvonagulning tukli turidan
olinadigan glikozid. 0,00025
g dan tabletkalarda, 0,0001 g dan
bolalar uchun, 0,025% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab
chiqariladi. Ichish uchun 1-kuni (kecha-kunduzlik dozasi)
1—1,25 mg (4—5 ta tabletka), 2-kuni 3
ta tabletka, 3-kuni
3 ta tabletka ichiladi. Venaga 0,25—0,5 mg dan 10 ml 5%,
20%, 40% li glukoza eritmasi bilan birga sekin yuboriladi.
D i g a l e n - n e o (
Digalen-neo). Malla angishvonagul
bargidan olinadigan neogalen preparat. 15 ml dan flakonda ishlab
chiqariladi. 15 tomchidan kuniga 2—3 marta ichish uchun beriladi.
Yuqori dozasi kattalar uchun bir martalik — 0,65, kecha-
kunduzlik —1,95 ml.
K o r d i g i t (
Cordigitum). Qirmizi angishvonagulning quruq
bargidan tayyorlangan ekstrakt. Òarkibida digitoksin va boshqa
glikozidlarni saqlaydi. 0,8
mg dan tabletkalar, 0,0012 g dan
shamchalar shaklida ishlab chiqariladi. 0,4—0,8 mg dan kuniga
2—4 marta ichish uchun beriladi.
S e l a n i d (
Celanidum). Òukli angishvonagulning bargidan
olinadigan glikozid. 0,25
mg dan tabletkalar shaklida; 0,02 %
li eritmasi 1 ml dan ampulada; 0,05% li eritmasi 10 ml dan
flakonda ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta
ichish uchun beriladi.
L a n t o z i d (
Lantozidum). Novogalen preparat. Òukli
angishvonagulning bargidan tayyorlangan. 15
ml dan flakonda
ishlab chiqariladi. 15—20 tomchidan kuniga 2—3 marta ichish
uchun beriladi.
S t r o f a n t i n -K (
Strophanthinum-K). Strofant Kombe
urug‘idan olingan yurak glikozidlari aralashmasi. Òarkibida,
asosan, K-strofantin va K-strofantozid saqlaydi. 0,025 % li va
0,05% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,025%
li yoki 0,05 % li eritmasidan 0,5—1 ml dan 5%, 10%, 20%,
40% li glukoza yoki osh tuzining 10—20 ml izotonik eritmasi
bilan birga venaga sekin-asta, ayrim
hollarda tomchilab
yuboriladi.
M a r v a r i d g u l n a s t o y k a s i (
Tincturae Convallariae).
Marvaridgul o‘tidan 70% li spirt yordamida olingan preparat.
25 ml dan flakonda, 30 ml dan landish-valeriana tomchilari,
26 ml dan adonizid va natriy bromid bilan ishlab chiqariladi.
15—20 tomchidan kuniga 2—3 marta beriladi.
213
K o r g l i k o n (
Corglyconum). Marvaridgul va uning turlari
bargidan olingan tozalangan preparat. 0,06% li eritmasi 1 ml
dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,06 % li eritmasi 0,5—1 ml
dan 10%, 20%, 40% li glukoza yoki osh tuzining 20 ml
izotonik (0,9% li) eritmasi bilan birga sekin venaga yuboriladi.
Yuqori bir martalik dozasi venaga 1 ml, bir kecha-kunduz-
ligi — 2 ml.
B a h o r g i a d o n i s o ‘ t i (
Herba Adonidis vernalis).
Òarkibida
K-strofantin, simarin, adonatoksin, flavonli glikozid
va boshqalarni saqlaydi. Qirqilgan o‘ti, quruq ekstrakti damlama
tayyorlash uchun qo‘llaniladi.
A d o n i s b r o m (
Adonis brom). Plyonka
qoplangan
tabletkalar. Òarkibida 72,5% li kaliy bromid, 1 g da 36,5 BÒB
teng bo‘lgan adonis quruq ekstraktidan 0,345 g bor;
tabletkasining massasi 0,6 g gacha. 1 tabletkadan kuniga 3
marta ichish uchun beriladi.
Rp.: Tab. Digoxini 0,00025 mg N.10
D.S. Sxema bo‘yicha qabul qilinadi.
#
Rp.: Tab. Celanidi 0,0025 N.30
D.S. 1 tabletkadan kuniga 1—2 marta ichiladi.
#
Rp.: Sol. Strophanthini-K 0,05%—1 ml
D.t.d.N. 5 in ampullis
S. 1 ml ni 10 ml 10% li glukozaga qo‘shib, venaga
asta-sekin yuboriladi.
#
Rp.: Jnf. Herbae Adonidis vernalis 4,0—200 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3—4 marta ichiladi.
#
Rp.: T-rae Convallariae 15 ml
D.S. 15 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiladi.