Farmakologiya


Aritmiyaga qarshi qo‘llaniladigan vositalar



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Aritmiyaga qarshi qo‘llaniladigan vositalar
Yurakning ritmik to‘g‘ri, bir tekisda qisqarishining buzilishi
aritmiya deyiladi. Bu holat yurakning o‘zida bo‘ladigan
kasalliklar va undan tashqaridagi har xil patologik o‘zgarishlarda
kuzatilishi mumkin. Yurakning ishemik kasalligida, miokard
infarktida, revmokardit, miokardit, kardioskleroz kasalliklarida
va asab tizimi xastaliklarida, organizm intoksikatsiyasida,
elektrolitlar almashinuvining buzilishi va boshqa hollarda
aritmiyaning, asosan, ikki xili kuzatiladi.
Òaxiaritmiya — ritmning tezlashishi bilan kechadigan turi.
Bunga ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya, titrash alomat-
lari bilan kechadigan aritmiyalar misol bo‘ladi. Bulardan xavflisi
yurakning titrash alomatlari bilan kechadigan aritmiya hisob-
lanadi. Chunki u ayrim hollarda yurakning to‘xtab qolishiga
olib keladi. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, oxirgi vaqtlarda
aritmiya kasalligi ko‘p uchrab turadi.
Bradiaritmiya  esa yurak urishining sekinlashishi bilan davom
etadi va ritm juda sekinlashib qolsa, kollaps holatiga olib kelishi
mumkin. Buning asosiy sababi yurak sinus tugunining zaifla-
shishi va impuls chiqishining kamayishi yoki Giss bog‘lam-
larining bloklanishi hisoblanadi.
Bu guruhga yurak qo‘zg‘alishi, o‘tkazuvchi tizim va avtoma-
tizmni tormozlaydigan, qo‘shimcha qo‘zg‘alish o‘chog‘ida pato-
logik impulsning paydo bo‘lishini kamaytiradigan preparatlar
kiradi.
Aritmiya kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarni davo qilishda
antiaritmik preparatlardan foydalaniladi.
Ularning asosiy farmakologik ta’siri yurak qo‘zg‘aluvchan-
ligini pasaytirish, yurak avtomatizmini, o‘tkazuvchi tizimlarini
tormozlash bilan izohlanadi. Antiaritmik preparatlarning bunday
ta’siri ko‘proq miokardning patologik o‘zgargan joylaridan
paydo bo‘ladigan qo‘shimcha impulslarga qaratilgandir. Ular
sinus tuguncha avtomatizmiga ham kor qiladi. Atrioventrikular
tuguncha va Giss bog‘lamlariga bo‘lgan ta’siri ancha sezilarli (30-
rasm).
Antiaritmik preparatlarning ta’sir etish mexanizmi asosiy
elektrolitlar — kationlarning hujayra pardasidan passiv ravishda
o‘tishini sekinlashtirishdan iborat. Natijada elektrolitlar balansi-


215
ning mahalliy buzilishi yo‘qoladi. Ma’lumki, elektrolitlar
balansining bunday o‘zgarishi yurak qo‘zg‘aluvchanligi va
avtomatizmini kuchaytiradi. Shunday qilib, antiaritmik
preparatlar ta’sirida hujayra membranasining ikki tomonidagi
elektrolitlar soni baravarlashadi, uning elektr qutbi barqaror-
lashadi.
Aritmiyaga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalari farmakologik
ta’siri va ta’sir mexanizmi bo‘yicha turli guruhlarga bo‘linadi.
1.  Miofibril  membranasini barqarorlaydigan dori vositalari.
Ular membranadan natriy va kaliy ionlarining o‘tishini kamay-
tiradi. Bularga xinidin, novokainamid, aymalin va boshqalar
kiradi.
2.  Hujayra membranasidan kaliy ionlarining o‘tishini
ko‘paytiradigan dori vositalari. Mahalliy anestetiklar — lido-
kain, trimekain bunday ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar hisoblanadi.
3. Kalsiy antagonistlari. Kalsiy ionlarining hujayra pardasidan
o‘tadigan yo‘lini to‘sib, ularning hujayraga kirishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Verapamil, nifediðin va boshqalar shular jumlasi-
dandir.
4.  Adrenoblokatorlar va simpatolitiklar. Ular simpatik nerv
ta’sirini kamaytirib yurak urishini sekinlashtiradi. Miokard
qo‘zg‘aluvchanligini va o‘tkazuvchanligini susaytiradi. Shu bilan

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish