Farmakologiya


Koronar qon aylanishini oshiruvchi dori vositalari



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Koronar qon aylanishini oshiruvchi dori vositalari
Yurak-tomir tizimi kasalliklari orasida yurak toj tomirining
torayishi bilan kechadigan xastaliklar so‘nggi vaqtda ko‘p
uchramoqda. Bu kasalliklar ko‘pincha yurak faoliyatini ishdan
chiqaradi va bemorlarning hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Chunki koronar tomirning torayishi miokardning qon bilan,
birinchi navbatda kislorod bilan ta’minlanishini izdan chiqaradi.
Bu holatni yurak ishemik kasalligi (YIK) deyiladi. YIKning
sabablari har xil bo‘lib, bunda ruhiy-emotsional omillar,
koronar tomirlarning aterosklerozi, umumiy ateroskleroz,
kamharakatlilik, giðertoniya kasalligi va boshqalarning ta’siri
kattadir. YIKning ko‘rinishlaridan biri stenokardiya bo‘lib, u
vaqt-vaqtida qattiq yurak og‘rig‘i xuruji bilan kechadi.
Stenokardiya yurakning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji va uning
ta’minlanishi o‘rtasidagi nomuvofiqlik tufayli rivojlanadi.
Stenokardiyaning asosiy asoratlaridan biri miokard infarkti
hisoblanadi. Bunda miokard ayrim qismlarining qon bilan
ta’minlanishi butunlay to‘xtaydi va natijada to‘qimaning nobud
bo‘lishi kuzatiladi. Bu kasallikda kuchli va uzoq davom etadigan
og‘riqlar bo‘ladi. Miokard infarkti yurak faoliyatiga har xil
asoratlari bilan ta’sir etadi. Ayrim hollarda esa yurakni butunlay
to‘xtatadi. Shuni aytish kerakki, so‘nggi vaqtda miokard
infarktining bu xil asoratlari ancha kamayib bormoqda. Buning
asosiy sababi o‘z vaqtida samarali davo qilishning yo‘lga
qo‘yilganligidir.
Miokard infarkti koronar qon tomirining trombozi, qon-
ning ivib qolishi natijasida ham ko‘proq uchrab turadi. Bunga
asosiy sabab toj tomirlarning aterosklerozidir.
Stenokardiya kasalligini davolashda hozirgi vaqtda quyidagi
guruh antianginal dori vositalari qo‘llaniladi: vazodilatorlar,
kalsiy antagonistlari va -adrenoblokatorlar.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish