Vazodilatorlar qon tomirlarini kengaytiruvchi preparatlar
bo‘lib, ularga organik nitratlar, benzoxinolin, purin unumlari
va boshqalar kiradi.
221
Vazodilatorlarning asosiy preparatlari quyidagilar:
Nitratlar — nitroglitserin, nitrosorbit, izosorbit mono-
nitrat, erinit, kordigit, nitrogranulong va boshqalar. Nitratlar
hozirgi vaqtda stenokardiyani davolashda asosiy samarali
preparatlar hisoblanadi. Ularning o‘ziga xos bo‘lgan xusu-
siyatlari quyidagilar: ishlatishga qulay; og‘iz shilliq qavatida
yaxshi va tez so‘riladi; qonga so‘rilgandan so‘ng to‘g‘ri jigarga
bormasdan katta qon aylanish doirasiga o‘tadi, farmakologik
ta’sirini tez ro‘yobga chiqaradi.
Nitratlar, chunonchi, nitroglitserinning farmakologik
ta’siriga kelsak, ular qon tomir devoridagi silliq mushaklarni
tanlab bo‘shashtiradi, qon tomir devorining qarshiligini
kamaytiradi, qon bosimi pasayadi. Natijada birinchi galda
kattaroq vena, keyinchalik arteriya qon tomirlari, shu bilan
bir qatorda koronar qon tomirlari ham kengayadi. Bunday
ta’sir oqibatida ishemiya holidagi miokardning qon bilan
ta’minlanishi oshadi, ikkinchi tomondan periferik venalarning
kengayishi yurakning o‘ng bo‘lmacha va qorinchaga bo‘lgan
yuklamani, arteriyalarning kengayishi esa chap qorincha
keyingi yuklamasini kamaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida,
miokardning qisqarish kuchining pasayishiga va kislorodga
bo‘lgan talabning kamayishiga olib keladi. Natijada miokardda
og‘riq sezilishi yo‘qoladi.
Shunday qilib, nitratlarning stenokardiyaga naf qilishi,
asosan, miokardning kislorodga bo‘lgan talabini kamaytirishga
va qisman uni qon bilan ta’minlanishining tiklanishiga bog‘liq.
Nitratlarning tomir silliq mushaklarini bo‘shashtiruvchi
ta’sir mexanizmi ularning tanada azot oksidi hosil qilishiga
bog‘liq.
Nitratlarga xos bo‘lgan qon bosimining pasayishi ham
shunday ta’sir bilan tushuntiriladi. Bunday ta’sir qon tomir
endoteliy hujayralarida ishlab chiqariladigan relaksatsiya faktoriga
o‘xshaydi.
Bundan tashqari, nitratlar trombotsitlarning agregatsiyasini
kamaytiradi va tromb hosil bo‘lishining oldini oladi.
Nitratlar stenokardiyada ishlatilishi bo‘yicha og‘riq xurujida
va xurujning oldini olish maqsadida beriladigan, ta’sir davo-
miyligiga ko‘ra qisqa va uzoq muddat kor etadigan preparatlarga
222
bo‘linadi. Birinchi guruhga nitroglitserin va trinitrolong misol
bo‘ladi.
Nitroglitserin (tabletkasi yoki 1% spirtli eritmasi, inyeksiya
uchun suyuq dori shakli) xuruj vaqtida beriladi. Òa’siri
2—3 daq.da boshlanib, 10—30 daq. davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |