Dibazol va No-shpa preparatlari ham o‘z ta’siri va ishlatilishi
bo‘yicha papaveringa yaqin turadi.
Giðotenziv dori vositalari sifatida siydik haydaydigan
(diuretik) preparatlar ham qo‘llanadi. Ular qon tarkibidagi
suvni siydik bilan chiqarib yuborishi hisobiga umumiy qon
hajmini kamaytiradi. Shuning uchun qon bosimi pasayadi.
Ulardan, asosan, dixlotiazid, klopamid preparatlari kasallik-
ning 1- va 2- bosqichida ko‘pincha boshqa giðotenziv
preparatlar tarkibida qo‘llanadi (adelfan, brinerdin).
Qon bosimini pasaytiradigan ta’sirli dori vositalariga kalsiy
antagonistlari ham kiradi. Ular tomir devoridagi silliq mushak
hujayralariga (miofibril) qisqarishi uchun zarur bo‘lgan kalsiya
ionlarining kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli mushaklar
bo‘shashib, tomirlar kengayadi va bosim tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |