11
Amerikaning shimoliy qismiga ikki marta ekspeditsiya
uyushtiradi va bu
yerlarni yangi qit’a ekanligini aniqlaydi. Amerika qit’asini birinchi bo‘lib,
u yerlar dunyoning yangi qit’asi degan fikrni ilgari surgan va uni „Yangi
Dunyo― deb atagan sayyoh
Amerigo Vespuchchi
(1454 – 1512) sharafiga
uning nomi bilan atalishini 1507- yilda lotaringiyalik xaritashunos Martin
Valdzemyuller taklif etgan. Keyinchalik bu nom hammaga ma’qul bo‘ldi,
1538- yildan xaritashunos Gerard Merkator (1512 – 1594)
xaritasida
tasvirlangandan boshlab Shimoliy Amerika ham shunday atala boshladi.
Amundsen
– Tinch okeandagi dengiz. Maydoni 98 ming km
2
.
Eng chuqur joyi 585 m. Dengiz nomi norveg sayyohi va qutb tadqiqotchisi
Rual Amundsen
(1872 – 1928) sharafiga shunday nomlangan. Sayyoh
birinchi marta 1903 – 1906- yillarda „Yoa― kemasida shimoli-g‘arbiy den-
giz yo‘li orqali Grenlandiyadan
Alyaskaga o‘tdi
va Shimoliy
magnit qutbining o‘sha paytda-
gi aniq nuqtasini belgilab berdi.
Rual Amundsen 1911- yil
„Fram― kemasida Antarktika
2
-
ga ekspeditsiya uyushtirdi va
o‘sha yili 14- dekabrda tarixda
birinchi bo‘lib
Janubiy qutbga
yetib bordi. Janubiy qutbdan
qaytishda Qirolicha Mod tiz-
masini kashf etdi.
2
Antarktika
(yunoncha, anti – qarshi, arctikos – shimoliy) – janubiy qutb atrofidagi sovuq o‘lka.
Umumiy maydoni 52,5 mln km
2
. Antarktikaga Antarktida materigi
va uning atrofidagi orollar
kiradi.
Amundsen dengizining geografik
joylashuvi
12
Amundsen 1918 – 1920- yillarda „Mod― kemasida Yevrosiyo
sohillari bo‘ylab Shimoliy Muz okeanini suzib o‘tdi. U 1926- yilda
amerikalik Linkoln Elsuort va italiyalik
Umberto Nobile bilan Shpitsbergen – Shimoliy
qutb – Alyaska yo‘nalishida „Novegiya―
dirijablida Alyaska ustidan uchib o‘tdi.
Amundsen halokatga uchragan Umberto Nobile
ekspeditsiyasiga yordam ko‘rsatish
uchun
gidrosamolyotda uchib borayotganida 1928- yil
18- iyunda Barens dengizida halokat-ga uchrab,
bedarak yo‘qolgan. Hozirgi kunda Sharqiy
Antarktidadagi tog‘, Kanada yaqinidagi qo‘ltiq, Shimoliy Muz okeanidagi
suvosti soyligi Amundsen nomi bilan ataladi.
Anju
– Novaya Sibir arxipelagining
markaziy qismida joylashgan yirik orollari.
Maydoni 29 ming km
2
ga yaqin.
Orollar
1772 – 1773- yillarda Ivan Lyaxov va 1805-
yilda Yakov Sannikovlar tomonidan kashf
etilib, 1821 – 1823- yillarda Arktika
3
da tad-
qiqot olib borgan ekspeditsiya rahbari,
rossiyalik
admiral
Pyotr Fyodrovich Anju
(1796 – 1869) sharafiga uning nomi bilan
ataladi.
3
Arktika
(yunoncha, arkticos – shimoliy) — Yer sharining Shimoliy qutbiy o‘lkasi. Umumiy
maydoni taxminan 21,3 mln km
2
. Shimoliy Muz okeani, undagi orollarni (Norvegiya qirg‘oqlariga
yaqin orollardan tashqari), Atlantika va Tinch okeanlarining shimoliy qismlarini hamda Yevrosiyo
va Shimoliy Amerikaning shimoliy chekka qismlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: