Abituriyentlar uchun 6-sinf savol-javoblari
24 204 18-04-2017, 18:36 Abituriyent
6- sinf Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi
Mavzu: Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi nimani o`rganadi?
Materik bilan qit’alar farqi nimada?
- Materiklarga atrofidagi orollar kirmaydi, qit`alarga esa orollar qo`shib bir nom bilan aytiladi.
Materiklar va Okeanlar geografiyasi nimalarni o`rganadi?
- Geografik qobiq va uning taraqqiyot qonuniyatlari, tuzulishi va xususiyatlari, tarkibiy qismlari, har bir materik va okeanlarni tabiiy geografik xususiyatlarini o`rganadi.
Darslik mazmunan nechta bo`limdan iborat?
- 5 ta.
1969- yilda kimlar oyga birinchi bo`lib qo`ndilar?
- AQSh lik Nil Armstrong va Oldrijlar.
Dunyodagi eng chuqur ko`llar?
- Baykal (1620), Tanganika (1470), Kaspiy (1025), Nyasa ( 706), Issiqko`l (668 m).
6. Maydoni 5 mln km2 bo lgan pastekislik?- Amazonka past.
7. Ubzu nur ko`li qaysi davlatda joylashgan?- Mongoliya.
8. Po`znan, Lodz,Krakov, shaharlari qaysi davlatga qarashli?- Polsha.
9. Chukotka ya. Oroli bilan Alyaska ya. oroli orasidagi bo`g`oz?- Bering bo`g`ozi.
10. Bermuda orollarining markazi, poytaxti qaysi shahar?- Gamilton.
Mavzu: Geografik xaritalar va ularning turlari, atlas, globuslar.
11.Xaritalar qaysi xususiyatlariga ko`ra guruhlarga ajratiladi?- Hududning katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga va ko`zda tutilgan maqsadiga ko`ra turlari.
12. Xaritalar miqyosiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?- Yirik mashstabli (1:10000 dan 1: 200000 gacha), o`rta masshtabli (1:200000 dan 1: 1000000 gacha), mayda masshtabli (1:1000000 va undan mayda).
13. Tabiat zonalari, ekologik xaritalar mazmuniga ko`ra qanday xaritaga mansub?- Mavzuli tabiiy xaritalar.
14. Atlas deb nimaga aytiladi?- Yagona dastur asosida bir butun asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning sistemali to`plamiga atlas deyiladi.
15. Birinchi xaritalar to`plami kim tomonidan yaratilgan?- Yunon olimi Klavdiy Ptolemey.
16. Globuslarlarning masshtabi qanday bo`ladi?- 1:30000000 dan 1:83000000 gacha.
17. Yunon olimi Pifagorning yer shar shaklida degan fikriga asoslanib Er.av 2 asrda Globus yasagan yunon olimi?- Krates (yunonistonlik Er av II asr).
18. Toshkent globusi nechanchi yilda o`rnatilgan?- 1984 yil O`z MU geografiya fakultetida.
19. Pekin shahri Toshkentdan qaysi tomonda?- Sharq tomonda.
20. 1 smda 500 m masshtabda masofa necha marta kichraytirilgan?- 1:50000 Demak, masofa 50000 marta kichraytirilgan.
21. Martin Bexaym yasagan globusda qaysi hududlar tasvirlanmagan?- Amerika, Avstraliya va Antartida.
22. Yer sharidagi eng shimoliy va eng janubiy nuqtalar?- Shimoliy va janubiy qutblar.
23. Dunyodagi eng baland ko`l qaysi davlatlar hududida joylashgan?- Peru va Boliviya davlatlarida Titikaka ko`li.
Do'stlaringiz bilan baham: |