21
Bermud
–
Atlantika okeanining g‘arbidagi bir guruh (180 tacha)
marjon orollar. Shimoliy Amerikadan 900 km sharqda joylashgan.
Maydoni 53,2 km
2
. Orollardan eng kattasi – Bermuda oroli so‘ngan
suvosti vulqoni cho‘qqisidan iborat. Orollar ispan sayyohi
Xuan Bermudes
tomonidan 1503- yilda kashf etilgan. Shu boisdan orollar uning nomi bilan
ataladi.
BERUNIY
– Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi shahar, Beruniy
tumanining markazi. Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Iqlimi kes-
kin kontinental xususiyatga ega. Beruniy shahrining aholisi 66 ming kishi
(2018). Beruniy shahri qadimgi Xorazm davlatining poytaxti bo‘lgan va
o‘sha davrlarda Kot (Kat) deb atalgan. Shahar 1957- yilgacha Shabboz
(Shayx Abbos Vali) deb nomlangan. 1957-
yilda shaharga shu yerda
tug‘ilib o‘sgan olim va mutafakkir
Abu Rayhon Beruniy
(973 – 1048) nomi
berildi. 1962- yilda shahar maqomi berilgan. Bugungi kunda Beruniy
shahri Qoraqalpog‘iston Respublikasining muhim sanoat markazlaridan
biri hisoblanadi. 1969- yil 13- martda
Amudaryo suvining toshishi
Beruniy tumani va uning markazi Beruniy
shahrining geografik joylashuvi
Abu Rayhon Beruniy
(973 – 1048)
22
natijasida shahardagi bir qancha binolar jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, tez
fursatda shahar qayta tiklandi va kundan-kunga zamonaviy qiyofaga kirib,
rivojlanib bormoqda.
Birdmor
–
Yer sharidagi eng katta vodiy muzliklaridan biri,
Antarktidada joylashgan. Qutb platosidan
tushib Ross shelf muzligiga
tutashadi. Uzunligi 168 km, eni 40 km. Muzlik 1908- yil dekabrida Ser
Ernest Genri Sheklton (1874 – 1922) boshchiligidagi ingliz ekspeditsiyasi
tomonidan kashf qilingan va ekspeditsiyani moliyaviy tomondan ta’min-
lagan lord
U.Birdmor
nomiga qo‘yilgan.
Bismark
–
Tinch okeanda joylashgan,
Papua-Yangi Gvineya tarkibidagi arxipelag.
Ikkita yirik orol (Yangi
Britaniya va Yangi
Irlandiya) va bir necha mayda orollardan iborat.
Maydoni 50,5 km
2
ga yaqin. Arxipelagni 1616-
yilda gollandlar kashf etgan. 1884- yildan arxi-
pelag Germaniya mustamlakasiga aylantiriladi.
Orollar nemislarning mustamlakasi bo‘lgach,
arxipelagga taniqli davlat arbobi,
Germaniya
imperiyasining birinchi reyxskansleri (1871 –
1890), diplomat, knyaz
Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen Bismark
(1815 – 1898) nomi beriladi.
Bofort
–
Shimoliy Muz okeanining Shimoliy Amerika sohilidagi
chekka dengizi. Barrou burni hamda Banks va Prins-Patrik orollari
o‘rtasida joylashgan. Maydoni 476 ming km
2
, eng chuqur joyi 4683 m,
o‘rtacha chuqurligi 1004 m. Dengizning ko‘p
qismini materik sayozligi
egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: