Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

Kvant fizikasi amalda
» - deb nomlangan ruknda 
biz ushbu nazariya tufayli ixtiro qilingan va bugungi kundalik turmushimizning 
ajralmas qismiga aylangan muhim texnik vositalar, xususan, tranzistor, magnit-
rezonansli tomograf, lazer va boshqa texnika yutuqlari haqida gaplashamiz. 
Albatta, biz har safar muayyan bir elektr asbobdan foydalanganimizda, biz o‘zimiz 
bilib, yoki bilmagan holda kvant effektlaridan amaliy naf chiqarayotgan bo‘lamiz. 
Shunga qaramay, so‘nggi yillarda elektronika sohasida kvant tamoyillarining 
qo‘llanishi shu darajada chuqur va yaqqol bo‘lmoqdaki, ayrim manbalarga ko‘ra, 
rivojlangan mamlakatlardagi internet bog‘lanishlarining uchdan bir qismi kvant 
texnologiyalari asosida ishlayotgani ta’kidlanmoqda.
Kvant sarhadlari 
rukniga keladigan bo‘lsak, bu qismda biz hozircha faqat 
nazariy-gipotezalarda ko‘rib chiqilayotgan va nazariy jihatdan imkonli bo‘lgan, 
amalda ham uddalanishi mumkin bo‘lgan juda qiziqarli, deyarli fantastik kvant 
hodisalari haqida so‘z yuritamiz. Masalan, ushbu ruknda siz, favqulodda past 
haroratlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan va hatto vakuumda ham to‘liq bo‘shliq 
mavjud emas deb da’vo qiladigan nazariy energetik holat – nol nuqta energiyasi 
haqida mutolaa qilasiz. Shuningdek, mazkur rukn sizga kvant fizikasi tamoyillarini 
atom yadrolari, gravitatsiya, hamda hatto biologiyaga qanday tadbiq qilinishini 
ko‘rsatib beradi.


Nazariyaga sho‘ng‘ish
Mavzularning ham biri ajoyib illyustratsiyalar bilan ta’minlangan bo‘lib, mavzuni 
o‘qish va tushunish uchun qulay qilish maqsadida, uni bir necha qismlarga ajratib 
bayon etdik. Nazariya haqidagi asosiy ma’lumotlar 30 soniyaga mo‘ljallangan. 
Shuningdek, ushbu eng muhim ma’lumotni to‘ldiradigan va boyitadigan 3 
soniyalik ixcham va muhim ilmiy fakt keltirib o‘tiladi. Agar, bayon qilingan 
mavzuga nisbatan sizda kuchliroq qiziqish uyg‘onsa, unda siz mavzuga chuqurroq 
sho‘ng‘ish uchun, qo‘shimcha ravishda «3 daqiqalik mulohaza» qismini ham 
mutolaa qilib chiqishingiz mumkin. Albatta, har bir mavzu uchun, ushbu mavzu 
bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mavzular ham mavjud. «3 soniyalik biografiya» 
bo‘limi esa, joriy mavzu yuzasidan mehnat qilgan va uni shakllantirgan
rivojlantirgan olimlar haqida hikoya qilib o‘tadi.
«Kvant nazariyasi uchun 30 soniya» shaklidagi formatning o‘zi ham, zamonaviy 
ilm-fanning eng hayratomuz, eng ajabtovur va eng qiziqarli sohasi bo‘lgan – kvant 
fizikasi sohasini, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘qish va uqish uchun qulay «kvant»larga 
ajratib taqdim qiladi. Bu esa, niyat qilamizki, mazkur bag‘oyat maftunkor ilmni 
o‘rganishda va o‘zlashtirishda siz aziz kitobxonga o‘ziga xos qulaylik, yengillik va 
ishtiyoq baxsh etadi. Biz atrofimizda ko‘rib, bilin, sezib, his qilib turgan hamma-
hamma narsaning tub asos mohiyatida kvant zarralari yotadi; lekin, o‘sha 
zarrachalarning o‘zi esa, biz ko‘nikkan olam manzarasidan tamomila tubdan, 
favqulodda katta farq qiladi. Kvant fizikasining kishini hayajonga soluvchi va 
hayratga cho‘mdiruvchi maftunkor paradoksi aynan shu jihat bo‘lib, mutolaa 
davomida sizga uni tanishtirishga harakat qilamiz. Ishoning, kitobda bayon 
qilingan ilmiy faktlar sizni hayajonga solmay qo‘ymaydi...



Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish