Mavzu: So’zdan so’zning farqi bor Dasning maqsadi: a ta’limiy



Download 14,4 Kb.
Sana08.06.2022
Hajmi14,4 Kb.
#645430
Bog'liq
so\'z saltanatiga sayr dars ishlanmasi


Sana:________, Sinf________, Fan____________________
Mavzu: So’zdan so’zning farqi bor
Dasning maqsadi:
a)ta’limiy: E.Vohidovning “So’z latofati”kitobda bayon qilingan mulohazalar asosida tilimizdagi so’z va iboralarning kelib chiqishi,qo’llanilishi haqida fikrlashish;
b)tarbiyaviy:O’quvchilarda so’zning sehrli olamidan hayratlanish,qadimiy va boy tilimizdan faxrlanish hissini shakllantirish;
c)rivojlantiruvchi: O’quvchilarda so’zlar etimologiyasi,ma’nolarini izlashga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish,ularni ijodkorlikka, mustaqil fikirlashga o’rgatish.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: “So’z latofati”kitobi,
“O’zbek tilining izohli lug’ati” 1-5 jildlar, E.Vohidovning she’riy to’plamlari,proyektor.
Dars turi:erkin suhbat,fikr almashish.
Darsning shiori: Dunyoning eng ajib,eng sirli va sehrli sayohatlaridan biri so’z olamiga sayohatdir.
(Erkin Vohidov)
Darsning borishi: Ekranda Erkin Vohidovning “So’z latofati” kitobidan olingan hikmatlar aks etib turadi.
O’qituvchi: Bugungi darsimiz O’zbekiston Qahramoni, Xal shoiri Erkin Vohidovning ona tilimiz haqida goh suyunib,goh kuyunib yozgan fikrlari,mazmundor maqola,tadqiqotlari jamlangan “So’z latofati”kitobi haqida bo’ladi. Donishmand shoirimiz aytganlaridek,biz so’zni eshitamiz,so’zlashni q otiramiz,lekin so’z mag’zini chaqish aksar xayolimizga kelmaydi. Nega shunday deya o’zimizga savol bermaymiz.Kitobda biz ko’p ishlatadigan,lekin kelib chiqishi,ya’ni “tarjimaiyi holi” bilan unchalik qiziqmagan so’z va iboralar ma’nosi xususidagi olimona mulohazalari,teran tahlilllar shoirona yo’sinda ifoda etilgan.Darsimizda siz bilan kitob mutolaasi davomidagi hayratlaringiz,o’qib-uqqanlaringiz haqida fikrlashamiz.
1-O’quvchi:Kitobni o’qir ekanman,buyuk shoirimizning so’z olamidagi topilmalaridan hayratda qoldim.
“Ibtidoiy ong egalarining birinchi so’zi nima edi? Xayolimga kelgan javob shu bo’ldi: u toshni toshga urib chaq etgan tovushni eshitgan-u,chaq deya ovoz chiqarib,o’zining birinchi so’zini aytgan”.
Mana shu birgina chaq fe’lidanchaqmoq,chaqin,chaqmaqtosh so’zlari hosil bo’lgan ekan.Kitobda bu so’zdan chaqimchi,chaqmachaqar,chaqimchilik,chaquv,hatto chaqchaqlashuv so’zlarining hosil bo’lishi shoirona izohlab berilgan.
2-o’quvchi:Chaqa so’zi lug’atlarda “kichik yara,jarohat” deb izohlanadi.E.Vohidov fikricha,tosh bir-biriga urilganda uchgan yeri-chaqa,toshga qoqilganning oyoq barmog’i-chaqa,ko’p gapirganning tili-chaqa.Biz, shuningdek,pulning maydasi chaqa, kichik bolani bola-chaqa,chaqoloq deymiz.
3-o’quvchi:Kitobdagi “Eng avvalgi so’z” maqolasida yozilishicha,insoniyatning ilik so’zlari tovushga taqliddan paydo bo’lgan ekan.Qushlarning churq-churq qilgani chumchuq,lak-lak qilgani laylak (aslida laklak),qag’illagani qarg’a, bul-bul deb sayragani bulbul deyilgan.
Inson o’zi yasagan buyumlarga shu tarzda nom bergan ekan.
Taqillab urilgan asbob to’qmoq,tuyoq ostida taqillab ovoz bergan temir taqa,zag’illagan qo’ng’iroq zang deb atalgan.
4-o’quvchi:Men kitobdagi ko’pgina maqolalarni qiziqish va qunt bilan o’qidim.O’zim uchun juda ko’p yangi ma’umotlarga ega bo’ldim.
Muallif uzum so’zining uzmoqdan hosil bo’lganini shunday izohlaydi:
“Unga narsa-unum,g’uj o’sgan meva-g’ujum,jamiyat tuzilishi-tuzum,cho’g’ning qori –qurum, og’izga solib yutganimiz-yutum,qult etib o’tgan suv-qultum bo’laishini aytib,uzib yeganimiz uzum bo’ladi-da”,-deydilar.
5-o’quvchi:Elchi so’zining ma’nosi ham kitobda soda,tushunarli izohlangan.
“O’zbek tilining izohli lug’ati”da el,elat so’zlari bir joyning odamlari,aholisi,xalqi deb ta’riflangan.El so’zi qadimda davlat tushunchasini ham ifoda qilgan ekan.Elchi bir davlatdan boshqa davlatga yuborilgan shaxsgina emas,elni elga el iladigan,ya’ni xalqlar o’rtasida do’stlik ko’prigini quruvchi ham ekan.Shuning uchun :”Elchiga o’lim yo’q”,-deb aytar ekanmiz.
6-o’quvchi:Men kitobda “omonat” degan o’zbekona so’zning bir necha ma’nolari keltirilgan.Lug’atlarda bu so’z”saqlash uchun berilgan narsa”,”tuhfa”deb izohlanadi.Men bu so’z mulk haqida aytilsa Allohning omonati ma’nosini ifodalanishini,shuningdek bu so’z omonat dunyo,omonat olam,omonat uy,omonat banda,omonat gap kabi birikmalarda qo’llanishini bilib oldim.
O’qituvchi:”So’z latofati” ni mutolaa qilgan har bir kitobxon ardoqli shoirimizni ham olim,ham donishmand,ham faylasuf sifatida kashf qiladi.Bir dars davomida barcha hayrat-u taassurotlarimizni aytish imkonsiz.
Zamonaviy “Muhokamat ul-lug’atayn” deya e’tirof etilyotgan “so’z latofati” ning sirli,sehrli olamiga qayta-qayta sayr qilamiz,uning mo’jizalari haqida hali ko’p suhbatlashamiz.
Baholash va rag’batlantirish:O’quvchilar javobiga ko’ra baholanadi.Eng faol o’quvchi E.Vohidovning asari bilan rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa: Tilimizdagi fuqaro, mastava,maqola,hamshira,g’araz so’zlarining kelib chiqishi haqida kichik tadqiqot tayyorlash.
Download 14,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish