So’zlarning ishlatilish doirasiga ko’ra turlari (32 dars)
I. Umumxalq ishlatadigan so’zlar (faol lug’at, faol leksika)
Hamma uchun tushunarli bo’lgan va nutqimizda faol qo’llanadigan umumiste’moldagi so’zlar umumxalq ishlatadigan so’zlar sanaladi. Salom, ota, ona, suv, dars, kollej, telefon, televizor…
II. Umumxalq ishlatmaydigan so’zlar (nofaol leksika, chegaralangan so’zlar)
moma, cho’ri, loy (pul) qolip, nota…
1) Shevaga xos so’zlar (dialektizm)
Ma’lum bir hududda qo’llanuvchi va shu hududdagilar uchun tushunarli bo’lgan so’zlar shevaga xos so’zlar sanaladi. Shevalar yig’indisi lahja deyiladi.
Adabiy til
|
shevada
|
beshik
|
gavora
|
supurgi
|
jo’rob
|
shilpildoq
|
qayish
|
turshak
|
g’o’lin
|
o’rik
|
zaldori
|
buzoq
|
go’sala
|
chumoli
|
mo’rcha
|
pomidor
|
patinjon
|
do`ppi
|
takya, qalpoq, kallapo`sh
|
narvon
|
shoti
|
oy
|
ay
|
tom
|
uchak
|
sigir
|
inak yoki uy
|
tuxum
|
mayak,yumirta
|
O’zbek adabiy tili qarluq lahjasiga asoslangan, fonetik jihatdan Toshkent shevasi, morfologik jihatdan Farg’ona shevasi asos qilib olingan.
2) Atamalar (termin, istiloh).
Ma’lum bir ilm-fan, kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llanadigan so’zlar atamalar deyiladi.
tazod, kesim, sinus, hujayra, tezlanish, burchak to’pi, penalti, himoyachi, darvozabon, molekula…
***Atamalar ikki yo’l bilan hosil qilinadi.
a) boshqa tildan so’z olish orqali: radius, diametr, vatar, katet
b) umumxalq tilidagi ma’lum bir so’zning ma’nosini maxsuslashtirish orqali: nur, doira, ega, piramida, burchak, hosila…
3) Eskirgan so’zlar.
Ma’lum davrda qo’llanib , hozirda iste’moldan chiqib ketgan so’zlar eskirgan so’zlar deyiladi.
Eskirgan so’zlar ikkiga bo’linadi.
1. Arxaik so’zlar.
So’z eskiradi, ammo uning o’rnini boshqa so’z egallaydi. So’z eskirsa ham u ifodalagan tushuncha saqlanib qoladi.
Cherik – askar, o`kush – ko`p, talim – bir qancha, dudoq – lab, meng – hol, tilmoch – tarjimon, oblast—viloyat, xasm—dushman, zavraq—qayiq, zij—taqvim, handasa—geometriya, riyoziyot—matematika,
2. Tarixiy so’zlar(istorizm).
So’z ham, u ifodalagan tushuncha ham birgalikda eskiradi, yo’qoladi.
omoch, amir, kanizak, xon, jallod, yasovul, mirzaboshi, xattot, mahsido’z, dubulg’a, sovut, qalqon, g’ulom
IV. Vulgarizm.
Tilimizdagi so’kinish, qarg’ish kabi axloq me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan so’zlar vulgarizmlardir.
V. Varvarizm.
Nutqda o’zbek adabiy tiliga o’zlashmagan ajnabiycha so’zlardan o’rinli-o’rinsiz foydalanish varvarizm sanaladi.
Vot gap gde. Endi hammasi panyatna . Karochi , hammasini to’g’irlaysan .
VII. Jargonizm. Ayrim tabaqa vakillari tilida faol ishlatiladigan so`zlardir. Masalan: Olampanoh, volidayi muhtarama, padari buzrukvor, manzirat qilmoq va hakozo.
VIII. Neologizm.
Tilda yangi paydo bo’lgan so’zlar neologizmlar sanaladi.
modem, fleshka, dosturchi, uyali telefon, fermer
Diqqat!!! Tildagi qo’pol, beodob, ishlatilishi noqulay so’z va birikmalarni so’zlashuv tiliga xos qulay so’z va birikmalar bilan almashtirish evfemizm deyiladi. Masalan , ko’r emas ko’zi ojiz, xotin emas onasi, tug’di emas ko’zi yoridi, o’ldi emas vafot etdi.
Diqqat!!! Olinma (o’zlashma) so’zlarning aksariyati rus, arab, fors tillaridan kirib kelgan.
Diqqat!!! So’z, ibora, tasviriy ifoda va atamalar lug’aviy (leksik) birlik sanaladi.
Maqol, metal, ibora va hikmatli so’z (aforizm) va tasviriy ifodalar barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birikmalarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’lim paremeologiya deyiladi. Ularning lug’atini tuzish paremeografiyaning vazifasi sanaladi.
O'zbek tilining boyish manbalari
1) ichki manba
2) tashqi manba
1: o'z ichki imkoniyatlarimiz orqali a) so'z yasash ; ish+chi ishchi
b) shevalardan so'z olish orqali: narvon, shoti ,zangi c)eskiribqolgan so'zlarni qaytadan faollashtirish orqali: devon hokim vazir
Do'stlaringiz bilan baham: |