Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

 
Kvant inqilobi 
Ammo, tez orada avvalgi «samimiy» fizika tarafdorlarining hafsalasi pir bo‘ldi. 
Chunki, atom tuzilishining bunday modeli ham amalda bo‘lishi mumkin emas edi. 
Xuddi Quyosh tizimi singari tuzilishga ega bo‘lgan, ya’ni, markazda Quyosh-yadro 
bo‘lgan va uning atrofida sayyoralar-elektronlar aylanayotgan tarzida tasavvur 
qilingan ko‘rinishdagi atom beqaror zarracha bo‘lgan bo‘lardi va unda, kvant 
zarrachalarining xatti harakatini ham avvaldan aniq bilish mumkin bo‘lardi (xuddi 
tennis to‘pining qayerga borib tushishini avvaldan bilsa bo‘lganidek). Kvant 
nazariyasining rivojlanib borishi sari, olimlarga shunday ajabtovur narsalar 
namoyon bo‘la boshladiki, ma’lum bo‘lishicha, biz bilgan va ko‘nikkan olam (uni 
makrodunyo deb ataymiz) va kvant zarrachalari olami – mikrodunyodagi fizik 
hodisalar orasida aql bovar qilmas katta tafovut mavjud ekan. Bizning 
makrodunyoda tennis to‘pini uloqtirganda, uning massasi va unga berilgan kuchga 
ko‘ra to‘pning trayektoriyasini aniq hisoblash va oldindan bilish mumkin. Kvant 
zarralarining o‘zini qanday tutishini esa, faqat ma’lum ehtimollik bilan, oldindan 
taxminan bilish mumkin xolos. Kvant zarrachalari tabiatida noaniqlik tamoyili 
avvalboshdan (yaratilishdan) mavjud bo‘lib, ushbu tamoyil ochilmagunicha, kvant 
zarralarining u yoki bu holatda o‘zini qay tarzda tutishini bilishning imkoni 
bo‘lmagan. 
Bu narsa Eynshteynning boshini qotirib, tashvishga solib qo‘ydi. U shunday 
yozgan edi: «
Men, nurlanish ta’sirda uchib chiqayotgan elektronning nafaqat o‘z 
harakati davomiyligini, balki, harakat yo‘nalishini ham o‘z xohish-irodasi bilan 
tanlashi haqidagi g‘oyani ma’qullay olmayman. Agar shunday bo‘lgan taqdirda, 
men yaxshisi kosib bo‘lganim, yoki, o‘yinxonalarda xizmatchi bo‘lganim yaxshi 
edi
». Uning yanada mashhur bo‘lgan iborasi esa «Xudo gardkam o‘ynamaydi» - 
tarzida yangragan. Lekin, ushbu g‘oya garchi Eynshteynga yoqmagan bo‘lsa-da, 
boshqa olimlar uchun qiziqarli va asosli bo‘lib ko‘rindi.
Amerikalik buyuk fizik Richard Feynman shunday hikoya qilgan edi: «
Men 
sizlarga Tabiatning nima ekanligini aytib beraman, va agar u sizga ma’qul 
kelmasa, ehtimol siz buni tushunmagan bo‘lasiz... Kvant fizikasi Tabiat haqida 
ongli ravishda bo‘lmag‘ur gaplarni gapiradi. Eng asosiysi, biz uchun bo‘lmag‘ur 
gap bo‘lib ko‘ringan o‘sha narsalarning haq ekanini amaliy-eksperimentlar 
tasdiqlab turadi. Shu sababli, umid qilamanki, siz Tabiatni qanday bo‘lsa 
shundayligicha, o‘sha bo‘lmag‘ur g‘oyalari bilan qabul qilasiz
».
O‘ylaymanki, ushbu kitob, xuddi Feynman aytganidek, bir qarashda bo‘lmag‘ur 
bo‘lib tuyuladigan, lekin, aslida bag‘oyat maftunkor va qiziqarli bo‘lgan kvant 
mikrodunyosi ajoyibotlaridan boxabar bo‘lishga va unlardan hayratlanib
go‘zalligidan bahramand bo‘lishingizga xizmat qiladi.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish