KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
344
Barchamizma ma‘lumki, hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan ta‘limning yanada
rivojlanishi uchun turli sa‘yi-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday urinishlardan
biri dars sifatini oshirish, uning mazmunli bo‘lishiga ko‘maklashish hisoblanadi. Dars
jarayonining qiziqarli va sermazmun o‘tkazilishi bevosita o‘qituvchi mahorati hamda darsda
qo‘llaniladigan turli o‘quv mashqlari , didaktik o‘yinlarga bog‘liq bo‘lib, ular bilan amaliy
tarzda ishlash o‘quvchilar dunyoqarashini hamda fanga bog‘liq bo‘lgan ilmlarini yanada
yuksaltirishga xizmat qiladi[8]. Biz siz bilan tahlil qilmoqchi bo‘lgan ushbu maqolada ona
tili darslari va ularda qo‘llaniladigan fanga oid mashqlar hamda turli lingvistik o‘yinlar
xususida tahlil olib boramiz.
Ona tili fani o‘quvchilar savodxonligini tilshunoslik nuqtayi nazaridan oshirishga
xizmat qiluvchi muhim fan tarmog‘i hisoblanadi. Aytish lozimki, ona tili darslariga dars
jarayonida turlicha yondashish ushbu yo‘nalishning yanada o‘quvchilar uchun
oydinlashuviga xizmat qiladi. Ona tilini fanini o‘qitish jarayoni quyidagilarni o‘z oldiga
maqsad qiladi:
- O‘quvchilarning tilga oid bilim, ko‘nikma, malakalarini oshirish;
- O‘quvchilarda fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish;
- Og‘zaki nutq savodxonligini yuksaltirish;
- Yozma nutqqa oid malakani rivojlantirish va hokazo[7].
Demak, yuqoridagi holatlarni o‘zida mujassam etgan ona tili fani hozirda ta‘lim
sohasini yanada taraqqiy etishiga xizmat qiluvchi asosiy fanlardan biri sanaladi.
Maktab o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida ona tili fanining o‘tilishida o‘qituvchi
mahorati o‘ta muhimlikka ega. Negaki o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan turli metodlar,
o‘quv mashqlari, lingvistik o‘yinlar dars asosini tashkil etishi barchamizga ma‘lum, Har bir
sinf yoshiga mos holda tanlangan mashqlar, o‘yinlar ularda mavzuga oid bilimlarning
yanada ildamlashuviga sabab bo‘ladi. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: xo‘sh, dars vaqtida
qanday o‘quv topshiriqlari bilan ishlash lozim, qanday lingvistik o‘yinlar o‘quvchilar uchun
foydali sanaladi?
Ona tili darslarida o‘quv mashqlarini amalga tatbiq qilish uchun ularning quyidagi
sifatlarga javob berishini ta‘kidlash o‘tishimiz zarur, birinchidan, ona tili darslari uchun
tanlab olingan o‘quv mashqlari o‘quvchilarning yoshiga, dunyoqarashiga , ruhiyatiga
monand bo‘lmog‘i kerak[7]. Ya‘ni bolaning har tomonlama shakllanishini hisobga olgan
holda olingan mashq tizimi ular uchun tushunarli hamda oson bo‘lishiga yordam beradi. 5-
sinflar uchun yaratilgan ona tili darsligining ―Bo‘g‘in va uning ahamiyati‖ mavzusidan
olingan 95-mashq va mashq topshirig‘iga e‘tibor bering[2]:
95-mashq. Ushbu hikmatlarni tinglang. Mazmuni yuqoridagi matnga mos kelmagan
hikmatni ajratib, so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib chiqing.
Yaxshilik qil, daryoga tashla: baliq bilar, baliq bilmasa, Xoliq bilar. (Maqol)…
Yuqoridagi mashqda ko‘zga tutilgan maqsad o‘quvchilarni hikmatlar bilan tanishtirish
hamda jumladagi bo‘g‘inlarni ajrata olish ko‘nikmasini yanada shakllantirish hisoblanadi. 5-
sinf o‘quvchilari uchun tanlab olingan ushbu mashq ular uchun har tomonlama mos hamda
yoshga oid hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |