“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
347
KINOYA VA UNGA YONDOSH STILISTIK VOSITALAR
Parmonov Alisher Abdupattoyevich
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada kinoya va unga yondosh bo‘lgan bir qancha stilistik troplar
va badiiy tasvir vositalari haqida so‘z yuritiladi. Unga ko‘ra kinoya ko‘chim, parafraza,
allegoriya kabi vositalarga o‘xshash va chambarchas bog‘liqdir. Bundan tashqari, kinoyani
o‘zida jamlagan ba‘zi asarlar va misollar ham berilgan
Kalit so‟zlar:
kinoya, intoq, allegoriya, parafraza, ko‘chim, litota.
Kinoya hodisasi o‘ziga xos tarzda ifodalanishi bilan , o‘ziga xos ma‘nosi va uni
amalga oshirish vositasi sifatida, ingliz va o‘zbek tillarida tilshunoslik bir necha sohalarida
asosiy tadqiqot masalasiga aylanib ulgurdi. Matn hoh og‘zaki bo‘lsin hoh yozma, hoh badiiy
bo‘lsin yoki ilmiy, kinoya bu matndagi asl ma‘noni kesatiq, qochirim va ko‘chim orqali
ma‘lumot qabul qiluvchiga yetkazib beradi. Kinoya, matndagi uslubiy vosita,
maʼqullagandek yoki rizo bergandek boʻlib,
rad
etish, istehzoli kulish degan ma‘nolarni
anglatadi. Kinoyada
soʻz
yoki ifoda nutqda asl maʼnosiga teskari, hatto uni rad etuvchi
mazmun
kasb
eta oladi. Kinoya uslubiy vosita sifatida majoziy soʻzlar orqali piching va
istehzoni ifodalaydi. Mana shu piching va istehzoni ifodalash orqali yozuvchi yoki
so‘zlovchi o‘z fikrini garchi salbiy bo‘lsada hech ikkilanmay ifoda eta oladi. Komillikning
bir turi boʻlgan kinoyada kulgulilik va jiddiylik bir matn niqobi ostiga yashirinib, oʻzida
soʻzlovchidagi ustunlik yoxud gumonsirash tuygʻusini aks ettiradi. Kinoya
xalq
ogʻzaki
ijodida ham, yozma
adabiyot
namunalarida ham keng qoʻllanadi. Misol tariqasida, ko‘plab
asarlarni, shuningdek, Alisher Navoiyning ―Lison ut-tayr‖, Gulxaniyning ―Zarbulmasal‖,
Abdulla
Qahhorning ―
Mayiz
yemagan xotin‖ [5.1] va boshqa ko‘plab asarlarda kinoya jonli
va konkret badiiylik yaratishga xizmat qilgan. Nomi aytib o‘tilgan asarlarda muallif
kinoyadan mohirona foydalanib insoniyatning nuqsonlarini ochib bergan. Badiiy asarlarda
ruhiy holatni yozuvda ifodalash o‗ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar
ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‗lish, xafa bo‗lish, rozilik, taajjub, yalinish,
hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‗roq, ta‘kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-
istak, qo‗llab-quvvatlash kabi holatlami aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlami
birdan ortiq yozish usulidan foydalanadilar.[1.56]
Kinoyaga yondosh stilistik troplar bir qancha bo‘lib, ulardan biri allegoriyadir.
Allegoriya bu ko‘chim, ya‘ni insonlar xarakterini jonsiz predmetlar va hayvonlar orqali
ifodalashdir. Badiiy matnda ko‘pincha hayvonlar, qushlar, yoki jonsiz narsalar insonlarning
yaxshi va yomon xulqini ifodalash uchun ishlatilinadi. Masalan, quyon qo‘rqoqlik va o‘ta
ehtiyotkorlikni ifodalasa, bo‘ri laqmalik va dangasalik, tulki esa o‘ta ayyor insonlarning
harakterini tanqid qilish uchun ishlatilinadi. Intoq – nutq sohibi sifatida tasvirlash,
insonlardek gapirtirish demak. Intoq bolalarga atalgan she‘r va hikoyalarda, ertak va
masallarda ko‗p qo‗llaniladi. Intoq san‘atidan masallarda alohida maqsad bilan
foydalaniladi. Insonlarga xos ba‘zi qusurlar, kamchiliklar narsa-buyumlar misolida obrazli
Do'stlaringiz bilan baham: |