“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublication. uz 328
YANGI O‟ZBEKISTON JAZONI IJRO ETISH TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR Ikromov Xurshid Abdulla o'g'li IIV akademiyasi kursanti Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar O‘zbekiston Respublikasining butun
hududida va barcha davlat organlarida jumladan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro
etish departamenti, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari va jazoni ijro etish
muassasalarida namoyon bo‘lmoqda. Jazoni ijro etish xizmati sohasida amalga oshirilgan
islohotlarni quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rishimiz mumkin:
Jazoni ijro etish muassasalari va hududiy mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlariga
kelib tushadigan murojaatlar va xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish va mobil
texnologiyalarni qo‘llagan holda aholidan kelib tushgan murojaatlarga electron shaklda
javob berish tizimining yo‘lga qo‘yilganligi;
Mavjud kamchilik va muammolar o‘rganib chiqan holda jazoni ijro etish tizimida ham
eski uslubdagi qog‘ozbozlikdan voz kechildi hamda himoyalangan electron hujjat aylanish
tizimini joriy etish ustuvor vazifasi belgilandi;
Jazoni ijro etish departamenti mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari va jazoni ijro
etish muassasalari faoliyatiga raqamli axborot texnologiyalarini joriy etishda yagona
texnologik yondashuvni taʼminlash hamda bu borada boshqa IIO tizimlari va davlat
organlari bilan hamkorlik keng yo‘lga qo‘yildi;
Jazoni ijro etish departamenti, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari va jazoni ijro
etish muassasalari faoliyatiga raqamli axborot texnologiyalarini va raqamli infratuzilmani
ishlab chiqish, joriy etish , shuningdek, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining oʼzaro
integratsiyasi amalga oshirildi;
Jazoni ijro etish departamenti, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari va jazoni ijro
etish muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarini bosqichma-bosqich toʼliq
elektron shaklga oʼtkazish ishlari muntazam davom etmoqda;
Jazoni ijro etish departamentining telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish
ishlari amalga oshirildi;
Jazoni ijro etish departamentining IT-reinjeneringini rivojlantirish va ushbu
yoʼnalishda xalqaro tajribani o‘rganib chiqish va tatbiq etish boyicha qator chora tadbirlar
amalga oshirilmoqda;
Jazoni ijro etish muassasalariga optik tolali aloqa kabellarini yotqizish hamda jazoni
ijro ertish muaassasalariga optik tolali aloqaga ulash va lokal tarmoqni yaratish boʼyicha
axborot kommunikatsiya va texnik vazifalar ishlab chiqildi;
Jazoni ijro etish muassasalarining nazorat oʼtish joylarida xizmat olib borish jarayonini
yangi tartibda tashkil etish uchun rentgen skaner qurilmalarini joriy etilmoqda ;
Belgilangan tartibda jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarga elektron tarzda tender savdolarini oʼtkazilmoqda;