“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublication. uz 331
umuniy o‘rta ta‘lim muassasalarida ma‘naviy –marifiy ishlarni tizimli tashkil etish,
mazkur yo‘nalishda uzluksiz monitoring, baholash va pragnozlash mehanizmlarini yo‘lga
qo‘yish, bola ta‘lim tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o‘rnini oshirish;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo‘naltirish
tizimini takomillashtirish;
alohida ta‘lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning xalq ta‘limi tizimiga integratsiyasini
kuchaytirish hamda inklyuziv ta‘lim jarayonlarini jadallashtirish;
umumiy o‘rta ta‘limda barcha ma‘lumot almashinuvi jarayonlarini Xalq ta‘limi
tizimmini boshqarishning yagona dasturiy majmuasi orqali amalga oshirilishini hamda
ushbu sohada electron davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;
umumiy o‘tra ta‘lim muassasalarining navbatlilik koeffitsiyentini optimal darajaga
yetkazish, zamonaviy modellar bo‘yicha maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish,
mukammal ta‘mirlash hamda zarur jihozlar bilan taminlash.
O‘quvchilarni bilimini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar qotorida o‘qituvchilarning
lavozimlarini ko‘tarishga qaratilgan ishlar ham olib borilmoqda. Shu boisdan, 2022-yil 1-
sentabrgacha fan oʻqituvchisi va maktab direktori lavozimlari uchun tanlovda ishtirok
etishga onlayn ariza topshirish va nomzod haqida ma‘lumotlarni joylashtirish imkonini
beradigan maxsus elektron portal yaratililishi rejalashtirilmoqda.
Umuniy o‘rta ta‘lim tizimini tubda isloh qilish ta‘lim sifatini oshirish maqsadida
2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
umumiy o‘rta ta‘lim tashkilotlari har 11-yilda kamida bir marta majburiy tarzda
attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi;
umumiy oʻrta ta‘lim tashkilotlari quyidagi tartibda attestatsiya va davlat
akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi;
faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta‘lim tashkilotlari — amaldagi akkreditatsiya
sertifikatining muddati tugaganidan so‘ng 11 yil muddatga;
yangi tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta‘lim tashkilotlari — ular tashkil etilgan
paytdan boshlab (belgilangan tartibda litsenziya olgan paytdan boshlab) 11 yil muddatga;
davlat umumiy o‘rta ta‘lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta‘lim
sifati monitoringi joriy etiladi;
uzluksiz uch yil davomida faoliyat samaradorligi darajasi yuqori bo‘lgan davlat
va nodavlat umumiy o‘rta ta‘lim tashkilotlarida tekshiruvlar tashkil etishga 3 yil muddatga
moratoriy joriy qilinadi.
Xulosa qilib shuni takidlash joiski, ta‘limga bo‘lgan e‘tibor yuqoriligi kelajakka
bo‘lgan poydevorning negizidir.