“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublication. uz 329
Shuningdek jazoni ijro etish muassasalari hududiga aloqa vositalari yashirin olib
kirilishi va foydalanishiga barxam berish boʼyicha radiotoʼlqinlarni soʼndiruvchi vositalarni
joriy etish hamda Oʼzbekiston Respublikasi standartlariga mos keluvchi radiotoʼlqinlarni
soʼndiruvchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va ularning mahsulotlarini
oʼrganilib, bizning standartlarimizga to‘g‘ri keladigan qurilmalarni jazoni ijro etish
muassasalari faoliyatiga joriy etilmoqda;
Ozodlikdan mahrum etilganlar joylashtirilgan jazoni ijro etish muassasalari va
koloniyalarni toʼgʼrisida fuqarolarning JShShIR
( yaʼni jismoniy shaxslarning shaxsiy
identifikatsion raqami )
4
va pasport maʼlumotlari asosida maʼlumot olish imkoniyatini
yaratish
hamda
ozodlikdan
mahrum
etilganlar
toʼgʼrisidagi axborot tizimini
takomillashtirish va Yagona portalga integratsiya qilish boʼyicha zarur tashkiliy chora
tadbirlar dasturi ishlab chiqildi;
Shu bilan birga Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portalida masofadan turib ozodlikdan mahrum etilganlar joylashtirilgan jazoni
ijro etish muassasalari koloniyalarni aniqlash boʼyicha davlat xizmatini ishga tushirildi
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar bilan uchrashuv vaqtlarini,
uchrashuvga kelganlar hisobini yuritish hamda ularga yetkazib beriluvchi pochta, banderol
va kiritilgan mahsulotlarning elektron hisobini yuritishga moʼljallangan axborot tizimini
ishlab chiqildi;
Hamda ushbu axborot tizimi yordamida mahkumlarning yaqin qarindoshlari uchrashuv
vaqtini belgilash uchun elektron tarzda murojaat yuborish imkoniyatini yaratish kabi
vazifalarni ko‘rishimiz mumkin shuningdek axborot tizimining texnik hujjatlarini ishlab
chiqish va oʼrnatilgan tartibda ekspertizadan oʼtkazish amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bunday islohotlar barcha davlat organlari jumladan, Jazoni ijro
etish departamenti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadi va jazoni ijro etish muassasalari
xodimlarining faoliyatida shaffoflik va adolatlilikni hamda mahkumlarning huquqlari
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta‘minlaydi.
4
bu har bir fuqaroga pasport olayotganida, endilikda esa tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma bilan birgalikda
beriladigan unikal raqamlar toʻplami