“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublication. uz 330
UMUMIY O‟RTA TA‟LIM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR Akbarova Mohigul Asrorjon qizi ( Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg`ona filiali Kompyuter injiniringi talabasi) Mamlakatimizda hozirgi kunda har bir sohada qator o‘zgarishlar olib borilmoqda.
Yangidan yangi inovatsion texnologiyalar kirib kelmoqda. Prezidentimiz ―Xalq ta‘limini
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarori
qabul qilindi.
Qarorga
ko‘ra, 2022-yil 1-sentabrdan respublikaning barcha tumanlari va shaharlari kesimida
namunali maktablar reytingi shakllantiriladi va e‘lon qilib boriladi. Namunali maktablarni
e‘lon qilib borilishi har bir maktabni o‘z darajasini yuqori darajaga ko‘tarishiga turtki
bo‘ladi. Reyting doirasida maktablarning har tomonlama olib erishayotgan yutuqlari
baholab boriladi. Maktablarning reyting ko‘rsatkichlari asosida ―yashil‖, ―sariq‖ va ―qizil‖
toifalarga ajratiladi. Ushbu reytinglarga ko‘ra ―qizil‖ toifadagi maktablarning ma‘naviy-
ma‘rifiy samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha chora tadbirlar ko‘riladi. Ushbu
reytinglarga ko‘ra maktabda a‘lochi va namunali o‘quvchilarning ota-onalarini ham
rag‘batlantirish chora tadbirlari ko‘riladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab ya‘ni 2022-yil 1-
sentyabrdan boshlab ota-onalar uchun har tomonlama qulay bo‘lgan, ota-onalar farzandlari
ta‘lim olayotgan ta‘lim muassasasini ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari bilan
tanishib olishlari uchun ―мй.мактаб.уз‖ axborot tizimi ishga tushushi rejalashtirilmoqda.
Prezidentimizning qarorlariga ko‘ra, 2023−2024-yillarda maktablarda eskirgan
kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun respublika
budjetidan 200 milliard so‘0m, mahalliy budjetlar hisobidan 200 milliard so‘m miqdorda
mablag‘lar ajratililshi reja qilingan. Shu jumladan, 2022−2026-yillarda respublika bo‘yicha
jami 2 899 ta (jumladan, joriy yilda 433 ta) maktabda qurish, rekonstruksiya qilish,
mukammal ta‘mirlash ishlari amalga oshirililishi ko‘zda tutilgan. Prezidentimizning
farmonlariga muvofiq 2022-2026-yillarda xalq ta‘lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha milliy
dastur ya‘ni ―Rivojlantirish dasturi‖ ishlab chiqilmoqda.
Rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
maktab ta‘limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv
dasturini to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan
zamonaviy darslilarni amaliyotga kiritish;
jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy
sharoitlar yaratish va mehnatni munosib rag‘batlantirish;
o‘qituvchilarning yoshlarga ta‘lim va tarbiya berishdagi ma‘suliyatini, doimiy kasbiy
rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;
umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg‘or
maktab direktori va namunali o‘qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida
rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab boorish;