15-Mavzu: Terrorizm va undan aholini muhofaza qilish.
Reja:
1. Terrorizm va undan aholini muhofaza qilish
2.
Теrrorizmga qarshi kurash.
3. Теrrorchilik harakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari.
Terrorizm o`rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab,
o`z faoliyatlarini amalga oshirgan. Lekin o`tgan asrning ohirlaridan uning yangi
ko`rinishlari vujudga keldi: jumladan, chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini,
ularning diplomatik vakillarini o`ldirish yoki o`g`irlash, elchihonalar, Xalqaro
tashkilotlarning
binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish,
havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olishi va boshqa shunga o`hshash
nomaqbul harakatlarni amalga oshirish. Bulardan ko`rinadiki, terrorizmga aniq va
yakdil ta’rif berish ancha murakkabdir. Shu fazifani imkoni boricha hal qilishda
O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabr "Terrorizmga qarshi kurash
to`g`risida"gi qonunda keltirilgan tushunchalarning mohiyatini
bilish orqaligina
aniqlik kiritish mumkin. Ushbu qonunning 2 - moddasida terrorizmga oid
tushunchalar va ularning mohiyati bayon etilgan. Jumladan:
Garovda ushlab turilgan shaxs – qo`lga olingan yoki ushlab turilgan shahsni
ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, Xalqaro
tashkilotlarni,
shuningdek, ayrim shahslarni biron - bir
harakat sodir etishga yoki
bunday harakat sodir etishdan tiyilishiga majbur qilish maqsadida terrorchilar
tomonidan qo`lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shahs.
Terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shahs.
Terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday
harakatga tayyorgarlik ko`rgan, yoki uni sodir etishga suyuqasd qilgan shahslar
guruhi.
Terrorchilik tashkiloti - ikki yoki undan ortiq shahsning yoki terrorchilik
guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi.
Terrorchilikka qarshi operatsiya - terrorchilik harakatiga chek qo`yish va uni
oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek, jismoniy shahslarni xavfsizligini
ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan kelishilgan va o`zaro
bog`liq mahsus tadbirlar majmui.
Terrorchilikka
qarshi operatsiya o`tkazilgan
zona - joyning
yoki
akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo`shlig`i, transport vositalari, binolar,
imoratlar, inshootlar, honalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan
doirada ularga tutash hududlar. Terrorchilik faoliyati
- terrochilik harakatini
uyuushtirish, rejalashtirsh, tayyorlash va amalga oshirishdan, tuzishdan, ularni
moliyalashtirish va moddiy - tehnika jihatdan ta’minlashdan iborat bo`lgan faoltiyat.
Terrorchilik harakati - garovga ushlab turish uchun shahslarni qo`lga olish
yoki ushlab turish,
davlat yoki jamiyat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy va
boshqa guruhlari chet el davlatlari va Xalqaro tashkilotlar vakillarini hayotiga
tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob’ektlarni bosib olish,
shikastlantirsh, yo`q qilish, portlatish, o`t qo`yish, portlatsh
qurilmalar ini, reaktiv,
biologik, portlovchi, kimyoviy va boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki
ishlatish yo`li bilan qo`rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga
olish, olib qochish, shikastlantirish, yo`q qilish aholi gavjum joylarda va o mmaviy
tadbirlar o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizlik keltirib chiqarish, aholi
hayotiga, sog`lig`iga, jismnoiy yoki
yuridik shahslar mol - mulkiga, avariyalar,
tehnogen hususiyatli halokatlar sodir etish yo`li bilan zarar etkazish yoki havf
tug`dirish, tahdidiy har qanday vositalar, usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik
tusidagi jinoyatlarni, O`zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida va Xalqaro
huquqning umum – e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi
boshqa harakatlarni sodir etish.
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan
terroristik harakatlar majmuasi.