siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy
havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport
vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug`ullana boshladilar. 80
yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.
Xalqaro terrorizm o`zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan
amalga oshiradi. Jumladan:
• mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;
• diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;
• ekstremistik guruhlar tarkibida qo`poruvchilik harakatlari bo`yicha horijlik
yo`rig`chilarning qatnashishi;
• ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan
mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko`rish;
• tayyorgarlik ko`rish va qo`poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va
ekstremistik uyushmalar yordamida Xalqaro tus olgan noqonuniy qurol -
yaroq savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish;
Bulardan ko`rinadiki, Xalqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan
jinoyatlarning ijtimoiy havflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo`liga yadroviy,
kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish havfi
kuchaydi. Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo`ydi.
1977 yilda katta "yettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi
uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash to`g`risida bayonot qabul qilindi.
Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan havfi va unga qarshi kurash masalalari oliy
darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo`lib keldi. Chunki
Xalqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi.Ular safida turli davlat,
millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq
savdosidan foyda ko`ruvchi jinoiy to`dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo`ldi.
Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan
mahsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni
davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo`yishga hamda hokimiyatga qarshi
muqolifatni shakllantirishga harakat qildi.
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab
terrorizm va ekstremizmning har qanday ko`rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib
kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi Xalqaro terrorizm ko`rinishlariga qaratilgan
ko`plab Xalqaro bitimlarning: "havo kemalarini qonunga hilof ravishda egallab
olishga qarshi kurashish to`g`risida"gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro
aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to`g`risida"gi 1971 yildagi Monreal
Konventsiyaning; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan diplomatik
agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to`g`risida"gi 1973 yildagi
konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to`g`ris ida"gi va
boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan Toshkentda
Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShhT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya
qo`mitasi faoliyat ko`rsata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: