15-Mavzu: Terrorizm va undan aholini muhofaza qilish. Reja: Terrorizm va undan aholini muhofaza qilish Теrrorizmga qarshi kurash



Download 255,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana14.02.2023
Hajmi255,72 Kb.
#910970
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15 мавзу



15-Mavzu: Terrorizm va undan aholini muhofaza qilish.
Reja: 
1. Terrorizm va undan aholini muhofaza qilish 
2.
Теrrorizmga qarshi kurash. 
3. Теrrorchilik harakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari. 

Terrorizm o`rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab


o`z faoliyatlarini amalga oshirgan. Lekin o`tgan asrning ohirlaridan uning yangi 
ko`rinishlari vujudga keldi: jumladan, chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, 
ularning diplomatik vakillarini o`ldirish yoki o`g`irlash, elchihonalar, Xalqaro 
tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, 
havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olishi va boshqa shunga o`hshash 
nomaqbul harakatlarni amalga oshirish. Bulardan ko`rinadiki, terrorizmga aniq va 
yakdil ta’rif berish ancha murakkabdir. Shu fazifani imkoni boricha hal qilishda 
O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabr "Terrorizmga qarshi kurash 
to`g`risida"gi qonunda keltirilgan tushunchalarning mohiyatini bilish orqaligina 
aniqlik kiritish mumkin. Ushbu qonunning 2 - moddasida terrorizmga oid 
tushunchalar va ularning mohiyati bayon etilgan. Jumladan:
Garovda ushlab turilgan shaxs – qo`lga olingan yoki ushlab turilgan shahsni 
ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, Xalqaro 
tashkilotlarni, shuningdek, ayrim shahslarni biron - bir harakat sodir etishga yoki 
bunday harakat sodir etishdan tiyilishiga majbur qilish maqsadida terrorchilar 
tomonidan qo`lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shahs.
Terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shahs.
Terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday 
harakatga tayyorgarlik ko`rgan, yoki uni sodir etishga suyuqasd qilgan shahslar 
guruhi.
Terrorchilik tashkiloti - ikki yoki undan ortiq shahsning yoki terrorchilik 
guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi.
Terrorchilikka qarshi operatsiya - terrorchilik harakatiga chek qo`yish va uni 
oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek, jismoniy shahslarni xavfsizligini 
ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan kelishilgan va o`zaro 
bog`liq mahsus tadbirlar majmui.
Terrorchilikka 
qarshi operatsiya o`tkazilgan 
zona - joyning 
yoki 
akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo`shlig`i, transport vositalari, binolar, 
imoratlar, inshootlar, honalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan 
doirada ularga tutash hududlar. Terrorchilik faoliyati - terrochilik harakatini 
uyuushtirish, rejalashtirsh, tayyorlash va amalga oshirishdan, tuzishdan, ularni 
moliyalashtirish va moddiy - tehnika jihatdan ta’minlashdan iborat bo`lgan faoltiyat.
Terrorchilik harakati - garovga ushlab turish uchun shahslarni qo`lga olish 
yoki ushlab turish, davlat yoki jamiyat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy va 
boshqa guruhlari chet el davlatlari va Xalqaro tashkilotlar vakillarini hayotiga 
tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob’ektlarni bosib olish, 
shikastlantirsh, yo`q qilish, portlatish, o`t qo`yish, portlatsh qurilmalar ini, reaktiv, 


biologik, portlovchi, kimyoviy va boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki 
ishlatish yo`li bilan qo`rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga 
olish, olib qochish, shikastlantirish, yo`q qilish aholi gavjum joylarda va o mmaviy 
tadbirlar o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizlik keltirib chiqarish, aholi 
hayotiga, sog`lig`iga, jismnoiy yoki yuridik shahslar mol - mulkiga, avariyalar, 
tehnogen hususiyatli halokatlar sodir etish yo`li bilan zarar etkazish yoki havf 
tug`dirish, tahdidiy har qanday vositalar, usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik 
tusidagi jinoyatlarni, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Xalqaro 
huquqning umum – e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi 
boshqa harakatlarni sodir etish.
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan 
terroristik harakatlar majmuasi.

Download 255,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish