14.3. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki.
Xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham dahldor
masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan hokimiyat uchun
kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag`batlantirish va
qo`llab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun Xalqaro terrorizmning havfli 1990 yilda
Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda tojikistondagi fuqarolik urushi va
mojarolar davomida, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999 - 2001 yillarda
Qirg`izistonning Botken, O`zbekistonning Surhandaryo va Toshkent viloyatlarida,
2004 yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buhoro viloyatlarida, 2004
yilning 11 - 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik
harakatlari misolida o`zini namoyon etdi.
Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi Xalqaro terrorizmning
umumbashariy miqyosdagi havfli ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda
unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e’lon qildi.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28
sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48
sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatining Afg`oniston muammosini
izchil o`rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz
tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999
yillarda olib borilgan faoliyat Afg`oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta
ahamiyatga ega bo`ldi. Bu guruh Afg`oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Hitoy,
O`zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan
ta’sir ko`rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan edi.
Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkilotining
(EHHT) Istanbul (Turkiya) da bo`lib o`tgan sammitda 2000 yilning 7 - 8 sentabr
kunlari Nyu-Yo`rkda bo`lib o`tgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik
Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazini tuzish
taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentabrda BMT doirasida terrorizmga
qarshi kurash qo`mitasi tuzildi.
O`zbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan Xalqaro terrorizmga
qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga
Afg`onistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish
uchun havo hududi (Honabod tumani)ni
ochib terrorizmga vaqtinchalik
foydalanishga topshirdi.
O`zbekistonning Xalqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining
maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat
mustaqilligi va ravnaqi, halqning erkin farovon hayotini ta’minlashdir.
Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko`plab Xalqaro shartnomalardan
hozirgacha BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta Xalqaro
shartnomalarini imzoladi.
Bulardan tashqari O`zbekiston Xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi
ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo`lmoqda.
Jumladan, O`zbekiston Yevropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YehHT),
Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O`zbekistonning
bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global havfsizlik va barqarorlikni
ta’minlashda davlatimizning tutgan o`rni muhim ekanligini tasdiqlaydi.
Terrorizmga qarshi kurashda 2000 yilda "Terrorizmga qarshi kurash
to`g`risida"gi qonunning 4 - moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy
printsiplari aniq ko`rsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat:
• qonuniylik;
• shahs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
• terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;
• jazoning muqarrarligi;
• terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining ustuvorligi;
• jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi
o`tkaziladigan operatsiiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.
Terrorizmni oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o`z – o`zini boshqarish
organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda profilaktik chora - tadbirlar
o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlarda quyidagilar ta’qiqlanadi:
• terrorizmni ta’qib qilish;
• terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularni faoliyat
• ko`rsatishi;
• terrorchilik faoliyatiga dahldor bo`lgan yuridik shahslarni, ularning
bo`linmalari va vakolatlarini akkreditatsiya qilish, ro`yhatdan o`tkazish va
ularning faoliyat ko`rsatishi;
terrorchilik faoliyatiga dahldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan
shahslarning O`zbekiston Respublikasiga kirishi;
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va
fikrlarni yashirish;
Ushbu qonunga binoan O`zbekiston Respublikasida quyidagi davlat organlari
terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan, O`zbekiston Respublikasi
Milliy Havfsizlik Hizmati, O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat
Bojhona qo`mitasi, Mudofaa va Favqulotda Faviyatlar Fazirliklari kiradi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining
faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatini olidini olish, uni
aniqlash, unga chek qo`yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida
hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O`zbekiston Respublikasi Milliy
Havfsizlik Hizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok etadigan har bir
davlat organlarining vakillari ham ko`rsatib o`tilgan.
Terrorchilik harakatlarini bartaraf etishda birinchi navbatda aholi hayoti havf
ostida qolsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida kuch
ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruhsat etilgan
shahslargina muzokarani olib boradilar. Biroq muzokaralarning olib borilishi
terrorchilarning sodir etgan jinoyatidagi javobgarlik olib tashlanadi.
Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal
bo`lmasa, ya’ni ular o`z harakatlarini to`htatishga rozi bo`lsalar, shuningdek
fuqarolar hayotiga havf mavjud bo`lsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarning
yo` bo`lishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish, va yo`q qilish
uchun zarur choralar ko`riladi.
Har qanday terrorchilik harakati muayyan hududda yuz beradi. Terrochilikka
qarshi operatsiya o`tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi
operatsiya o`tkazish rahbarlari
tomonidan belgilnadai.
Bunda hududning
chegaralarini belgilashda hududning sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar o`ta
muhim ob’ektlarning mavjud va mavjud emasligi, terrorchilik harakatlarining
ko`lami va havfsizlik darajalari e’tiborga olinadi.
Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib borilayotgan paytda kurashayotgan
shahslarga qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi:
• zaruriyat tug`ilganda ko`chada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda
yo`lovchilarni cheklash va ta’qiqlash;
• transport vositalarini ayrim hududlarga va ob’ektlarga kiritmaslik, hatto chet
el diplomatik vakolatlarining konsultik transportlari ham;
• aholini havfli deb topilgan hududlardan, korhona, uy, bino, va boshqa
ob’ektlardan chiqarib yuborish;
• jismoniy shahslarning shahsini aniqlash uchun ushlab turish;
• terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazayotgan shahslarning qonuniy talabini
bajarmagan, terrorchilik harakati sodir bo`layotgan hududga suqilib kiris hga uringan
yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shahslarni ushlash va tegishli organlarga
olib borish;
• kechiktirish kishilar hayotiga havf solayotgan bo`lsa, terrorchilik harakati
ishtirokchilarini ta’qib qilib istamagan paytda bino, korhona, ish joyi, uy va boshqa
joylarga mone’liksiz kirish;
• terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan chiqayotgan
yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shahslarni tekshirish;
• zaruriyat tug`ilganda, jismoniy shahslarning aloqa va transport vositalaridan
foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolathonalari hodimlarining aloqa va
transport vositalari kirmaydi); Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bo`lgan qurol
va tehnikalardan foydalanish mumkin.
Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy ahborot vositalari bilan
hamkorlikka ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma’lumotlarning tarqalishiga
yo`l qo`yilmaydi. Jumladan:
1. terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo`q qilish uchun mahsus tehnika
usullari va taktik yondashish jarayoni;
2. o`tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo`yadigan, jismoniy shahslar
hayoti va sog`lig`iga havf tug`diradigan ma’lumotlar;
3. terrorchilik harakatlariga hayrihohlik
bildiradigan;
4. terrorchilik harakatini bartaraf etish faoliyat ko`rsatayotgan va ularga
yordamlashayotgan shahslar haqidagi ma’lumotlardir;
Mamlakat barqarorligi aholining tinch va farovon hayotini buzilishiga qarshi
ko`rsatuvchi shahslar ququqiy va ijtimoiy himoya qilinadi. Bu haqda "Terrorizmga
qarshi kurash haqidagi" qonunning 25, 26, 28 bandlarida ko`rsatib o`tilgan.
Demak, terroristik harakatlar va ular olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarning
olidini olish uchun sergak bo`lishi, atrof - muhitga e’tibor bilan qarash muhim
ahamiyat kasb etadi. Mobodo shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik,
joyidan qo`zg`atmaslik, ko`tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli
organlarga habar berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |