g) ular o`zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish yoki nazoratda
ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni qo`rqitish, vahimaga solish, bo`ysudirish
maqsadida ko`proq kuchli rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga
oshiradilar va bu bilan o`zlarini namoyish etishga urinadilar.
(masalan, Saudiya Arabistonning "Al - Qoida", Iordaniyaning "Xamas",
Ispaniyaning "Eta" terroristik ayirmachilik guruhlarining harakatlarini aytish
mumkin).
Ayni paytda terrorizmning ham muhim jihatlari mavjud. Bu hususiyatlar
hususida AQSH davlat departamentining 1999 yildagi global terrorizm to`g`risidagi
ma’ruzasida ko`rsatib o`tilgan. Bular quyidagilardan iborat:
1. yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan Xalqaro jinoiy
uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy homiy davlatlar qo`llab - quvvatlab
turadilar;
2. siyosiy terrordan diniy yoki g`oyaviy asoslari ustun bo`lgan
terrorizmga
aylanishi;
3. terrorizm markazining
Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, hususan,
Afg`onistonga ko`chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz
harakat qilishi mumkin bo`lgan mintaqalardan joy qidirishi;
4. moliyalashtirishning hususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan jinoyachilik va
noqonuniy savdo - sotiq kabi manbaalaridan foydalanishi kabi
hususiyatlari ko`rsatib o`tilgan.
Bularning ichida Xalqaro terrorizmning eng asosiy
va havfli hususiyatlaridan
biri, "zo`rlik - davlatni qulatvuchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi,
parokandalikka olib keladi" - degan g`oyaga asoslanib harakat qilishdir. Bunda
siyosiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga harakat qilinadi.
Bu haqda, amerikalik mutahassis B. Jenkins "Terrorizm eng avvalo,
qurbonlardan ko`ra, guvohlarga qaratilgan va vahima uyg`otishga yo`naltirilgan
zo`rlik" deb baholaydi.
Boshqa bir amerikalik siyasatshunos J. Lonsning ta’rifiga ko`ra, terrorizm
bevosita qurbonlardan ko`ra ko`proq odamlar fikriga ta’sir o`tkazish uchun
qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.
Demak, har bir terrorchilik hurujining maqsadi - davlat to`ntarishini amalga
oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga asoslanadi.
Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi
doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizmdir.
Bu odamlarning behuda halok
bo`lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining normal diplomatik
faoliyatini buzuvchi hamda Xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek,
davlatlar
o`rtasida
transport va
boshqa aloqalarni
amalga
oshirishni
qiyinlashtiruvchi Xalqaro miqyosdagi ijtimoiy havfli harakat va qilmishlar
yig`indisidir. Xalqaro terrorizm XX asrning 60 - 70 yillariga kelib o`zini yaqqol
namoyon qildi: dastlab turli
davlatlardagi jinoyatchilar, o`z davlatiga nisbatan
ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan orqada
qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko`rsata boshladi. Xalqaro
terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, Xalqaro miqyosda obro`ga ega bo`lgan
siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy
havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport
vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug`ullana boshladilar. 80
yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.
Xalqaro terrorizm o`zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan
amalga oshiradi. Jumladan:
• mustaqil davlatlar chegarasini
buzish orqali amalga oshirish;
• diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;
• ekstremistik guruhlar tarkibida qo`poruvchilik harakatlari bo`yicha horijlik
yo`rig`chilarning qatnashishi;
• ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan
mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko`rish;
• tayyorgarlik ko`rish va qo`poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va
ekstremistik uyushmalar yordamida Xalqaro tus olgan noqonuniy qurol -
yaroq savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish;
Bulardan ko`rinadiki, Xalqaro terrorchilar
tomonidan sodir etilayotgan
jinoyatlarning ijtimoiy havflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo`liga yadroviy,
kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish havfi
kuchaydi. Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo`ydi.
1977 yilda katta "yettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi
uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash to`g`risida bayonot qabul qilindi.
Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan havfi va unga qarshi kurash masalalari oliy
darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo`lib keldi. Chunki
Xalqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi.Ular safida turli davlat,
millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi
shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq
savdosidan foyda ko`ruvchi jinoiy to`dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo`ldi.
Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni
tayyorlaydigan
mahsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni
davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo`yishga hamda hokimiyatga qarshi
muqolifatni shakllantirishga harakat qildi.
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab
terrorizm va ekstremizmning har qanday ko`rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib
kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi Xalqaro terrorizm ko`rinishlariga qaratilgan
ko`plab Xalqaro bitimlarning: "havo kemalarini qonunga hilof ravishda egallab
olishga qarshi kurashish to`g`risida"gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro
aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to`g`risida"gi 1971 yildagi Monreal
Konventsiyaning; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan diplomatik
agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to`g`risida"gi 1973 yildagi
konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to`g`ris ida"gi va
boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan Toshkentda
Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShhT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya
qo`mitasi faoliyat ko`rsata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: