14.6. Terrorizmga qarshi kurash:
O‘zbekiston Respublchkasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘ risidagi
qonuniga muvofiq respublikamizda terrorizmga qarshi kurash qonuniylik, shaxs
xuquqlari zrkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, terrorizmning oldini
olish choralari uotuvorligi, jazoning muqarrarligi, terrorizmga qarshi kurash oshkora
va noooshkora choralari uyg‘unliga, jalb qilinadagan kuchlar va vositalar tomonidan
terrorchilikka qarshi o‘tkaziladagan rahbarlik qilishda yakkaboshchilik tamoyillari
asosida olib boriladi. Terrorizmga qarshi kurashda O‘zbekiston Resdublikasi Milliy
xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa va
Favqulodda vaziyatlar vazirliklari ishtirok etadi.
Terrorchilik harajtlari bilan bog‘liq vaziyatga tushib qolganda qanday harkat
qilish kerak?
Garovga tushib qolganda:
-aslo vahimaga berilmang;
-«hamma qatori» bo‘lishga harakat qiling. Ko‘zga tashlanadigan kiyimlardan
xalos bo‘ling, bo‘yingiz baland bo‘lsa engashing, keskin harakatlar qilmang,
terrorchining ko‘ziga tik qaramang;
- atrofdagilarni tinchlantirishga harakat qiling, bunda har qanday usuldan,
hattoki musht tushirishdan ham foydalanshiingiz mumkin;
- imkon darajasida binoda xavfsizroq joyni aniqlang (oyna, derazalarda uzoq
vah.k.);
- iloji boricha yong‘in vaqtida hayot uchun xavfli bo‘lgan sun’iy toladan
tayyorlangan kiyimlardan xalos bo‘ling;
- ozod bo‘lishingizga bo‘lgan umidni yo‘qotmang.
Telefon orqali tahdid qilinganda:
- ilsji boricha «suhbat”ni yozib olishga harakat qiling;
- yozib olish yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, suhbatani eslab qolish lozim;
- qo‘ng‘iroq qiluvchi bilan uzokroq muloqotda bo‘lishga harakat qiling, uning'
yoshiga, millati, jinsini taxminan aniqlashga harakat qiling, ovozi, gapishrish
ohangi, nutqiga e’tibor qarating;
- qo‘ng‘iroq to‘g‘risida tegishli organlar (MXX, ichki ishlar bo‘limi)ga xabar
bering, zarur bo‘lsa odamlarni evakuatsiya qilishni tashkil eting.
Portlovchi kurilma ishga tushganda:
- sodar bo‘lgan voqea to‘g‘risida tegishli joylar (ichki ishlar bo‘limi, qutqaruv
xizmati, hokimiyatining tezkor navbatchisi)ga xabar bering;
- imkon qadar yuzaga kelgan vaziyatga baho berishga harakat qiling: portlash
joyi, jaroxatlanganlar soni, yong‘in chiqqan-chiqmaganligi va h.k.;
- voqea joyiga begonalar va qizikuvchilar yaqinlashishining oldini oling;
- jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil eting.
Shubhali buyum topib olinganda:
- zudlik bilan topilgan shubhali buyum to‘g‘risida xabar bering;
odamlarni xavfsiz joyga olib chiqing;
- odamlarning shubhali buyumga yaqinlashishlariga, radioaloqa vositalari,
uyali telefon va radiopbrtlatgichning ishlab ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan
vositalardan foydalanishga yo‘l qo‘ymang;
- huquqni muhofaza qilish organlari vakillari yetib kelshini kuting.
Do'stlaringiz bilan baham: |